Bilim oshkor qilgan haqiqat: Taqdir

Insoniyat tarixi mobaynida, muhokama qilingan mavzulardan biri, taqdirdir. Taqdirning eng oddiy ta’rifi Allohning koinotni va jonlilarni, sodir bo’lgan va sodir bo’ladigan barcha voqea-hodisalarni “yakka bir on” ichida yaratganidir. Bu esa, koinotning yaratlish onidan   qiyomatgacha bo’lib o’tadigan har-bir voqea hodisaning aslida, Alloh huzurida “bo’lib o’tgan va tugagan” bo’lishi demakdir. Hanuz sodir bo’lmagan voqea-hodisalar biz uchun sodir bo’lmagan voqea-hodisalardir; Alloh uchun emas. Shuning uchun, Alloh zamonga va makonga bog’liq emas, zero zamonni va makonni yaratgan zot O’zidir. Shuning uchun Alloh uchun o’tmish, kelajak va hozirgi vaqt bularning hammasi birdir va hamma narsa sodir bo’lgan va nihoyasiga yetgandir. Misol uchun, Firavn hayotining qanday natija bilan yakunlanishini, Alloh hali Muso (a.s) tug’ulmasdan yoki Misir davlati tashkil topmasdan oldin bilardi. Chunki bularning barchasi Alloh huzurida “yagona bir on”da yaratilgandir.

Taqdir haqiqatini Qur’onning juda ko’p oyatlarida ko’rish mumkin. Misol uchun, “… Vaholanki, osmonlaru Yerdagi barcha zotlar (farishtalar, insu jinlar) xoh ixtiyoriy, xoh majburiy Unga bo'yin sungandir va Uning huzuriga qaytarilurlar.” (Oli Imron, Surasi 83) oyatida ishorat qilingani kabi, koinotdagi hamma narsalar “xohlasa ham, xohlamasa ham” Allohga boyun egib taqdirga tobe bo’lgandir. Boshqa bir ifoda ila, Allohning irodasiga hech bir shakilda qarshi borishning iloji yo’q. Har hodisa U belgilagan taqdir ichida ilgarilishga majburdir. Uning irodasi, Uning rizosi, Uning amridan tashqari hech bir narsa rivoj topmaydi. “ G'ayb (yashirin ishlar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o'zga bilmas. Yana, quruqlik va dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari (qa'ri)dagi urug' bo'lmasin, ho'lu quruq bo'lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da (yozilgan)dir.” (An’om Surasi, 59) oyati yoki  “ (Ey, insonlar,) xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina ro'yobga chiqur.” (Inson Surasi, 30),” Albatta, Biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik.” (Qamar Surasi, 49) oyatlari ham Allohning barcha borliqlar ustidagi hokimiyatini va taqdirning ishlashini oshkor qilgan oyatlardandir.

Haqiqat shuki insoning butun hayoti bir film lentasi kabidir. Biz bu lentada mavjud bo’lganlarni yashaymiz, biz aslida yashayotganlarmizni tomosha qilamiz, xuddi biz CD plyerdagi filmni tomosha qilgandek. Filmlardagi har bir voqeani lahzama lahza yashaymiz. Alloh esa, film lentasining barchasini eng boshidan beri bilmoqdadir. Chunki filmning butun tafsilotlarini yaratgan Udir.

Shunday qilib bularning barchasi, har narsaning ko’ringani kabi bo’lmaganiga ishora qilmoqdadir. Ko’ringan moddiy dunyoning orqasida, bizlarni nazorat qilgan bir kuchning, ya’ni har bir narsani yaratgan, har bir narsaning ustida hokimyati bo’lgan Allohning borligi ochiq-oydindir. Bu haqiqatga doir, ilmiy dalillar nevralogiya fani orqali taqdim qilindi. Bu ilmiy dalillardan biri “ixtiyoriy iroda” ustida o’tkazilgan tajribalardir. Berlindagi Bernstein Nerv Hisoblash Ilmiy Markazi (Bernstein Center for Computational Neuroscience)dan nevrolog olim Haynes qaror qilish oni bilan harakat oni orasida vaqt farqi bor-yo’qligini tekshirgan. Bu maqsadda tadqiqotga qatnashgan ishtirokchilarga ekranda tasodifiy harflar ko’rsatayotganida miyalarini MRI jihozi bilan scan (tadqiq) qilgan. Tadqiqotga qatnashgan ishtirokchilarning o’ng va chap qo’llariga berilgan tugmalarni qachonki tanlash vaqtida bosh barmoqlari bilan bosishlari va tanlagan vaqtda ekranda ko’rsatilgan harifni eslab qolishlari aytilgan.  Shu paytda ishtirokchilarning miya faoliyatlari qayd qilingan.

 Tadqiqotning natijalari juda ajablanarli bo’lgan. Qaysi tugmani tanlaganiga doir qaror, ishtirokchilarning tugmaga bosish harakatidan 10 soniya oldin qabul qilingani ko’rilgan. Bu muhim ilmiy kashfiyot, ishtirokchilarning xali tanlamasidan oldin zotan tanlovlari allaqachon aniq bo’lganini ko’rsatdi.  Tadqiqotning natijalari Nature jurnalida quyidagicha chop etilgan:

 “Uzoq vaqtlardan beri, “ixtiyoriy ravish”da qilingan qarorlarning miya faoliyati bilan oldinroq belgilanganligi haqida bahslar bo’lgandir. Biz ham, hali biz xabardor bo’lmay turib 10 soniya oldin berilgan qarorning, miyaning prefrontal va parietal boshmiya qobig’ida kodlanganligini hisobladik.”

 Kunlik hayotimizdan misol keltirdigan bo’lsak: bir haydovchining 10 soniydan so’ng yugurib yo’lga chiqadigan bir bolaga beradigan reaksiyalariga oid fizik va kimyoviy jarayonlar, bola hanuz u yerda emasidan 10 soniya oldin haydovchining miyasida sodir bo’ladi. Xronologik tartib jihatidan, birinchi reaksiyalar tayyorlanadi, orqasidan bola yo’lga chiqadi. Xo’sh bola xali yo’lga chiqmasdan miya bu vaziyatga qanday qilib tayyorlanayabdi?

Bunday nevrofizyolagik hodisalar, reaksiyalarning bolaning ko’rilishi bilan bog'liqliligi yo’qligini ko’rsatadi. Bugun nevrolog olimlar “tanlash” tuyg’usining, shaxsning harakatlari ustida ta’siri bo’lmagan, faqatgina biyokimyoviy ma’noda “keyingi bir fikir” ekanligini qabul qilmoqdadirlar. Bu mantiqni bir qancha olimlar, ‘ixtiyoriy iroda faqatgina bir illyuziya (xayolotdir)’ shaklida izohlaydi. London Kolleji Universitetidan nevrolog olim Patrick Haggard, ‘tanlaganimizni his etayabmiz, ammo aslida unday emas’ deydi. Haynes esa  insonning ixtiyoriy irodasining mavjud emasligini quyidagicha e’tirof etadi:

“Hattoki qachon sodir bo’lganini va nima qilish kerak ekanligiga qaror qilganligini bilmasam, u xohish haqida qanday qilib “meniki” deya olaman?”

Insonning qaror qilish va tanlash jarayoni haqida juda ko’p odamlarning xabari ham bo’lmagan bu haqiqatni ilk bora ilgari surgan kishi Kaliforniya Universitetidan nevropisixolog Benjamin Libetdir. Libet, miyaning elektrik faoliyatlarini boshga yopishtirilgan elektrodlar orqali aniqlagan EEG (electroencephalogram) jihozi yordami bilan qilgan tajribalarda, miya faoliyatining, ongli harakat istagidan 500 milllisoniya oldin sodir bo’lganini ko’rsatdi.

Libetning miya faoliyatini tor doirada kuzataolgan eski EEG usulini yanada kengaytirib butun miyani funktsional MR jihozi bilan scan qilgan Haynes, oldingi tadqiqodlarida ham bir xil natijalarga erishgan. Mavzu boisi, tadqiqot 2011-yilda Germaniyadagi Max Planck Institutida 7 Tesla quvvatidagi funktsional MR jihozi bilan takrorlanganida ham bir xil natijalar olingan. Mavzu bilan aloqador, ilmiy bir maqolada, ixtiyoriy qilinganligi taxmin qilingan qaror va harakatlarning aslida ongimizning tashqarisida amalga oshgani quyidagicha chop etilgan:

“Insonlar sifatida, qachon nima harakat qilishimizni ongli ravishda tanlay olishimizni tajriba qilganmiz. Bu shaxsiy ixtiyor tajribasining bir illuziyadan boshqa narsa bo’la olmasligi, shu bilan birga maqsadlarimizning va qiziqishlarimizning ham ongimizning tashqarisida sodir bo’lishi qabul qilinmoqdadir.”

Ilmiy adabiyotlarda ayni (bir-xil) natijalarga erishilgan yuzlab o’xshash tajribalar mavjutdir. Bu natijalarni ittifoq bilan tasdiqlagan, faqatgina 14 mamlakatdagi, 33 labaratoryalarda qilingin 90ta alohida meta-analizlarni sanab o’tish mumkin.   

Butun bu ilmiy tadqiqotlarning natijalari bizga fizik va biyokimyoviy dunyoning orqasida bir iroda va boshqaruv mavjudligini va oldindan belgilangan voqe-hodisalarni yashayotganimizni ko’rsatayabdi. Qilgan tanlovlarimiz bizga oid emas. Faqatgina “qarorni biz qilganmiz” tuyg’usi bizga berilmoqdadir. Bu nuqtada har narsaning bir “taqdir” ila yaratilayotgan ekanligi haqiqati oshkor bo’ladi. Alloh, Yaratganning yolg’iz O’zi ekanligini tortishuvsiz bir haqiqat o’laroq ko’rsatayabdi.

Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan, kunduzga tunni qoplatadigan - uni (ya'ni, tun kunni) shitob quviydi - quyosh, oy, yulduzlarni O'z amriga musaxxar (mute) qilib qo'ygan Allohdir. Ogoh bo'lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning Rabbi - Alloh naqadar Buyukdir. (A’rof Surasi, 54)

[1] (Chun Siong Soon, Marcel Brass, Hans-Jochen Heinze & John-Dylan Haynes, Unconscious determinants of free decisions in the human brain. Nature Neuroscience April 13th, 2008)
[2] (Smith, Kerri (2011), "Neuroscience vs philosophy: Taking aim at free will", Nature, 477 (7362): 23–5)
[3] Libet,B., Gleason, C.A., Wright, E.W.&Pearl, D.K. Brain 106, 623–642 (1983)
[4] Bode S, He AH, Soon CS, Trampel R, Turner R, et al. (2011) Tracking the Unconscious Generation of Free Decisions Using UItra-High Field fMRI. PLoS ONE 6(6): e21612. doi:10.1371/journal.pone.0021612
[5] (Bem D, Tressoldi P, Rabeyron T and Duggan M. Feeling the future: A meta-analysis of 90 experiments on the anomalous anticipation of random future events [version 2; referees: 2 approved]. F1000Research 2016, 4:1188 (doi: 10.12688/f1000research.7177.2)

Adnan Oktarning New Straits Timesda chop etilgan maqolasi:

http://www.nst.com.my/news/2016/07/157329/are-we-masters-our-destiny

2016-12-25 14:46:38

About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top