Suriyalik bolalar nomidan shoshilinich arznoma

“Odamlarning ko’z o’ngimda o’ldirilganini ko’rgan kunumda, ha, juda qattiq qo’rqdim va yig’lashni boshladim.”

Bu so’zlar yoshiga nisbatan juda ko’p azob tortgan Suriyalik kichgina bir qizchaga tegishli. Uning boshidan kechirganlarini, hattoki ko’plab balog’atga yetganlar ham ko’tara olmas ekan, u kichkina qizcha bu qiyinchilikarni hayratlanarli sovuqqonlik bilan qabul qilmoqda.

Qanchalik jasur bo’lishiga qaramay, bu kichkina qizchaning vaziyati juda og’ir va bunday vaziyatdagi bola faqat u emas. UNICEFga ko’ra barcha Suriyalik bolalarning 80%idan ko’pi mamlakatlaridagi fuqorolar urushidan be’vosita ta’sirlangan holdalar. Suryalik qochoq bolalar, zaruriy yordamga muhtoj bo’lgan Suriyaliklarning umumiy sonining deyarli yarimini tashkil qiladi. Tabiy ravishda bu himoyasiz bolalar, psixologik jihatdan ham juda katta azob tortmoqdalar. Mutaxasislar, ikki milyon bolaning shoshilinch zaruriy yordamga va psixologik muolajaga ehtiyojlari borligini aytdilar.

Lekin urushdan oldin Suriyalik bolalar dunyodagi boshqa bolalar kabi edilar. Odatdagidek va baxtli hayot kechirayotgan edilar; o’z oilalari, uylari va maktablari bor edi. Fuqorolik urushining to’satdan boshlanib tobora avj olishi esa bu bolalarni tom ma’noda fojialar domiga tortdi. Yaqin atrofdagi portlashni boshlagan bombalar sababli, bolalar o’z yaqin insonlarining doimiy nogironlik yoki o’limlariga noiloj guvoh bo’ldilar. Ko’p vaqt o’tmay uylari “Yangi Suriya” deyilgan xarobalarning bir parchasiga aylandi, qashshoqlik va ocharchilik boshlandi. Keyingi oylarda qilayotgan kurashlari esa faqatgina bombalarga, zo’rovonliklarga va otishmalarga qarshi kurashishdan iborat emas edi. Suv va elekter ta’minoti kesilgan, isitish tizmi o’chgan va oziq-ovqat yetishmovchiligi boshlangan edi. Xalq, ayniqsa bolalar, butun dunyo ko’z o’ngida ochlikdan o’la boshladi. Dunyoning juda ko’p yerida odamlar semizlik sababidan hayotlarini yoqotar ekan, Suriyadagi bolalar jonlarini saqlab qolish uchun o’t-o’lan yeyishga majbur bo’ldilar.

Kichkina Ahmad Suriyada yashashni davom etayotgan bolalardan biridir. Ko’z o’ngida hayotini yo’qotgan, akasi va bobosi haqida aytib bermoqda. O’tmishdan unga qolgan narsa esa bir dona mashina ta’mirlash ustaxonasidir. U Suriyada qolishga davom etmoqda, chunki butun bu yuz bergan hodisalarga qaramay ishlashga majbur. Dunyoning eshitishni xohlamagan o’sha savolni so’rayabdi; “Dunyodagi boshqa bolalardan bizning nima farqimiz bor?”  

Libyada yashayotgan 5 yoshlik  Walaa esa boshini yostiqga qo’yishning eng yomon narsa ekanligiga ishonadi, chunki shiddatli hujumlar bir kecha boshini yostiqga qo’ygan vaqtda boshlangan. Sharqiy Gutadan Roua’a esa, boshqa kichik do’stlari bilan birgalikda bir kunda balki 50 marta quduqdan og’ir paqirlar bilan suv tortib olib, bu og’ir paqirlarni tashishga majbur kichkina qizchadir. Oilasining kunlik suv ehtiyojini ta’minlash uchun yagona yo’l shudir u uchun.

Suriyalik qochoqlarning ko’pchiligi ayollar va bolalardan iborat. Ularning orasidan xavfsiz va yaxshiroq hayotga ega bo’lish umidida Suriyani tark etganlardan faqatgina bir necha yuztasigina, haqiqatdan ular loyiq bo’lgan hurmatga va huzurga erisha oldilar.  Albatta shubha yoqki dunyodagi barcha insonlar kabi, barcha Suriyalikar bunga loyiqdirlar. Ya’ni boshlaridagi urush tahlikasidan va insonparvarlikga zit hayotdan qochishga harakat qiladilar, ularning o’rnida bo’lgan har bir inson qiladigani kabi. Xavfsiz biron joyga erishish umidi bilan, ustularidagi kiyimlaridan tashqari himoyalovchi biron narsalari yo’q ahvolda, kuyduradigan quyosh tagida cho’llarda yurdilar, tanimagan odamlari bilan birgalikda o’ta zich yuk mashinalarda yo’lovchi bo’lishga majbur bo’ldilar.

Turkiya, Iordaniya, Iroq va Livan qochqinlar borasida ma’sulyatning katta qismini o’z zimmalariga olar ekan, dunyoning qolgan qismi deyarli hech qanday yordam ko’rsatmay, milonlab Suriyaliklarni yordamsiz qoldirdi. Qochoqlar Oq dengiz va Egey dengizining chuqurliklarida to’plam holda cho’kib ketdilar. Ayollar, bolalar va qariyalar Evropalik chegara xizmatchilari tomonidan ko’z yoshlantiruvchi gaz va qo’pol kuch ishlatilishlarga duchor bo’ldilar, teroristlar sifatida ayblandilar va ular duchor bo’lgan yuqoridagi ta’riflab bo’lmaydigan darajadagi achchiq kechinmalarning faqatgina bir nechasi xolos.

Butun bu hodisalarning ma’zlum bir bolaning himoyasiz ruhiga qanday ta’sir qilishini taxmin qiling. Hattoki voyaga yetganlarning qo’rquv filimlaridagi ko’rishga chiday olmagan hodisalarni, bu bolalarning yashashi, ko’rishi va boshidan kechirishi bu bolalarning juda yosh vaqtidan, yoshi kattalar kabi bo’lishiga majburlagan; bu bolalar og’riq, yaralanish, o’lim, yaqinlaridan judo bo’lishlik, kamsitishlik, zo’rlanish, qashshqolik va ochlikga ko’nikishish qadar kuchli bo’lishga majbur bo’ldilar. Buning natijasida ba’zi bolalar jahildor va tajavvuzkor shaxsiyatga o’zgarar ekan, ba’zilari esa o’z ichiga burkanib jim-jitlashgan, ya’ni odam ovi bo’lib qolishgan. Mutaxasislar bu bolalarning katta qismining travmadan so’ng stress buzilishidan  (post-traumatic stress disorder (PTSD).) aziyyat chekayotganliklariga ishonadilar.

Mintaqadagi misli ko’rilmagan fojiyaga qaramay va mutaxasislar bolalarning psixologik nuqtai -nazardan ahvolini baholashga shoshilsalarda, biz ham juda yaxshi bilamizki vaziyatni o’nglash va ularga yaxshiroq hayotga ega bo’lishlari uchun yordam qilish mumkin. Suriyada asl qilinishi shart bo’lgan, bolalarning eng ko’p ehtiyoji bo’lgan mehir-muhabbat va birodarlik muhitini yangidan yaratishdir.Vaziyatni o’nglash uchung eng muhim xususiyatning vijdonli ravishda harakat qilish ekanligi juda ham muhimdir. Bu zulum yuzaga keltirgan ulkan zararni qoplash uchun mintaqada uzoq vaqtdan beri unutilgan mehir-muhabbat va birodarlikning darhol hokim bo’lishi zarurdir. Bunga erishish uchun qurol-aslahalarning tashlanishi va odamlarga tinchlik va mehir-muhabbat  kunlarining tez orada kelishiga oid umidlarning berilishi shart.

Bu mintaqada yashayotgan odamlar uchun shubhasiz moddiy yordam ham juda muhim. Aslida bunday yordam to’xtovsiz davom etishi kerak va Suriyaning xavfsizlik chora tadbirlari, konstruktiv qarorlar va umid o’yg’otadigan loyihalar bilan qo’llab-quvvatlanishi kerak. Bu faqatgina Suriya ichida emas, balki Suriya tashqarisidagi qochoqlar uchun ham qilinishi kerak. Suriyalik qochoqlarni qabul qilayotgan mamlakatlarning ularga nisbatan marhamatli bo’lishlari va bu mamlakatlar tomonidan Suriyaliklarning “o’z fuqorosi” ekanligiga alohida urg’u berilishi juda ham muhim. Suriyaliklar, ayniqsa bolalar hechqachon o’zlarini “begonalar” yoki “ortiqcha yuk” sifatida his etmasliklari kerak.

Barchamiz qo’lni qo’lga berib harakat qilsak, mamlakatlaridagi sodir bo’lgan voqea-hodisalar tufayli, hech qanday ayibi bo’lmagan mazlum bolalarga yordam bera olamiz. Dunyoning go’zal bezaklari bo’lgan bolalar Alloh tomonidan bizga ne’mat sifatida yaratilgan shirin borliqlardir. Ularni himoya qilish bizning burchimizdir. Shuning uchun bu bolalarni o’z bolalarimiz o’rnida (kabi) ko’rishimiz, ularga muloyim bo’lib, yordamimizni darig’ tutmasligimiz kerak.

Janob Adnan Oktarning The China Post’dagi maqolasi:

http://www.chinapost.com.tw/commentary/china-post/special-/2016/09/26/479454/p2/An-urgent.htm

http://www.jeffersoncorner.com/an-urgent-plea-on-behalf-of-the-children-of-syria/

2016-12-25 15:48:05
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top