Umidvor bo’lishining negizida: “Taqdirga taslimiyat”

Ko’p insonlarda, boshiga kelgan to’satdan va kutilmagan voqealar qarshisida tez-tez umidsizlikga tushishlari ko’rilmoqda. Misol uchun, ishida muvaffaqiyatsiz bo’lgan, juda yoqtirgan narsasini yo’qotgan yoki mutlaqo o’tishi kerkak bo’lgan dars imtihonidan o’ta olmagan bir inson, agar bu mavzularni hayotining maqsadiga aylantirgan bo’lsa, kutilmagan bu natijalardan birontasini ko’tara olmaydi va katta qayg’u bilan larzaga tushadi.

Chunki barcha umidlarini, maqsadlarini, voqealarning o’zi hisoblagan shakilda rivoj topishga bog’langandir. Faqat hayoti har doim o’zi tuzgan rejaga muvofiq ishlamaydi, hayoti davomida beixtiyor ko’plab voqealarga duch kelishi mumkin.

Misol uchun, arxitektor bo’lishni juda xohlagan bir inson arxitektorlik sinovlariga juda yaxshi tayyorlangandir. Kelajakga oid barcha rejalarini kelajakda arxitektor bo’lishini o’ylab tuzgandir. Lekin, hech kutmagani biron narsa yuz beradi va arxitektor o’rniga boshqa bir mutaxassislikni egallaydi. Arxitektor bo’lishni rejalashtirar ekan, boshqa bir kasb ta’limini olishiga to’g’ri keladi.

Sport bilan shug’ullangan va hayoti davomida sport bilan bog’liq ishlar qilishini rejalashtirgan bir inson ham yoshlik vaqtida biron ko’ngilsizlikni boshidan o’tkazib sport bilan aloqasini uzushga majbur bo’lishi mumkin. Yoki yangi uy qurgan inson u uyda hech ham yashamasdan zaruriy ehtiyoj sababidan uyini sotishga majbur bo’lishi mumkin.

Yashagan umri davomida bunga o’xshash juda ko’plab kutilmagan voqealar insonning boshiga kelishi mumkin. Aslida, bir ozdan keyin nima bo’lishini, insonning nima bilan yuzlashishi aniq emasdir. Bu nuqtada yagona bilish mumkin bo’lgan, insonning boshidan kechiradiganlarining, hali u tug’ulmasidan yuzlab, hatto milyardlab yillar oldin ma’lum bo’lgandir. Yanada to’g’riroq ifoda bilan aytganda, insonning yashaydigan har oni “vaqtsizlikda” belgilangandir. Inson, kuni soati kelganida u voqeani mutlaqo yashaydi, boshidan o’tkazadi. Bu, uning taqdiridir. Allohning belgilagan taqdiri mutlaqo amalga oshadi. Bu holatni kunlik hayotdan bir misol bilan quyidagicha tushuntirish mumkin:

Zehnimizda ikkita moshinaning bir-biri bilan to’qnashgan holatni jonlantiraylik. Har ikki tarafning ham mutlaqo imkoni boricha tezroq borishi kerak bo’lgan joylar bor. Balkim uyda ularni kutayotgan oilalariga, balki borishi kerak bo’lgan ishlariga ketishni xohlar edilar. Ikki taraf ham ma’lum vaqtlarda uylaridan chiqgan, moshinalariga mingan.

Balki avtohalokat sodir bo’lgan ko’chaga kirmasdan avval ikkilangandir, va nihoyatida avtohalokat sodir bo’lgan ko’chaga kirishga qaror qilgan. Haydovchilarning biri yoki ikkovlari ham hayotlari davomida moshinalarini juda ehtiyotkorlik bilan haydagan, ehtiyotkor insonlar bo’lishi mumkin. Faqat aynan o’sha vaqtda ulardan biri ko’zini yo’ldan olib moshinaning magnitafoni bilan yoki bo’lmasa bir on bir mavzu bilan band bo’ladi. Hamma narsa o’sha hodisaning sodir bo’lishi uchun maxsus rejalashtirilgandir; har bir tafsilot kishilarni o’sha hodisaga yetaklaydi.

Umuman hodisalar bir on ichida sodir bo’ladi. Avtoulovlarning to’qnashuvi, kutulmagan hodisaning sodir bo’lishi juda qisqa bir vaqtda amalga oshadi. Bu hodisaning har bir tafsilotini Alloh taqdirda yaratgandir. Avtoulovdan foydalanuvchilarning avtohalokat vaqtida chalg’ishlari, magnitafondagi muzika, haydovchilarning kiyimlarigacha barchasi taqdirda oldindan tayyor holdadir. Avtohalokatni qilgan kishi u kuni o’sha kiyimni kiyadi, uyidan chiqadi, avtohalokat ro’y beradigan ko’chaga kiradi va u halokatni mutlaqo qiladi. Hech narsa o’sha avtohalokatning sodir bo’lishiga to’sqin bo’la olmaydi.

Alloh shu tarzda iroda qilgan. Bu nuqtada, “qani edi o’sha ko’chaga kirmasam edi”, “qani edi musiqaga e’tibor qilmasadan yo’lga e’tibor bersam edi” kabi mantiqlar haqida o’ylash nihoyatda xatodir. Bu noto’gri munosabat bilan, ko’z yosh qilishning, pushaymonlikning ham oxiri bo’lmaydi. Avtohalokatning sababi surishtirilsa bir necha sabablarni ko’rsatish mumkin. Faqat ishning asli, u hodisa taqdirda sabablari bilan birgalikda tayyor yaratilgandir.

Bu haqiqat bilan ilk marotaba yuzma-yuz kelgan inson “xo’sh unda nima qila olaman?” deb o’ylashi mumkin. Modomiki, har bir narsa taqdirda tayyor yaratilgan ekan va barchasini Alloh bilar ekan; bu holatda inson qanday ish tutishi kerak?

Yuqoridagi savollarning javobi, har bir narsaning eng to’g’risini o’rganganimiz Qur’onda juda ochiq shakilda tushuntirilgandir. Insonning o’zi uchun tayyorlangan taqdirga taslim bo’lishi, boshidan kechirganlaridan har doim yaxshilik izlashi, tushkunlikga tushmasligi, umidsiz bo’lmasligi va har qanday vaziyatda shukur qiluvchi bir banda bo’lishi Qur’onga ko’ra eng go’zal va eng to’g’ri harakatdir:

Ayting: "Bizga Allohning yozib qo'yganidan o'zga narsa yetmaydi. U xojamizdir. Allohga esa, faqat mo'minlar tavakkul etsinlar!" (Tavba Surasi, 51)

Alloh butun koinotni, sayyoralarni, quyoshni, oyni, daraxtlarni, ummonlarni, insonlarni, hayvonlarni, qisqasi jonli jonsiz har bir narsani yaratgani kabi, butun voqea-hodisalarni eng kichik tafsilotlarigacha yaratgandir. Bu haqiqat Qur’onda quyidagicha bildirilgan:

Ana o'sha Alloh Rabbingizdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U hamma narsaning yaratuvchisidir. Bas, Unga ibodat qilingizlar! U har narsa uzra vakil (kuzatuvchi)dir. (An’om Surasi, 102)

Allohga iymon keltirgan, oxiratning borligiga ishongan va Allohdan qo’rqgan musulmon, barcha narsalarni yaratgan Rabbimizga, o’zini ta’slim etadi. Ya’ni boshiga kelgan hamma narsaga nisbatan nihoyatda ta’slimyatli bo’ladi, hech qanday narsada umidsiz bo’lmaydi. Chunki har bir narsa Allohning nazoratidadir. Rabbimiz esa uning eng buyuk do’sti va vakilidir. Musulmon Allohdan kelganiga iymon keltirgani uchun, biron hodisa qarshisida vahimaga, umidsizlikga tushishi juda noto’g’ri bo’lishini biladi. Allohning yaratishining mukammaligidan xabardordir; yuzma-yuz kelgan hodisaning eng mukammal shakilda yaratilganini o’ylaydi. Ayrim vaqtlar hodisalar o’zining ziddiga ishlayotgan kabi ko’rinsa ham u bularning hammasida o’zi uchun bir xayr borligini biladi.

Mo’minlarning munosabati bilan taqdirga taslim bo’lmagan insonlarning hodisalar qarshisidagi ko’rsatgan munosabatlari bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Misol uchun, mo’min o’zi uchun juda xayrli bo’lishini o’ylagan bir ish uchrashuviga yetib bora olmasligi mumkin va shu sababdan ish imkoniyatini yo’qotishi mumkin.

Ammo taqdirning ishlashini juda yaxshi bilgani uchun va harakat qilsa ham uchrashuvga yetib bora olmaganining Allohning nazoratida ekanligini bilgani uchun “demak bu ish men uchun xayrli emas ekan” deya o’ylaydi va voqeaning shu shakilda rivoj topganiga shukur qiladi. Allohning o’zi uchun yanada xayrli bir natija yaratishini umid qiladi. Uchrashuvga kechikish sababining avtotirband yoki avtoulovining yorilgan baloni deya o’ylashining nihoyatda xato ekanligini biladi. Alloh xohlasa avtotirband bo’lmas yoki hechqaysi balon yorilmas edi.  

Avtotirband, yorilgan balon yoki shunga o’xshash shartlar albatta insonning boradigan joyiga kech qolishiga ko’rinib turgan bir sababni tashkil etadi. Lekin, ko’rinib turgan shartlardan ham ko’proq muhimrog’i, insonga yillar oldin u uchun tayyorlangan va bo’lishi kerak shakilda ishlagan taqdirdir. Yuqoridagi misolda aytib o’tilgan kishining taqdirini Alloh “u uchrashuvga qatnashmagan” shakilda yaratgandir. Shuning uchun hech qanday sharoitda qatnasha olishi mumkin emas.

Agar biron bir to’siq yuzaga kelsa, bularning barchasi, Alloh mo’minlarga xayir istagani uchun yuzaga kelmoqda. Bu taslimiyatni bir inson to’liq tushuna olishi uchun esa, Allohni haqiyqiy ma’noda do’st va vakil deb bilishi va Unga samimiyat bilan yuzlanishi shartdir.

Allohning Qur’onda insonlarga buyurgan ahloq modelining eng muhim xususiyatlaridan biri insonning -qanday holat bilan yuzma-yuz kelsa kelsin- hech qachon umidsizlikga va salbiy fikirga tushmasligidir. Umidsizlik, iymonsizlikning yoki zaif iymonning ko’rinishidir (namoyishidir). Voqea-hodisalarni Allohning yaratganini, har bir narsaning taqdir bilan rivoj topishini tushuna olmaganining natijasidir.  Bu, Allohning Qur’onda ta’kidlab e’tibor qaratgan xatodir. Chunki umidsizlikning tagida Qur’onga qarshi bir ruh va fikirlash tarzi bordir. Buni esa Alloh ta’qiqlagandir. Qur’onga murojaat qilganimizda Allohning ko’plab oyatlarda insonlarga tavakkuli bo’lishni, umidvor bo’lishni, har hodisani xayr ko’zi bilan qarshi olishni tavsiya qilganini ko’ramiz.

Adnan Oktarning The Kashmir Monitorda chop etilgan maqolasi:

http://www.kashmirmonitor.in/Details/113426/navigating-through-life-storms

2017-01-30 11:57:13
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top