Fikr va diniy e’tiqod erkinligini eng yuqori darajada himoya qilgan Qur’ondir

Insonlarning asosiy huquq va erkinliklari, zamonaviy Konstitutsiyalarning, qonunlarning va deklaratsiyalarning asosini tashkil etadi. E’tiqod va fikr erkinligi ham shular jumlasidandir. Bu erkinliklarning ijro etilish darajasi, bugun Ga’rb va Sharq jamiyatlari orasidagi tsivilizatsiya va rivojlanish farqini namoyon qilish jihatidan ham aniq bir o’lchov hisoblanadi.

 Ba’zi G’arb jamiyatlaridagi umumiy tushuncha, ayniqsa Yaqin Sharq va Islom mamlakatlarida fikr va e’tiqod erkinliklari keskin cheklangan. Islom e’tiqodining va Islomiy qoidalarga ko’ra yashashning insonlarga majburan qabul qilidirilishi, aksincha harakat qilganlarning shiddatli bosim, tahdid, sanksiya va jazolar bilan yuzlashishi keng tarqalgandir.    

 Afsuski yuqoridagi holatlar, barcha Islom mamlakatlari va jamiyatlari uchun bo’lmasada, lekin ularning ko’plari uchun muayyan darajada rostdir. Faqat bu da’volarda to’g’ri bo’lmagan yo’nalish esa, salbiy holatlarning sababi deya,  asossiz bir shakilda Islom dinining ko’rsatilishidir.

 Noto'g'ri tushuncha va johillikga asoslangan bu turdagi tanqid va da’volar, ko’pincha Islomning yagona va haqiqiy manbaining Qur’on ekanlgi hisobga olinmagan holda ilgari surilmoqda. Insonlarning va jamiyatlarning noto’gri tushnchasi va tatbiqlari, diniy olim sifatida qabul qilingan ba’zi odamlarning Qur’onga zid bo’lgan sharh va izohlari, Qur’ondan tashqari manbalar, Payg’ambarlar nomiga to’qib chiqarilgan asossiz rivoyatlar ham bularga dalil ko’rsatiladi.

 Lekin, faqatgina Qur’onga murojat qilganimizda, Islom dinining bugungi kunga qadar barcha vaqtlarning barcha tsivilizatsiyalaridan, falsafa va mafkuralaridan ancha ilg’or bir erkinlik tushunchasiga ega ekanligini ko’ramiz. Qur’on ta’rif qilgan erkinlik tushunchasining chegaralari, rivojlangan va zamonaviy jamiyatlarning qabul qilgan mezonlardan ancha ilg’ordir (oldindadir).

 Barcha din a’zolarining e’tiqod, tushuncha, ibodat, huquq va erkinliklari Qur’onda kafolatlangan, ushbu huquq va erkinliklarni cheklashga qaratilgan xatti-harakatlar ma’n qilingandir. Agar, bugun bir necha ma’noda nazrda tutilgan "dindan holilik" (sekulyarizim) tushunchasini, “din, e’tiqod va ibodat erkinliklariga hurmat ko’rsatilishi” ma’nosida qabul qilsak, bu tushuncha Qur'onga hokim bir tushuncha ekanligi darhol ko’rinadi.

 Qur’onning, “(Ey, Muhammad,) ayting: 4.Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman. 

5. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar. 

6. Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir.
 (Kofirun Surasi, 4-6) oyatlari Islomdagi e’tiqod erkinligini eng ixcham tarzda ifoda etadi. Bu erkinlik Xristiyanlikdan Yahudiylikgacha barcha dinlarni, hatto Buddizmdan ateizmgacha, barcha e’tiqod tizimlarini va e’tiqod qilmaslikni ham o’z ichiga oladi.

Shu tarzda, “ Ular o'z diyorlaridan faqatgina "Rabbimiz Allohdir", deganlari uchun quvilgan edilar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf etib turmas ekan, albatta, Alloh nomi ko'p zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) kanisalari, (yahudiylarning) havralari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo'lur edi…” (Haj Surasi, 40) oyati ila faqatgina Musulmonlarning emas, boshqa dinlarning ibodat joylari ham Alloh tomonidan himoya qilinadi. 

 Islom dinini qabul etishga, uning qoidalariga amal qilishga ham insonlar hech bir shakilda majburlanmasligi Qur’onda aniq bir usulda xabar beriladi. “Dinga majbur qilish yo’q. Batahqiq, haq botildan ajradi…” (Baqara Surasi, 256); Siz ularning ustida (imonga) zo'rlovchi emassiz. Bas, ushbu Qur'on bilan Mening tahdidimdan qo'rqadigan kishilarga nasihat qiling!” (Kaf Surasi, 45); “Bas, Siz odamlarni mo'min bo'lishlariga majbur qilasizmi?!” (Yunus Surasi, 99); “21. Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz. 
22. Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz.”
(G’oshiya Surasi, 21-22) oyatlari bu mavzuga aloqador ko’plab oyatlardan faqatgina bir nechasidir. Hattoki bu bir necha oyatlar Qur’onda taqiqlash, majburlash, zo’ravonlik, teror uyoqda tursin, e’tiqod va ibodatlarga aralashish (suqilish) to’g’risida (borasida) hattoki eng kichik bir majburlashga ruxsat berilmaganining ochiq dalilidir.

 Shu sababli, Islom dini ila aloqador mavzuda murojat qilinishi kerak bo’lgan xatoli amaliyotlar,  sharhlar yoki har xil manbalar emas, bu dinning birgina kuchga ega manbai Qur’on bo’lishi shart. Bundan tashqari, ko’plab insonlar xabardor bo’lmagan haqiqat esa “Erkin” deb qaralgan bir qancha mamlakatlarning aslida u qadar erkin emasliklaridir.

 Madaniyatning beshigi hisoblangan AQSH va Yevropadagi ko’plab mamlakatlarda inson huquqlari va erkinliklari, davlatlar va jamiyatlar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoqsiz qonunlar va qoidalar bilan zanjirlangan (kishanlangan) holatdadir. U yerlarda o’zlarini erkin deb o’ylagan insonlar aslida minglab sanksiya, cheklov, taqiq, soxta axloq qoidalari yoki jamoalar bosimi ostida ezilmoqdalar.

 1950-yildan e’tiboran muhojirlarning Yevropaga kelishi bilan ortgan, turli madaniyatlar va e’tiqodlarga chiday olmagan (bardosh bera olmagan) o'ta ketgan o'ng-qanot irqchi zehniyat (mentalitet) hozirgi kunimizda tamoman xavfli darajalarga yetgandir. Bu zehniyatdagi (mentalitetdagi) siyosiy partiyalar Islamafobiya propagandalari bilan eng yuqori ovozlarni olmoqdalar. AQSH va Evropadan kelgan, begunoh, beozor Musulmonlarga nisbatan hujum va qotilliklarning, masjidga o't qo'yishlarning yangiliklari har kuni ortib bormoqda. Misol uchun 2016-yil AQSH prezidentlik dastlabki saylovida ovoz yig’ish uchun qilingan “Musulmonlarning deportatsiya qilinishi va musulmonlarning mamlakatdan chiqarilishi”ga o’xshash tahdidlar millionlab Amerikaliklar tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqdadir.

Shu bilan birga, G’arbdagi bir necha mamlakatlar, hozirgacha Myanmardagi, Sharqiy Turkistondagi, yaqin o’tmishda esa Bosniyadagi uyatga qoldiradigan e’tiqod qirg'inlariga jim qarab turdilar. E’tiqod va fikir erkinligi haqida boshqa jamiyatlarni har imkoniyatda tanqid va ta’na qilgan G’arb madaniyatidagi bazi mamlakatlarning vaziyati aniqdir.

 Boshqa tomondan, shaxsiy hayotlarining har on ta’qib ostida bo’lgani, rasmiy mafkurasidan tashqari har turli fikir, tushuncha va e’tiqodning taqiqlanib, aksini qilganlarning vaxshiylarcha jazolantiriladigan Shimoliy Koreaga o’xshash, dinsiz komunist tizimlarda, insonlarning huquq va erkinliklarining qanday oyoq osti qilinganligi tarixiy haqiqatdir.

Holbuki Qur’on, bunday bosim, taqiqlash va zolimliklarni 1400 yil oldin bekor qilgan, faqatgina fikir va tushunchani emas, balki barcha inson huquqlari va erkinliklarini eng keng qamrovli tarzda kafolatlagandir. Iymon keltirganlarning shaxsan Allohga nisbatan javob beradigan (hisob beradigan) halol va haromlardan tashqari, Qur’ondagi cheklangan miqdordagi ijtimoiy qoidalar va cheklovlar insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, bu erkinliklarning suiiste'mol qilinishini, boshqa insonlarning huquq va erkinliklarining buzilishini, insonlarga zarar yoki noqulaylik beradigan darajalarga yetishining oldini olish va ijtimoiy tartibni ta'minlash uchun belgilangandir. Ushbu qoidalarning birortasi ham bosim yoki cheklashlar yaratish maqsadida emasdir.

 Har doim bo’lgan va bo’lishi kabi hozirgi kunimizda ham Qur’on keltirgan tizim hamma madaniyatlarning, mafkuralarning, falsafalarning va siyosiy tartiblarning martama-marta, karrama-karra  ustidagi go’zallikdir. Faqatgina musulmonlarning emas, balki har bir insonning ham baxtliligi, insonga eng ko’p qiymat bergan bu tizimning keng qabul qilinishiga va amalga oshirilishiga bog’liqdir. 

New Straits Times & Jefferson Corner & Morocco World News:

http://www.nst.com.my/news/2016/10/182860/quran-protects-rights-freedoms

http://www.jeffersoncorner.com/the-quran-protects-rights-freedoms/

https://www.moroccoworldnews.com/2016/12/204586/quran-freedom-thought/

2017-02-01 19:31:28
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top