BBC News va Darvinizimning Eng Katta Muammosi: Hayot Qanday Boshlandi?

2016-yilning 31- oktyabr sanasida, evolyutsionist internet sayti BBC Newsda “hayotning boshlanish sirining yechimiga, endi yanada yaqin bo’lganimizni” da’vo qilgan maqola chop etildi. Maqsad, tarix mobaynida Darvinizmning eng katta muammosi bo’lgan “hayotning kelib chiqishi” savoliga Darvinist tushuntirish keltira olinganligi taassurotni berish imkoniyatiga ega bo'lish edi. Darvinistlar bu aniq mag'lubiyatlaridan keyin, "qutqaruv operatsiyasiga” kirishgan edilar.

 Hatto maqolaning boshlanishida bu maqolaning yaratilish haqiqatiga, mafkuraviy e’tiroz sifatida tayyorlanganligi ochiqcha aytib o’tilgandi.

“Hayot qanday boshlandi? Insoniyat tarixi mobaynida deyarli har bir kishi, buni  g'ayritabiiy kuchlarning qilganligiga ishondilar. Boshqacha yondashish tasavvur qilinmadi. Endi bu to’g’ri emas. O’tgan asr mobaynida ba’zi olimlar hayotning ilk qanday paydo bo’lganining  yechimini topishga harakat qildilar. O’zlarining labaratoriyalarida tasodifiy yangi hayot yuzaga chiqarish uchun harakat qildilar. Bugungi kunga qadar hechkim buni qila olmadi, lekin uzun yo’lni bosib o’tdik. Bugun hayotning kelib chiqishi ustida ishlagan olimlarning ko’pi to’g’ri yo’lda ekanliklariga ishonadi, tajribalari ham bu ishonchlarini qo'llab-quvvatlaydi."

 Ko'rinib turganidek Darvinistlar, qo’llarida hali ham biron dalil yo’qligini boshidanoq e’tirof etmoqdalar, lekin “uzoq yo’lni bosib o’tganliklari” fikridan foydalanib, omma tushunchasini manipulatsiya  qilishga (ta’sir o’tkazishga) harakat qilmoqda edilar. Ma'lumki, isbotlanmagan da’vo (bahs)ga ishonish, ilimiy emas mafkuraviy yondashuvdir. Maqola muallifi Marshall, “Yer Yuzida Hayotning Boshlanish Siri” sarlavhasi bilan o’quvchilariga bir sirni tushuntirishi, taassurotini  bergandir. Bir tomondan turli ilmiy da'volarni aytib o’tmoqda, boshqa tomondan esa bularning nima uchun evolyutsion mazmunda amalga oshmasligiga tayanib be’taraf yondashuv berishga sa’y-harakat qilgan. Ammo maqola oxirida yana, ilgari surgan soxta dalillarga tayanib “evolyutsion ma’zmunda hayotning boshlanishini tushunish (anglash)ga hozir yanada yaqin ekanligimiz” borasida xulosa qilgan. Holbuki, hikoyadan iborat bo’lgan “so’zda dalillarning” isbotlangan hech qanday asosi yo’q. Qilingan yagona ish, taxminlar bilan, “bu yoki u amalga oshgan bo’lishi mumkin” shaklidagi bir qismi hayoliy bo’lgan, bir qismi esa o’sha kunlarning shart-sharoitlariga to’g’ri kelmaydigan da’volarni ilgari surmoqdir.

Agar biz bu dav’olarning ilman assosiz ekanligiga murojat qiladigan bo’lsak:

Abiogenesis: Dalili bo'lmagan stsenariy

Hayotning qanday boshlanganining tushuntirilishi evolyutsiya stsenariysining eng qorong'i jihatlaridan biridir. Abiogenesis, ya’ni jonsiz moddalardan jonlilik (tiriklik) shakllantirish to'g'risida, evolyutsionistlarning hech qanday izohi yo’qdir. Chizilgan “so’zda evolyutsion daraxtlarda”, boshlang’ich hujayra davri qora tumanlik kabi tasvirlangan, shu tarzda u davrga oid biron bir ma’lumotning yo’q eknaligi qabul qilingandir. Hattoki bunday savollar so’ralishining oldini olish uchun,  “"Evolyutsiya ilk hujayra shakillangandan keyingi turlarning diversifikatsiya bosqichlari bilan shug'ullanadi; bu birinchi hujayra masalasi abiogenesisning mavzusidir,   evolyutsiyaning emas” kabi ifodalar anglatilgan. Hattoki evolyutsionist Richard Dawkinsning bu mavzu bo’yicha e’tirof etgan bayonotida, hayotning tashqi dunyodan kelgan “o’z o’zini nusxalagan (ko’pya qilgan) xayoliy molekulya” bilan boshlagan bo’lishi mumkin ekanligini aytishi ham, hayotning dunyoda tasodifga tayangan holda paydo bo’lishining imkonsiz ekanligi tasdiqining (qabulining) aniqligidandir. (https://www.youtube.com/watch?v=vO6R5mTXcRI) Bundan 4 yil oldin Dawkinsning o’z fondiga oid internet saytida, “hayotning qanday boshlanganiga doir nazariya ishlab chiqish” ustidan 2 million funt sterling mukofot qozonish musobaqasini ochdi . Bunday tadqiqot musobaqasining ochilishi, evolyutsiya nazariyasining asosini tashkil qilgan hayotning boshlang’ichining bugungi kunga qadar tushuntirilishi u yoqda tursin, hatto nazaryasining yaratila olmaganligining bir isbotidir.

Keling BBC News saytidan joy olgan maqolada aytib o’tilgan bir qancha da’volarni birma bir baholaymiz (o’rganib chiqamiz).

Ilmiy nuqtai nazaridan ruhining inkor etilishining isbotlanishi xatosi

Muallifga ko’ra ruhning borligi tamoman materialistik tushuncha bilan inkor etilgandir. Bunga dalil sifatida 19-asrning boshlaridan e’tiboran tirik hujayrani hosil qilgan bir qancha molekulyalarni laboratoriya muhitida qo’lga kirtish mumkunligi ko’rsatilgan. Shuningdek ammonium  cyanate dan urea’ni olish (qo’lga kiritish) mumkinligi, jarayonning boshlanish deb da’vo qilingan.

 Keyinroq ,1859-yilda Darvinning Turlarning kelib chiqishi kitobi bilan hayotning hayron qoldiradigan xilma-xilligining ummumiy bir ajdoddan kelganligining isbotlanganligi, shu tarzda ruh tushunchasining ilmiy nuqtai nazardan yakunlanganligi da’vo qilingandir.

 Hozirgi kunimizning ilmiy kashfiyotlaridan xabardor bo’lgan bir insonning, ruhning yo’q ekanligiga doir “so’zda” taqdim etilgan dalillarning oddiyligi tushunarsiz emasdir. “Evolyutsiya nazariyasi ilgari surildi shu yo’sinda ruhning borligi masalasi bartaraf etildi” kabi sodda mantiq, dalil emas, mutlaqo chirigan bir da’vodir. Avvalo evolyutsiya nazariyasi har jihatdan qulagan (yiqilgan, vayron bo’lgan) nazaryadir. Bu nazariya na biologik hayotning borligi haqida na Darvinistlarning eng katta muammosi bo’lgan ruhning borligi haqida biron izoh keltira olgan; keltirishi ham imkonsizdir. Agar bu da’voga qaytadigan bo’lsak, jismoniy vujudimizni tashkil etgan barcha ashyolar (materiallar) tabbiy ravishda noorganik moddalardan, ya’ni atomlardan olinadi. Ammoniy cyanate dan karbamid olish oddiy bir kimyoviy kashfdir. Bu moddaning hosil bo’lishi uchun zotan bir organik tuzilishga ehtiyoj yo’qdir. Organik tuzilishlarning asosini tashkil qilgan oqsil, shakar, yog’ va nuklein kislota molekulyalari esa jonli hujayralarga ehtiyoji bor. Ular hujayra tashqarisida, laboratoriya muhitida ishlab chiqarila olmaydilar. Hatto, laboratoriya muhitida ishlab chiqarilganligini faraz qilsak ham bu holat yana ruhning borligini yo’q qiladigan bir dalil emasdir. Hujayraning har bir, tirik hujayra ichida uyushgan yoki maxsus tuzilmalari, ya’ni (organelle i, ingliz tilida), har bir oqsili tamoman bir ong bilan harakat qilmoqdadir. Bunga ko’plab misollar keltira olamiz. Bu ongning manbai metafizik bir kuchsiz tushuntira olinmas. Shu sababli jonlilikni (hayotni) faqatgina modda bilan tushuntirish imkonsizdir.

 Agar darvinistlar ruhning borligi mavzusi bilan shug'ullansalar, elektr signallarini rang-barang dunyo sifatida idrok qilgan (his qilgan, anglagan, tushungan) ko’zi bo’masdan ko’rgan, qulog’I yo’q eshitgan borliqning kim ekanligini tushuntirib berish majburiyatidadir. Modomiki bu mavzuni e'tiborsiz qoldirar ekan, ular ruhning mavjudligi qarshisida chorasiz ekanliklarini qabul qilishlari shartdir.

 Maqolada joy berilgan “so’zda” evolyutsionist olimlarning mafkuraviy dunyoqarashlari ham juda qiziq. Muallif buni o’zi ham ifoda etgan va Alexander Oparin, J.B.S. Haldane kabi hayotning kelib chiqishini evolyutsionist mantiq bilan tushuntirishga harakat qilgan insonlarning barchasining ateist va kommunist tushunchaga ega ekanliklarini ochiqchasiga bayon qilmoqdadir. Germaniya Osnabrück Universitetidan Armen Mulkidjanianga ko’ra, “Sovet Ittifoqida bu fikirlar sevinch bilan qabul qilingan, chunki ular Xudoga (Xudo bunday nuqsonlardan pok) muhtoj emasdi. G’arb dunyosida esa bu yo’nalishda fikirlagan insonlarning hammasi so'lchi (левак) yoki kommunist yoki shunga o'xshash fikrda edilar. "

 

 Darvinistlarning hayotning qanday boshlanganligini tushuntirishdagi mushkul holatlari (qiyin vaziyatlari)

 Darvindan boshlab Oparin va Haldane bilan davom etgan hayotning ilk shakillanishiga oid nazariyalarni, tajriba bilan isbotlashga birinchi harakat, yaxshi ma’lum bo’lgan Miller-Urey tajribasidir. Miller dunyoning boshlanishida bor ekanligini tahmin qilgan to’rtta kimyoviy moddalarni shisha sinov naychalarida birlashtirdi. Naychalarning ichida qaynoq suv, vodorod gazi, ammiak va metan bor edi.U sovuq tuzoq usulini qo’llash orqali  glisini va alanine aminokislotalarini qo’lga kiritgan. Qo’lga kiritgani faqatgina jonsiz moddaning ikki molekulyalaridan boshqa hech narsa emas ekanligiga qaramay bu malakasiz tajriba, evolyutsionistlar tomonidan hayotning kelib chiqishini tushuntirish usuli sifatida ko’p yillardan beri foydalanildi. Lekin, keyinchalik “so’zda” hosil qilgan burungi (qadimgi) atmosferaning noto'g'ri ekanligi keyinchalik aniq bo’ldi. Keyinchalik amalga oshgan  bir necha bu tajribaga ergashgan tashabbus bo’lsada, boshqa hechkim hayotning kelib chiqishini bunday usullar bilan isbotlashga harakat qilmadi. Ko’plab ilmiy kashfiyotlardan keyin esa, hayotning taxmin qilingandan ancha murakkab ekanligi ma’lum bo’ldi. Jonlilar faqatgina kimyoviy moddalarni tashigan sumkalar emas edilar; har bir hujayra bir shahar kabi murakkab edi. Shu sababli bularni noldan bino etish (qayta-qurush) tushunchasini tasavvur qilib bo’lmaydigan darajadadir.

 Bugunning texnalogiylari bilan labaratoriya muhitida nazorat ostidagi sharoitda hattoki bir dona oqsil qo’lga kiritila olinmagan ekan, buning ko’plab buzg’unchi (halokatli) ta’sirga ega tabiiy sharoitlarda paydo bo’lganini (vujudga kelganini) da’vo qilmoq juda asossiz hisoblanadi. Miller tajribasiga bu darajada egalik (qabul) qilinishining sababi ham, tajribaning biron natija bergan bo’lishi emas, balki boshqa biron bir sa’y-harakatning bo’lmaganidandir.

Ibtidoiy hujayra mavjud emas

Hayotning paydo bo'lishini tasodifga tayangan o’zgarishar bilan tushuntirishga majbur bo’lgan “so’zda” evolyutsiya nazariyasida, birinchi hujayraning qanday hosil bo’lgani evolyutsionistlar uchun tamoman bir muammodir. 3.8 milyard yillik qazilma dalillariga ko’ra, birinchi hujayraning har turli xususiyatlari bilan bir onda paydo bo’lganing qabul qilinishi Yaratilish ma’nosida kelganida, evolyutsionistlar bunday ochiq va oydin ilmiy haqiqatni o’zlaricha bartaraf etadigan stsenariylarini yaratadilar. Bu stsenariylarga ko’ra, barcha xususiyatlari bilan qarshimizga chiqgan bu hujayradan ancha oldin, "Ibtidoiy" hisoblanadigan “so’zda” organik molekulyalar va hujayralar bo’lishi kerak. Lekin, bu  “so’zda” ibtidoiy ajdod, hech qachon topilmagan. Bundan tashqari, evolyutsionistlar bunday jarayonning qanday ilshlagani (sodir bo’lgani) haqida bir fikriy birlikga, ya'ni hamjihatlikga ega emaslar; ega bo’la olmaydilar ham. Chunki har bir gipoteza (taxmin, gumon) , bir jonli hujayrasining to’liq va batamom bo’lishi o’sha paytda bor bo’lishini talab qilmoqdadir. Ammo, Darvinistlar, vaqti kelib kimdir birinchi hujayraning payo bo’lishini tushuntirishi umidi bilan mafkuraviy tushunchalarini mahkam tutishda davom etadilar.

 Bir hujayraning hayotini davom ettira olishi uchun mutlaqo ega bo’lishi shart bo’lgan ba’zi xususiyatlari bordir. Bu xususiyatlardan biri yetishmagan vaqtda boshqa xususiyatlarinig mavjudligi ma'nosiz bo'ladi; chunki bunday holatda hujayra uchun o’lim muqarrardir (qochib qutulib bo'lmaydigandir). Bu yerda qisqacha gapirganimiz xususiyatlar, tafsilotlarida o’nlab yuzlab xususiytalarga ega. Hattoki bu tafsilotlardan birining yetishmasligi imkonsizdir. Bugungi kunimizdagi biz tez-tez duch kelgan genetik kasalliklar, kichik tafsiotlardagi tartibsizlik (buzilish) oqibatida sodir bo’ladi va buning natijalari jiddiy kasalliklar yoki o’limdir. Shuning uchun, birinchi hujayra to'liq shaklida paydo bo'lishi kerak.

Bir hujayrada bo'lishi shart bo’lgan asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

  1. Hujayrani tashqi muhitdan ajratib turadigan hujayra membranasi
  2. Hujayra faoliyatini  davom ettirish uchun, kerakli bo’lgan energiya ta’minoti tizmi.
  3. Hujayra ma’lumotini saqlaydigan va kelajak avlodlarga uzatadigan (o’tqazadigan, tashiydigan) genetik material

 Bu yerda umumiylashtirilgan uchta xususiyatlardan tashqari hujayra hazm qilish, ajratish (ajratib chiqarish), hujayra skeleti, transport tizimlari vhk. ko’plab muhim funksiyalarga egadir. Keling asosiy funksiya sifatida sanab o’tganimiz bu uch tuzilmalarni birma-bir ko’rib chiqamiz.

 Hujayra membranasi yolg’iz o’zi shakillana olmaydi.

 Tashqaridan tekshirganimizda  bir hujayraning shakillanishini belgilagan eng muhim (hayotiy) tuzilma hujayra membranasidir. Hujayra membranasi, hujayraning qurilish bloklarini, hujayra ichida birgalikda ushlab tura olishi uchun muhimdir (shartdir). Bundan xabardor bo’lgan evolyutsionistlar, hujayra ichin lipid molekulalaridan iborat bir membrananing kerak ekanligini (talab qilinishini) aytadilar. Lekin ular lipidlarning ham organik moddalar ekanligi haqiqatiga ko’z yumadilar (ahamiyat bermaydilar, e’tiborga olmaydilar). Hujayra membranasi, tuzilishida joy olgan har bir lipid molekulyasi o’nlab bosqichma-bosqich reaksiyalar natijasida vujudga kelgan va butunlay murakkab tizim bilan paydo bo’lgandir. U holda membrananing vujudga kelishi uchun yana, oldindan tayyor bo’lgan lipidarga ehtiyoj bordir. Shuning uchun, bularni ham tayyorlaydigan boshqa hujayraga ehtiyoj bordir.

Hujayra membranasining lipid tuzilishi faqatgina yog’da eriydigan kichik molekulyalarni membranadan erkin o'tishga ruxsat beradi. Lekin suv, suvda erydigan moddalar va katta molekulyalarning o’tishiga ruxsat bermaydi. Hujayra membranasida, bu molekulyalarning hujayra ichiga yoki tashqarisiga harakatini nazoratli shakilda ta’minlagan oqsillardan iborat darvozlar va kanallar bo’lishi shart. Oqsil esa, DNK va RNK tuzilmasidan yana yuzlab oqsilar yordami bilan sintezlanishiga va hujayra membranasiga tashinishiga  majburdir. Shunday ekan bu holatda ham to'liq funktsional bir hujayraga ehtiyoj bordir.

 Muhim vazifalarni (funksiyalarni) davom ettirish, energiya talab qiladi.

 Hujayra ichida deyarli hech bir mexanizim energiyasiz ishlamaydi. Hujayra membranasi transport tizmi, oqsil ishlab chiqarish, bo’linish vhk. kabi har tizim energiyasiz qolishi bilanoq to’xtaydi. Bu esa o’lim deganidir. Shuning uchun, birinchi (ilk) hujayrada energiya ishlab chiqaradigan tizimning bor bo’lishi shartdir. Energiyaning g’amlanib foydalaniladigan holga kelishini ta’minlagan asosiy mexanizim fotosintezdir. Glyukoza quyosh energiyasidan foydalanib, qo'lga kiritiladi. Glyukoza, glikoliz tomonidan ATPga aylantiriladi. Fotosintez eng kamida 40ta alohida reaksiyalar, glikoliz esa 10ta alohida reaksiyalar orqali amalga oshiriladi. Biz bu qadamlarning (bosqichlarning) har birning alohida fermentlar bilan katalizatsiyalanganligini tushunsak qanday murakkab tuzilmaga duch kelganimiz (yuzlanganimiz) ochiq ayondir. Bunday tizim mutlaqo birinchi (ilk) hujayrada bor bo’lishi zaruriydir. Bunday murakkab tuzilmaga ega bo’lgan “birinchi hujayra” (“ilk hujayra”) esa, shubhasiz “ibtidoiy” emasdir. Zotan eng qadimgi qazilma hujayralarning (toshga aylangan hujayralarning) (3.8 milyon yillik Cyanobacteria lar) ham fotosintez amalga oshirganliklari ma’lumdir.

 RNA hujayradan oldin mavjud (bor) bo’la olmaydi.

 DNKning oqsillarni ishlab chiqarish uchun foydalanadigan jarayon juda murakkabdir. Bu ham hayotning kelib chiqishini tushuntirishni xohlagan har bir inson uchun katta muammo yaratadi. Chunki, bunday murakkab tuzilmaning qanaday qilib vujudga kelganini hattoki tassavur qilishning iloji yo’q. Har qanday hayotning kelib chiqishi haqidagi izoh organellaridan (ruscha органеллы, inglizcha organelles) iborat , DNK va RNK va ribazoma kabi murakkab tuzilmaning mavjud bo’lgani va ishlashni (faoliyat) boshlaganini tushuntirib berishi shart.

Shu sababdan, jarayonni soddalashtirish maqsadida Ingliz kimyogari Leslie Orgel boshlanishda hech qanday DNK yoki oqsillar bor bo’lmaganligi, faqatgina RNK molekulyalari bor bo’lganligi,  haqida bahslashdi. Bu molekulya, DNK kabi o’zini kopiyalashga (nusxalashga) va oqsil kabi buklanib (yig’ilib) fermentativ faollik ko’rsatish shart edi. Mavzu haqidagi provokatsiyalariga qaramay bu da’voning asosini tashkil etadigan biron dalil yo’q edi. Bu da’vo butunlay falsafiy tushuncha edi; ammo qo'lida dalil bo'lmagan evolyutsionist davralar tomonidan e’tibor  berildi. Holbuki RNK molekulyaning yakka  o’zi bir onda bor bo’lgan deb taxmin qilsak ham, boshqa organellari (ruscha органеллы, inglizcha organelles) bor bo’lmagan, aniqrog’i hujayrasi bor bo’lmagan RNK molekulyasi qanday funksiya bajarib tirik qolar edi?

Bu yerda eslanishi kerak bo’lgan yana boshqa bir narsa  bor. RNK deganimiz tuzilma, ya’ni ribonuklein kislota, riboz deb atalgan 5 uglerodli  shakar, purim yoki pirimidin tuzilishida bir nuklein kislota bazasini o’z ichiga oladi. Bu uch tuzilmaning,  organik tuzilish sifatida yana bir hujayraning ichida qilinishi majbur ekanligi tushunlganida, RNKga asoslangan stsenariy butunlay inqirozga uchraydi (qulaydi).

Bundan tashqari, tirik hujayralarda o’zini-o’zi nusxalagan (ko’pyalagan) biron RNK topilmagan. Ya’ni bu da’vo butunlay uydirma (soxta) maxsulotdir. RNKni tashkil qilgan tuzilmalar, ayni oqsillar kabi, suv bo'lgan muhitda birga birlasha olmaydilar, ribozom va fermentativ omillarsiz shakillana olmaydilar. Molekulyar biyalogiya tadqiqotlari bilan tanilgan John Sutherland buni quyidagicha izohlaydi:

RNK kimyosining ba’zi kalit nuqtalari ishlamayabdi. Har bir nukleotid shakar, baza va fosfatdan qilingan. Faqat shu isbotlandiki, shakar va ishqorni birlashtirishga ko’ndirishning ioji yo’q.

 Yana taniqli biyalogiya kitobi Albertsda bu holat quyidagicha tushuntiriladi:

       Tabiatda o’z-o’zini nusxalay olgan (kopiya qila olgan) RNK molekulyalari topilmaganligiga          qaramasdan, olimlar bularni laboratoriyada yarata olishlariga ishonadilar. (Molecular Biology of The Cell fifth edition Alberts p 402)

Evolyutsionistlar uchun genetik materialsiz fantastik asar yaratish juda ma'nosiz bo’ladi. Genetik material hujayra haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. DNKsiz hujayraning boshqa tuzilmalari bilan bog'liq axborotlar saqalanmaydi va haqiqiy hujayra bo’linishi ro’y bermaydi. Genetik materialning borligi ham yuqorida tushuntirdigimiz kabi ko’plab farqli (turli) tizimlarning birga mavjud bo'lishiga ehtiyoji bor. Bironda Yaratilishsiz, bu sodir bo'lmaydi. Aslida bu maqolada, evolyutsionistlar nima uchun ularning da’volari amalga oshmasligini e’tirof etganlar. Genetik materialning zaruriyligi quyidagicha ta'kidlangan:

Hujayra membranasiga ega bo’lgan, lekin geni bo’lmagan bir hujayra, ko’p narsa qila olmaydi. Bola hujayralarga bo’lina olsa ham o’zi haqidagi ma’lumotlarni bolalariga o’tkaza olmaydi.

 Hayot bir onda paydo bo’lgan

Ko’rib turganimizdek, “so’zda” evolyutsiya nazariyasiga aniq isbot topa olmagan evolyutsionistlarning hattoki nazariy darajada (jihatda) ham gipotezalariga (farazlariga) dalil uydirma (to’qish) harakatlari muvaffaqiyatsizlik bilan natijalandi. Birinchi hujayra (ilk hujayra) bir onda 3.8 milyard yil avval qazilma tosh qoldiqlarida paydo bo’lgan. Bu hujayra hozirgi kunimizdagi hujayralarda topilgan barcha xususiyatlari bilan paydo bo’lgan va o’zgarmasdan borligini davom ettirgandir. Bundan oldin esa yer qatlamlarida hayotning borligiga doir (oid) hech qanday alomat yo’q. Yarim rivojlangan (shakillangan), “so’zda” evolyutsiyalanishlikga harakat qilgan hujayra dalillari yo’qdir. Yuqorida tafsilotlari bilan tushuntirib o’tganimizdek, to’liq funktsiyali hujayrasiz, tirik mavjudot hayotini davom ettirishi mumkin emas. Sekin-asta rivojlangan hujayra modeli imkonsizdir.

Go’yoki, tasodifga asoslangan tabiiy tanlanish, yangi ma’lumotlarni ortaga chiqarish qobilyatiga ega emasligidan, oqsillar va genlar kabi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan tuzilmalarning tuzilishini tushuntira olmaydi. Shunday qilib, qolgan narsa esa tasodif da’vosi. Ta’sodif da’vosi esa insoniyat tarixidagi davomida ko’tarilgan eng mantiqsiz, eng bema’ni, eng ojiz da’vodir.

Tushuntirilishi kerak bo’lgan asosiy  masala (muammo), hayotning juda murakkab mexanizmini ishlab chiqarish uchun ta’lab qilingan ma’lumotning qayerdan kelganidir. Evolyutsionistlarning da’vo qilganlari shakilda ashyo (material) qutingizda atomlar, tabiat qonunlari va tasodiflar bor bo’lsa ham, hayot qanday vujudga keldi? Bu murakkab va tartibga solingan ma’lumotlar qanday paydo bo’ldi? Darvinistlar uchun bu savol javobsiz qolmoqdadir; modomiki, bu savolga evolyutsiya orqali javob topishga harakat qilishda davom etsalar, javobsiz qoladilar.

BBC News tomonidan ilgari surilgan g'oyalar (tushunchalar) zamonaviy dinsiz madaniyatning afsonalaridan boshqa narsa emas. Bu aniqki maqola mavzusi, Darvinistlarning boshidan kechirgan katta mag’lubiyatini bartaraf qilishga kirishgan harakatlaridan boshqa narsa emas.

Biz hech qachon jonsiz moddaning qurilish bloklari, o’zlari murakkab va funktsional tuzilmani qurganliklarini ko’rmaymiz, bu faqat insondan ham ustun bir aqilning yo’naltirishi bilan sodir bo’ladi. U aqil esa barcha aniqligi bilan qarshimizdadir va yaratgan har bir tafsilotida O’zini aniq-ravshan ko’rsatmoqdadir. U aqil, olamlarning Robbi bo’lgan Allohdir.

  1. U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan zotdir. U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, unga (osmonga) ko'tariladigan (yaxshi amal va duolar kabi) narsalarni ham bilur. Sizlar qayerda bo'lsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir. (Hadid Surasi, 4-Oyat)

Adabiyotlar

  1. http://www.bbc.com/earth/story/20161026-the-secret-of-how-life-on-earth-began
  2. https://www.youtube.com/watch?v=vO6R5mTXcRI
  3. Molecular Biology of The Cell fifth edition Alberts p 402

Adnan Oktarning News Rescueda chop etilgan maqolasi:

http://newsrescue.com/bbc-news-darwinisms-biggest-conundrum-life-begin/

2017-05-11 20:58:58
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top