Shirkdan tozalangan insonga ochilgan ma’naviy sirlar

Allohga iymon keltirganini aytgan, ammo to’liq kuchli iymonga ega bo’lmagan va ba'zan shubhalangan insonlarni uchratish mumkindir. Chuqur (teran) iymonga ega bo’lmagan bu insonlar hayotlari (umurlari) davomida har doim nimalarningdur yetishmasligini his etadilar. Shu sababli ham qayg'uli, baxtsiz va qoniqarsiz ruhiy holatdan qutula olmaydilar. Bundan tashqari bu tashvishlarning (qayg’ularning, bezovtaliklarning) manbayini ham topa olmaydilar. Dunyoning eng boy, eng chiroyli, juda mashhur yoki muvaffaqiyatli odamlari bo'lsalar ham, bu bezovtalik to’la, qayg’uli hayot ularni tark etmaydi. Negativlik (salbiylik) qayerlardadir har doim qarshilariga chiqadi, baxtliliklari har doim vaqtinchalik va yuzaki bo’ladi.

Aslida bu ichki qayg’uning va og’ir hayotning sababi ayondir: Qur’ondan uzoq bo’lish, Qur’onga muvofiq shakilda yashamaslik…

Alloh dunyo va oxiratga oid ko’plab masalalarni Qur’on bilan bizlarga bildirgan, bizgan O’zini tanishtirgan, odamlarning nega va qanday yaratilganliklarini tushuntirgandir. Qanday hayot kechirsalar jannatga erisha olishlarini, chiroyli ahloqning ta’rifini va ibodat qilish yo’llarini ham Qur’on bilan bizga o’rgatgandir. Qur’onda bir insonning umri mobaynida ehtiyoji bor asosiy (muhim) ma’lumotlarning barchasi mavjuddir.

 Qur’on kuchli, pok iymonga erishishni xohlagan shaxsning nimalar qilishi kerakligini juda aniq tushuntiradi. Buning uchun eng muhim shart shirktan, ya’ni Allohga tengdosh (sherik, shirk) keltirishlikdan tozalanishdir. Kuch, quvvat, mol-mulk, go’zallik kabi xususiyatlarning Allohdan boshqa harqanday biron borliqga oid ekanligini o’ylash (fikirash) ma’nosida kelgan shirk Allohning aslo kechirmasligini bildirgan katta gunohdir. Alloh o’simliklarni, mevalarni, hayvonlarni, va turli xil ne’matlarni har on yaratar ekan, har on koinotdagi mukammal tartib bilan jonlilarni (jonzotlarni) himoya qilar ekan shirk keltirishlik Allohga bo’lgan sevgi va hurmatga to’g’ri kelmaydi. Alloh eng ko’p sevilishga loyiq (sazovor, munosib) cheksiz kuchdir, hamma narsani yaratgandir. Sevgini, e’tiborni (diqqatni) butunlay Alohga yo’naltirish kerakdir.

Nima uchun hamma narsani Allohning yaratganini o’ylash (fikirlash) va buni bilib (anglab) gapirmoq muhim?

 Alloh umuman yoqtirmagan va mo’minlarni saqlanishlarini (shirk keltirishdan saqlanishliklarini) buyurgan shirk xavfidan haqiqiy ma’noda (to'la-to'kis) qutulishning yo’li, katta kichik har bir narsani Allohning yaratganini unutmaslik, voqea-hodisalarning Allohdan mustaqil amalga oshgani (Alloh bunday nuqsonlardan pok) yanglishiga (aldoviga) o’zini oldirishlikdan qattiq (kuchli ravishda) qochishdir.

 Buni yanada yaxshiroq tushunib yetish uchun kundalik hayotdagi misollar ko’rib chiqilsa bo’ladi. Misol uchun bir inson gapirgan vaqti, “Meni gapirtirgan faqat Alloh. Alloh ruxsat bergan uchun gaplasha olaman, aks holda bir jumla ham tuza olmayman.” deb fikirlab Allohning kuchini va barcha narsaning ustidagi nazorati va hokimiyatini yanada yaxshiroq tushuna oladi. Ovqat yeganda, “Menga bu ne’matlarni bergan, meni yedirgan, ichirgan yagona borliq Robbim bo’lgan Allohdir. Alloh lutf (fazl) etgani uchun bu oziq-ovqatlar menda bor, aks holda bu ne’matlarning hech qaysisiga kuchim yetmas edi.” deb taomining, ichimligining tasodifan sodir bo’lmganini, bir zaytun donasigacha har xil turdagi ne’matni o’ziga Allohning nasib qilganini yanada yaxshiroq tushunib yetadi.

 Hech shubha yo’q, Allohga sherik qilmaslik, shirk keltirmaslik to’g’ridan to’g’ri Allohga yuzlanish yaxshiliklarni ham birga keltiradi. Kun mobaynida qarshisiga chiqgan har bir ne’matning, har bir tafsilotning Alloh tomonidan yaratilganini; kutgan xush xabarini unga eshittirgan Alloh ekanini; yoqgan qo’shiqni tinglaganida qo’shiq bastasi va so’zi Allohning ilhomi bilan paydo bo’lganini, qo’shiqning haqiqatda Allohga oid ekanligini unutmagan inson shirkdan uzoqlashib poklanadi. Shu shakilda oilasini, tanishlarini, yaqinlarini (qarindoshlarini) qisqasi barcha yaxshi ko’rganlarini yaratgan Alloh ekanligini; yoqtirgan hayvonlarini, rang barang gullarni, o'simliklarni, tabiatni kichik urug’ donasigacha Allohning yaratganini tez-tez fikirlasa (o’ylasa) har bir qaragan joyida Allohning tejellilarini (Allohning tabiatda va insonlarda ko’inishi, namoyon bo’lishi tejelli demakdir.) ko’rishni boshlaydi, Uni oshiqlik ila va ehtiros bilan sevishni o’rganadi va katta surprizlar bilan uchrashib, hayotning eng muhim sirlariga voqif (guvoh) bo’la boshlaydi.

  Shu tarzda Allohga shirkdan poklangan holda bog’lanish, Allohni nihoya bilmaydigan oshiqlik bilan sevish insonga avval hech bilmagan, hech his etmagan sirlarning eshigini ochadi. Boshqalar dunyoviy tuyg'ular ichida mol mulkga, mansabga, shuhratparaslikga va obro'ga sho’ng’ir ekan, shirkdan poklangan inson Allohning o’zi uchun ochgan sir olamidan ichikariga kirib ma’naviyatini va teranligini orttira boshlaydi. Allohning shirkdan poklangan samimiy (samimiy rus tilida- честный) qullariga nasib etgan kuchli iymon, aqil, ko'rish o'tkirligi, nur, haybat, go’zallik, tozalik, ishonchlilik va dunyo hayotining haqiqatini yanada teran anglab yetishga mo'ljallangan tushuncha bu ma’naviy olamning sirlaridan ba’zilaridir.

 

Huzurli hayotmi yoki ma’naviy go’zalliklardan mahrum notinch hayotmi?

 Shirktan tozalangan iymon bilan va doimiy harakat bilan Allohga yaqinlashishga harakat (mehnat) qilgan samimiy insonlar dunyodagi ko’plab insonlardan farqli o'laroq nihoyatda huzurli hayot kechiradilar. Nima bilan yuzlashsa yuzlashsin, har qanday voqea hodisada qayg'uga, umidsizlikga tushmaydilar; hayotlari har doim xursandchilik, sevinch, baxt ichida o’tadi. Yeyishlariga bir kosa ovqati, kiyishlariga bir dona kiyimi bo’lsa, o’zlarini dunyoning eng boy insonlari hisoblaydilar. Kichkina dasturxonlari bo’lsa, u bilan baxtli bo’ladilar. Ko’zlaridan biri bo’lmasa, ikkinchisi uchun shukur qiladilar. Ikki ko’zlarini ham yo’qotsalar, eshitadigan quloqlari borligi uchun sevinadilar. Har qanaday sharoitda ham hollariga shukur qiladilar, har qanday qiyinchilik bilan yuzlashsa yuzlashsin Allohdan rozi bo’ladilar, katta oshiqlik va hayajon bilan (to’lqinlanib) Allohni zikir qilib ulug’laydilar (maqtaydilar).

 Odamlarning ba’zilari esa bu ustun ahloq xususiyatlaridan va bu xususiyatlarning hayotga qo’shgan manaviy go’zalliklar (yaxshiliklar) dan qashshoqdirlar. Ko’pchiligining ko’zini chuqur g’aflat pardasi qoplagandir. Jonli jonsiz har bir borliqning Allohning nazorati va irodasi ostida ekanligini bilmaydilar yoki bilib turib bu haqiqat haqida o’ylamasdan (fikirlamasdan) yashaydilar, buning natijasi o’laroq har narsadan qo’rqar, hech narsadan mamnun bo’lmaydilar (qoniqmaydilar). Allohni bir va yagona Iloh deb qabul qilib faqatgina Undan qo’rqish, faqatgina Unga yuzlanish, faqatgina U uchun yashashlik bor ekan, Allohdan boshqa borliqlarni Iloh tutadilar, ulardan qo’rqib tortinadilar, ularning roziligini Allohning roziligidan ustun tutadilar, dunyo moliga keragidan ortiq e’tibor beradilar, molu mulkiga zarar kelishidan ulkan bir dahshat ichida yashaydilar, dunyoviy manfaatlarini (Alloh bunday nuqsonlardan pok) Allohdan va dindan ustun tutadilar. Afzall ko’rganlari har doim dunyodir. Shu sababdan har doim tikon ustuda yashaydilar, ruhlarida doimo bezovtalik his qiladilar. Hech qachon haqiqiy baxtni, haqiqiy huzurni topa olmaslar. Zero Alloh O’ziga bog’langan va O’zining roziligi uchun yashagan insonlarga haqiqiy ma’noda baxt, xursandchilik (sevinch) va qalb xotirjamligi beradi. 

 Alloh insonlarni mustaqil fikirlab yashaydigan shakilda yaratgandir. Shirk qo’shilganida esa shizofren ruh holati rivojlana boshlaydi. Shubhachi, ichiga yopiq, qo’rquv ichida yashagan, hech kimni sevmaydigan, san'atni tushunmaydigan bir ruh, shirk keltirgan balolarning natijasidir.

 Musulmonlarning bu hatoni qilmasliklari, hayotlarining har bir onida to’g’ridan Allohga yuzlanib yashashlari, Unga hechham sherik qo’shmasliklari (shirk keltirmasliklari) nihoyatda muhim mavzudir. Iymon keltirgan inson dunyo hayotida o’ziga berilgan muddatni eng yuqor, eng teran (eng chuqur), eng samimiy iymon bilan o'tkazishni maqsad qiladi. Musulmon har doim xursand, sifatli, zamonaviy, intellektual, xushchaqcha bo’lishni maqsad qiladi. Shirkdan poklangan teran (chuqur) iymonning, o’ziga beradigan aniq tiniq anglash (tushunish) kuchuni va orqasidan keladigan shu kabi ma’naviy sovg'alarni Allohdan hayajonlanib (to’lqinlanib) so'raydi.

2017-07-03 19:37:12
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to author “Mr. Adnan Oktar”.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top