Yer qanday nafas oladi?

Sizdan dunyodagi barcha daraxtlarning sano'gini tahmin qilishingiz xohlansa javobingiz qanday bo'lar edi? 10 milyon? 250 milyon? 250 milyard? Yoq, javob bularning hech biri emas. Oxirgi o'tqazilgan tadqiqotlarga ko'ra; sayyoramizda 3.1 trillion daraxt bor. Bu juda katta raqam. Bu raqamni qo'lga kiritish uchun 3.1 sonining yoniga 11 ta nol qo'shishimiz kerak.

Endi esa bu daraxtlardagi yaproqlar sanog'ini o'ylang. Muazzam bir raqam paydo bo'ladi. Barcha shu daraxtlardagi yaproqlar atmosferadagi kislarod - karbonat angidrid muvozanat (balans)ini ta'minlash uchun to'xtovsiz ishlayabdilar. Bu muvozanatning qanchalik nozik ekanligini anglash uchun misol keltiradigan bo'lsak:

▪  Atmosferada xozirgidan ko'proq kislarod bo'sa edi, yonish reaksiyalari yana ham tez sodir bo'lar, toshlar va metallar yana ham tezroq eroziyalanar (yemirilar)di. Shu sababli yer yuzi tez suratda yemirilib erir va tirik mavjudotlar uchun ulkan bir tahdid hosil bo'lar edi.

▪  Agar bir oz kamroq kislorodimiz bo'lsa edi, nafas olish qiyinlashar, yana ham kamroq ozon gazi ishlab chiqarilar edi. Ozon miqdoridagi o'zgarishlar ham tirik mavjudotlar uchun halokatli (o'limga sabab) bo'lar edi. Hozirgidan kamroq ozon, Quyoshning ultrabinafsha nurlarini Yerga yanada shiddat bilan yetib kelishiga va tirklikning yoq bo'lishiga sabab berar edi.

▪ Agar ozroq karbonat angidrid bo'lsa edi, quruqlik va suvdagi o'simliklarning miqdori kamayib, shu yo'sinda hayvonlar uchun yanada ozroq oziq-ovqat ishlab chiqarilgan bo'lar edi. Okeanlarda esa, ozgina  bikarbonat bo'lar, buning natijasi o'laroq kislota nisbati ortar edi.

▪ Atmosferadagi karbonat angidridning oritishi esa qit'alaring kimyoviy erishini tezlashtirar, okeanlarda zararli gidroksid (ishqor)li bir muhit hosil bo'lar edi. Boshqa tarafdan esa

* Sera ta'siri oshishidan Yer yuzasi harorati ko'tarilar va hayot yo'q bo'lib ketar edi.

* (Sera -  Yer, yuziga tushgan Quyosh nurlaridan ko’ra ko’proq o’zidan (ya’ni Yerning o’zidan) qaytgan nurlar bilan isiydi. Bu qaytgan nurlar atmosferadagi gazlar tomonidan, asosan karbondioksit, metan va suv bug'lari tomonidan ushlab qolinadi. Shuning uchun dunyo issiqlashadi. Nurlarning bu gazlar tomonidan ushlab qolinishiga Sera ta’siri deyiladi. Atmosferada bu gazlar miqdorining oshishi Yerkurrasida issiqlikni katta miqdorda (nisbatda) oshiradi.

Ko'rinib turganidek Yerdagi hayotning bardavomliligi jihatidan atmosferadagi gazlarning nisbati juda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu nisbatni saqlab qolishda esa  daraxtlarning o'ynaydigan roli e'tiborsiz qoldirila olinmaydi. Daraxtlarning yaproqlari, havoning ichidan karbonat angidridni olar. Quyosh nuri yordami bilan fotosintez jarayonini amalga oshirar. Shunday qilib, uglerod glikozidga aylanib, daraxtning tanasida qolganida, kislorod havoga chiqariladi. Qish mavsumida yaproqlarini to'kgan daraxtlar karbonat angidridni o'z ichiga olamgani uchun yana ham ko'proq karbonat angidrid atmosferadan joy oladi. Yozgi mavsumda daraxtlar yana barglari bilan qoplanganda, aksincha, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori kamayadi.

Nasa e'lon qilgan bir vidoe tasfir bilan daraxtlar amalga oshirgan bu ajoyib ishni ko'rsatdi. Vidoe tasvirda qizil-to'q sariq ranglarda ko'rsatilgan karbonat angidrid nisbati qish oylarida eng baland darajada ekan yoz oylarida  juda pasaymoqdadir.

Qish mavsumida karbonat angidrid miqdori, eng baland darajalarda
(qizil va to’q sariq ranglar)


Yoz mavsumida karbonat angidrid miqdori, eng past darajalarda

"Nature" jurnalidan joy olgan tadqiqotga ko'ra Somonyo'lidagi yulduzlardan ko'proq miqdordagi daraxtlar, trillionlab yaproqlari bilan fotosentez qilishni boshlab havoni tozalaydilar *. Xo'sh ushbu ajoyib jarayon qanday amalga oshadi?

Bularning barchasi stoma ismi berilgan kichik o'pkaga o'xshash tuzilmalarning yordami bilan amalga oshadi. Yunon tilida "og'iz" ma'nosini bildiruvchi Stoma, havoni ichkariga olish uchun xuddi og'iz kabi ochiladi. Bu kichik nafas olish trubalaridan yaproqda shunchalik ko'plab bor bo'lib, yaproqning 1 millimetirida yuz va ming o'rtasida stoma mavjud.

Endi yana o'ylab ko'raylik: 3.1 trilion daraxt, bu daraxtlarda trillion karra trillion yaproq va bu yaproqlardagi kvadrillionlab (kvadrillionlab - millionning to'rt darajasiga ko'paytirilganligi) stoma... Kichik bir yaproqning ichiga joyashtirilgan tasavvur ham qilaololmadigimiz muazzam miqdordagi bu tuzulmalar, xuddi bir filtr kabi havoni tozalaydi va biz shu yo'l orqali qulay bir tarzda nafas olishni davom ettiramiz.

Bilim bilan kashf qilganimiz har bir yangilik bizni, Dunyoda qurulgan ajoyib tizimlar ustida fikirlashimizga yo'naltirir.

"(Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?!" (Mulk Surasi, 14) oyatida xabar qilinganidek, Alloh koinotda yaratgan har bir narsasini eng nozik detal (tafsilot)iga qadar biladi va barcha tirikliga hokimdir. Chunki ularning har birini har bir detali bilan birga Alloh yaratgandir. Yaratgan jonli va jonsiz barcha borliqlarining sanog'ini ham aniq belgilangandir. Shubhasiz bu, insoniyatning hech qachon ega bo'la olmaydigan, kuchi yetmaydigan bir ilimdir va yolg'izgina olamlarning Robbi bo'lgan Alloga xosdir.

Biz ojiz insonlar o'laroq, hattoki bir dona daraxtdagi yaproq sanog'ini aniqlashga harakat qilsak ham, bu kunlarimizni sariflaydigan ish bo'lar edi. Buyuk Robbimiz esa dunyodagi barcha daraxtlardagi yaproq sanoqlarini, bu yaproqlardagi stomalarni, kloroplastlarni, ingichka tomirlarni va biz tahmin ham qila olmaydigan qanchalab detallarni ham bilmoqtadir. Bu detalarning faqatgin sanog'iga emas shu bilan birga barcha funksiya (vazifa)lariga ham Alloh hokimdir. Bizning anglash salohiyatimizdan juda yuqori bo'lgan bu mo'jizaviy detallar, o'zlarini yaratgan cheksiz qudrat sohibi Allohning borligining aniq dalillaridandir.

Dunyodagi mavjud bo'lgan qaysi tizimni o'rgansak o'rganaylik, har bir narsaning hayot uchun aniq bo'lishi kerakligi kabi yaratilganligini ko'ramiz. Buyuk Alloh taqdim etgan shuncha go'zallik va ne'mat uchun esa, bizning qilishimiz kerak bo'lgan doimo (doimiy) shukur qilishlikdir. Bu haqiqat, Qur'on oyatlarida shunday xabar qilingandir:

Shuningdek, sizlarga barcha so'ragan narsalaringizni berdi. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangizlar, sanog'iga yetaolmaysizlar. Haqiqatan, inson o'ta zolim va o'ta noshukrdir. (Ibrohim Surasi, 34)

Albatta, Rabbingiz odamlarga nisbatan fazllidir. Lekin ularning ko'plari shukr qilmaydilar. (Naml Surasi, 33)

Manba:

Nature, 10 Eylül 2015, sayı. 525, s.201
National Geographic, 3 Eylül 2016, http://phenomena.nationalgeographic.com/2016/03/09/the-earth-has-lungs-watch-them-breathe/

Adnan Oktarning News Rescueda chop etilgan maqolasi:

http://newsrescue.com/how-does-the-earth-breathe/

2017-12-21 02:15:41
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to author “Mr. Adnan Oktar”.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top