Qiyinchiliklar Oldida Sabrli Bo’lish

Sabr bu mo’minning asosiy belgilaridan biridir. Sabrni shunchalik bebaho qiladigan narsa bu “chiroyli bo’lgan sabr bilan sabr qilishlikdir”. Barcha narsaga qodir Alloh mo’min uchun u o’z sabrini namoyish etishi kerak bo’lgan ko’plab holatlarni yuzaga keltiradi. Bu dunyoga xos bo’lgan zaifliklar va kasalliklar, iymonsizlarning bosimi va haqoratlari, Alloh bizning nafsimizni sinash uchun duch qiladigan kimsalar shular jumlasidandir. Alloh Qur’on va hadisda rivoyat qilganidek, abadiy go’zalliklarning ifodasi bo’lgan Jannatga erishish umidida va harakatida yashash buyuk baxtdir. Jannatga erishishni umid qilgan mo’min bu dunyo hayotining nuqsonlariga nisbatan chiroyli sabrni namoyish qilishi kerak.

Chiroyli sabrning asosiy belgilaridan biri bu  pokiza qalb bilan sabrli bo’lishdir. Alloh bizni sinash uchun yuzaga kelayatgan vaziyatlar eng zo’r yo’l bilan va eng oqil shaklda yaratilishi aniqdir. Iymon to’la yurak o’zini inson yuzidagi ifodasi, qalbi va so’zlarining pokligi bilan namoyon etadi. Sabr natijasida yuzaga keladigan qalb xotirjamligi uning yuzida aks etadi. Uning so’zlari kamolotni va Allohga bo’lgan ishonchni namoyon etadi. Chiroyli sabr bilan sabr qiladigan inson buni o’z ibodatidagi xushu va faqat Alloh uchun sabr qilayotganligini anglagan holda amalgam oshiradi. Shu sababli ham u sabrli bo’lishdan rohat oladi. Xuddi inson Alloh bergan yaxshiliklar uchun o’z so’zi va amali bilan hamdlar bildirib, bu yaxshiliklardan eng ma’qul yo’lda foydalangani kabi, sabr qilish lozim bo’lgan vaziyatlarni ham shunday qabul qilishi kerak va bular ham Allohning marhamati ekanligini anglagan holda harakat qilishi lozim. U bu holatlar go’zalliklar uchun asos hosil qilish va sabr qilish jarayonida uning go’zalligini his qilish maqsadida juda oqillik bilan yaratilganligini anglab harakat qilishi kerak.


Sabrli bo’lishning yana bir hikmatlaridan bo’lib, bu hulq insonni Allohga yaqin qilishi hamda mo’minning Allohga bo’lgan chinakam muhabbatini oshirish hisoblanadi. Allohning roziligi uchun qiyinchiliklar, muammolar va kasalliklarga sabr qilgan inson sabrning har bir daqiqasi, har bir lahzasi Alloh nazdida juda ham bebaho ekanligini yaxshi biladi. Qiyomat kunida chiroyli sabr ko’rsatishlik bilan qilingan amallarning ajri hamda qulay sharoitlarda yoki hech qanday qiyinchiliklarsiz qilingan amallarning ajri bir xil bo’lmasligi mumkin. Agar inson bir amalni bajarishga kirishsa va shu bilan birga sabrli bo’lsa, uning bu hulqi mazkur amalning yanada savobliroq bo’lishini ta’minlashi mumkin. Masalan, inson kasallik chog’ida o’z-o’zini baxsh etishi bilan mutloqo sog’lom bo’lgandagi ushbu amali bir xil ajrga ega bo’lmasligi mumkin. Agar inson kasal bo’lganida Alloh roziligi uchun yaxshi amal qiladigan bo’lsa, u Allohning marhamati bilan, sabrli bo’lishning yuksak va chinakam go’zalligini his qiladi. Shu sababli ham, mo’minlar toki o’limlariga qadar, xoh katta xoh kichik bo’lgan qiyinchiliklarga duch kelganda Alloh qur’onda ta’riflagandek chiroyli sabrda bo’ladilar. Ularning ushbu oliy hulqi va qilgan chiroyli sabri uchun, ular Allohning roziligiga erishish umidi bilan yashaydilar.
 


2011-01-13 11:59:18

About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top