Qur'on Axloqiga Ko‘ra Mo'minning 24 Soaтi

DOWNLOAD THE BOOK

Download (DOC)
Comments

CHAPTERS OF THE BOOK

< <
2 / total: 5

Birinchi Bo‘lim Qur'on Axloqiga Ko‘ra Mo'minning 24 Soaтi

Ertalab Uyg‘onganda...

O‘z hayotiga Qur'on axloqini tatbiq etgan har bir odam yangi kunning boshlanishini — Alloh borligi va boqiy qoluvchi Zot ekanligining dalili, uning bir in'omi ekanini yaxshi biladi. Uyqudan uyg‘onib, atrofga ibrat nazari bilan qaraydi.

Uyuyan Çocuk

Unga orom olish uchun tun uyqusini bergan va ruhini jasadiga qayta joylagan kim? Albatta, bu  savolda tafakkur qiluvchilar uchun juda katta ibrat bor. Aytaylik, biz charchadik, a'zoyi badanimiz orom olishi uchun uyquga ketamiz. Ruhimiz tanamizdan ayriladi. Uzun uyqumizda ko‘rgan tushlarimizdan faqat 3-4 daqiqasi esda qoladi, xolos. Insonning bu vaqt orasida dunyoviy hayot bilan aloqasi susayadi. Jism bilan ruhning ayrilishi — asli o‘limning kichik bir ko‘rinishidir. Biz o‘lgan odam oramizga qayta tirilib kelsa (bunday voqealar juda kam) hayratdan yoqa ushlaymiz, ba'zilar, buni ko‘rsa, hatto hushidan ham ketadi. Lekin har kuni bizni o‘ldirib, qayta tiriltirgan Allohning bu buyuk qudratiga oramizda qancha insonlar e'tiborsiz qaraydi.

“Alloh jonlarni o‘lim vaqtida, o‘lmaganlarini esa uyqusi vaqtida olur. Bas, o‘lishga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha qo‘yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar bordir” («Zumar», 42).

“U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. So‘ngra, belgilangan ajal tugal bo‘lishi uchun u (kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. So‘ngra, qaytib borishingiz Uning o‘zigadir, So‘ngra nima qilib yurganingizning xabarini beradir” («An'om», 60).

 

Uykulu Çocuk

Ushbu oyatlarni tafakkur qilgan odam uyquga yotishdan avval qayta uyg‘onmasligi, uyg‘ongan taqdirda ham sog‘-salomat bo‘lmasligi, uyqu vaqtida biror-bir falokat yuz berib, bu falokat uni chetlab o‘tmasligi ham mumkinligini biladi. Bu haqiqatdan ogoh bo‘lgan mo’min yangi kunni Allohning bir ne'mati, o‘zi uchun gunohlardan tavba qilish, Alloh va bandalari oldidagi qarzlarni ado etish, Allohga yaqinlashish, Uning roziligi yo‘lida ibratli amallar qilish uchun berilgan yana bir imkoniyat deb qaraydi. Shu sababli axloqi Qur'on bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam singari uyquga ketishdan avval quyidagi duoni o‘qiydi:

“Robbim, Sening isming ila yonimni qo‘ydim. Sen bilan uni ko‘tarurman. Agar jonimni tutib qolsang, uni mag‘firat qilgin. Agar uni qo‘yib yuboradigan bo‘lsang, uni solihlarni muhofaza etadigan narsa ila muhofaza qilgin”.

Uyqudan uyg‘ongach esa:

“Menga ruhimni qaytarib bergan, jasadimni sog‘-salomat qilgan va O‘zini zikr qilishim uchun izn bergan Allohga hamd bo‘lsin”, deb aytishi lozim. Bu, kunni Qur'on axloqiga moslab yashash uchun qilingan dastlabki amaldir. Kunni ibrat nazari, tafakkur bilan boshlagan har bir mo’min, uning qolgan qismini ham shu tarzda o‘tkazishga harakat qiladi. U kun davomida Alloh roziligini topish, uning amriga bo‘ysunish niyatida g‘ayrat ko‘rsatadi. Biror ko‘ngilsizlikka duch kelsa — talvasaga tushmaydi yoki sevinchli ne'matlarga juda xursand bo‘lib, o‘zidan ketmaydi, bu Allohning bir imtihoni ekanligini biladi.

Diş Fırçası

Shubhasiz, orom olish uchun uyqu, uyg‘ongandan so‘ng unga o‘z ne'matlaridan ato etgan qudrat sohibi Allohdir. Bu haqiqatni bilganlar kunning dastlabki daqiqalaridanoq Allohga, bu cheksiz ne'matlarni bergan Zotga nisbatan qalblaridan yaqinlik va sevinch his qiladilar. Iymon ne'matidan bebahra insonlar hech qachon mo’minlardagi bu sevinch, bu rozilikni his etolmaydilar. Hayotimizda oddiy holga aylanib qolgan hodisalarga mo’minlar ibrat nazari bilan qarasa, ular uchun bu bosh qotirishga ham arzimaydigan kundalik ish bo‘lib tuyuladi. Iymon keltirmagani holda hali hanuz g‘aflat uyqusidan uyg‘onmaganlar yashab turgan kunini Allohning bergan oxirgi imkoniyati bo‘lishi mumkinligini bilmaydilar. Ular bugun kechagi kundan ko‘proq pul topish, insonlar e'tiborini tortish, ular tomonidan sevish-sevilish, o‘yin-kulgi, xursandchilik niyatida kunni boshlaydilar. Allohning ibodatini qilish, Uning roziligini topish, oxirat hayoti uchun zaxira tayyorlash ularning nazdida xayolparastlarning gapi, haqiqatdan yiroq tushuncha. Har narsada isbot talab qiladilar, ojiz aqllari yetmagan hamma narsalarni inkor etadilar. Muqaddas ko‘rsatma — Qur'on hukmlari va hadis saboqlarini tatbiq qilish tabiatlariga mutloq yot tushuncha. Ulardan farqli o‘laroq mo’minlar g‘aybga iymon keltiradilar.

Dişini Fırçalayan Çocuk

Allohning kalomi — Qur'onda bayon qilingan haqiqatlarni bilganlari holda, ulardan yuz o‘giruvchi yoki ularga e'tiborsiz qarovchilarni birlashtirib turgan umumiy bir illat — kaltabinlik bor. Bu Allohning ne'matlaridan bahramand bo‘la turib, Uning oldidagi majburiyatlarini bajarmaslik, bandalik mas'uliyatining yo‘qligidir. Alloh taolo ulardagi bu holatni “Anbiyo” surasining birinchi oyatida bildirib bunday marhamat qilgan:

Odamlarga hisob-kitoblari (ya'ni qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchidirlar”.

Unutmaslik kerakki, Alloh izni bilan ruhimiz jasadimizga qaytib, uyg‘ongan kunimiz biz uchun Robbimiz tomonidan berilgan so‘nggi imkoniyat, nonushta qilayotib ichgan choyimiz, egan nonimiz Allohning biz uchun bu dunyoda bergan so‘nggi rizqi bo‘lishi mumkin. Ishga yoki o‘qishga ketayotganimizda mashina urib ketishi, sog‘lom urayotgan yuragimiz birdan to‘xtab qolishi yoki boshqa bir arzimas sabab bilan ajal yetib, hayotdan ko‘z yumishimiz mumkin. Shu bois, kunni bugun Alloh roziligi uchun nimalar qila olishimizni o‘ylab, yaxshi niyat bilan boshlashimiz lozim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida “Alloh bandasining tavbasini joni halqumiga kelguncha qabul qiladi” deb, bizlar uchun xushxabar berganlar. Shu sababli uyg‘onganimizda bajarishimiz shart bo‘lgan amallarning dastlabkisi — bu Allohga istig‘for aytish, bandasi bilan bog‘liq gunohlarimiz bo‘lsa, oramizni isloh qilishdir.

Yuvinayotganda...

Inson ertalab uyg‘onganda vujudida bo‘ladigan turli o‘zgarishlarning ham o‘ziga yarasha hikmatlari bor. Uyqudan turganingizda sochlaringiz to‘zg‘igan, yuzlaringiz biroz shishgan, og‘zingizdan bilinar-bilinmas noxush hidlar keladi. Oynadagi aksingiz har kungidan ham horg‘inroq, yuzingizdagi ajinlaringiz yana ham ko‘paygandek, sochlaringiz ham asl rangini yo‘qotgandek tuyuladi. Bu sizning oddiygina, ojiz odamligingizni bildiradi. Har bir odam, u kim bo‘lishidan qat'i nazar, ertalab turganda yuz-qo‘lini yuvadi, tishlarini tozalaydi, bu qariyb hamma uchun odat tusiga kirgan.

Temizlik

There are some reasons for the changes that happen to your body when you wake up in the morning. Your face swells, your hair is dirty, your body has an unpleasant odour and there is an unwelcome taste in your mouth. The swollen face you see in the mirror and your unkempt appearance show you just how dependent you are.

Qur'on axloqiga moslashib yashagan inson o‘zining bu holatiga ham ibrat nazari bilan qaraydi. U o‘zining boshqalardan ustun qo‘yadigan hech narsasi yo‘qligini, o‘zgarmaslik faqat Allohgagina xosligini bilib, Yaratuvchisi oldida o‘zini ojiz his etadi. O‘zini katta tutishga, kibrlanishga arzigulik hech narsasi yo‘qligini bilgan mo’min Allohning quyidagi so‘zini esga oladi:

“Inson nimadan yaralganiga nazar solsin! U otilib chiquvchi suvdan yaralgandir. U suv sulb-orqa umurtqa va taroib-ko‘krak suyagi orasidan chiqqandir” («Тoriq», 6-7).

“Inson Biz uni nutfa — bir tomchi suvdan yaratganimizni, endi esa banogoh u (O‘zimizga) ochiq qarshilik qiluvchi bo‘lib qolganini ko‘rmadimi?” («Yasin» 77).

“(Inson) maniydan oqqan nutfa bo‘lmaganmidi? So‘ng alaq (uyugan qon) bo‘ldi. Bas, (Alloh uni) bekamu ko‘st etib yaratdi. Bas, undan (maniydan) juftni — erkak va ayolni yaratdi” («Qiyomat», 37-39).

“Sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi? Bas, uni ma'lum vaqtgacha mustahkam qarorgohga joyladik” («Mursalot», 20).

Ushbu oyatlarni tafakkur qilgan mo’min o‘zini maniy degan bir tomchi jirkanch suvdan yaratgan Zotning ojizgina bir bandasi ekanligini bilib, Parvardigoriga osiy bo‘lishdan qo‘rqib, kamtarin, tavoze'li bo‘lishga harakat qiladi. Samimiyat bilan Allohga yuzlangan odam oynadagi o‘z aksini, o‘zi istamagani holda jismidagi o‘zgarishlarni ko‘rib, o‘z xohishi bilan jismoniy go‘zallikka erisha olmasligini yana bir bor tan oladi. Ko‘rib turganingizdek, Alloh insonlarga ularning ojizligini eslatib turuvchi bir qancha narsalar yaratgan. U zot — benuqsondir, hikmatsiz biror ish qilishdan pokdir. U qilayotgan har bir ishning o‘ziga yarasha hikmatlari bor. Robbimiz o‘z ne'matlarini bizlarga eslatish bilan birga, noxushliklarni bartaraf etish, g‘uborlardan xalos bo‘lish sabablarini ham yaratgan. Badanimizni chang, terlardan poklash uchun — sovun, tishimiz toza bo‘lishi uchun — tish ma'juni, kiyimimiz tozaligi uchun — kir yuvish kukuni va shunga o‘xshash narsalarni ato etgan. Allohning bu ne'mati “Inshiroh” surasining “Bas, albatta bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir. Albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir” oyatiga mos keladi. Shuni bilish kerakki, Alloh ato etgan narsalardagi hikmatni bilish va shukr qilish baxti — Qur'on axloqini o‘ziga dasturul amal qilib olgan insonlargagina nasib etadi.

Banyo

Xoh ertalab, xoh kunduzi bo‘lsin yuvinayotgan odam Alloh bizlarga pok bo‘lishimiz uchun sabab qilib ato etgan bu ne'matlarni ko‘rib, shukr qiladi. Alloh tozalikni va o‘zini mudom pok tutguvchilarni sevishini bilib, qilayotgan bu ishini ibodat deb qat'iy ishonadi va Alloh roziligini topishdan umidvor bo‘ladi. Bu bilan u Alloh taoloning “Va kiyimingni pokla” («Muddassir»,4) amriga amal qilgan bo‘ladi.

Ayak İzleri

Alloh taolo qudrat va hikmat sohibidir. U zot bandalariga oson qilish maqsadida musabbab, ya'ni sababdan sabab yaratib, pok bo‘lishimiz hamda boshqa ehtiyojlarimizni qondirishimiz uchun suvni yaratgan. Sababdan sabab ma'nosiga kelsak, masalan, tish ma'junini suvsiz ishlata olmaymiz. Suvda og‘zimizni chaysak, u toza bo‘ladi, lekin undagi noxush hid, mikroblar ketmasligi aniq. Kiyimlarimizni suvda yuvsak, u pok bo‘ladi, lekin kir yuvish kukuni, sovunsiz kiyimlarimiz toza bo‘lmaydi. Shu sababli, U zot O‘z ne'matlarini bandalari undan bahramand bo‘lib, O‘zigagina ibodat qilishi, O‘zigagina shukr qilishi uchun bir-biriga sabab qilib yaratgan.

“O‘shanda U sizni O‘zidan omonlik qilib, mudroq ila o‘ragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bog‘lash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizdan osmondan suv tushirgan edi” («Anfol», 11).

Osmondan suv tushirilishi Allohning qudrati sifatida Qur'oni karimda tez-tez takrorlanadi. Alloh bermasa, uni hech kim o‘zi yarata olmaydi. Uning vujudga kelishida insonning hech qanday xizmati yo‘q. U faqat uni ichish va bulg‘ashdan boshqasiga aralasha olmaydi. Suvni iste'mol qilish chog‘ida biror marta bo‘lsa ham uning qayerdan kelganini o‘ylab ko‘rmaydi. Agar insof bilan o‘ylab, tafakkur qilganda edi, Allohning qudratiga qoyil qolib, uning ibodatiga shoshar edi. Quyidagi oyatlar ham Alloh qudratining dalolatidir:

“O‘zingiz ichadigan suvni o‘ylab ko‘ring-a! Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushirguvchimizmi? Agar xohlasak, Biz uni sho‘r qilib qo‘yamiz. Shukr qilsangiz-chi!” («Voqea», 68-70).

Suv poklik ramzi. Dunyoda hech bir din islom dinidek tozalikka amr qilmagan. Islom tozalikni iymonning bir qismi deb qaraydi, “poklik iymondandir” degan hadis bunga dalil. Shuningdek, suv — insoniyat, hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun hayot manbai. Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Iste'mol qilishdan tashqari, kundalik hayotda foydalanadigan ehtiyoj buyumlarini tozalash uchun zarur bo‘lgan bir ne'matdir. Suvda ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas barcha mikroblarni yo‘q qilish bilan birga, insonga rohat bag‘ishlovchi, charchoqni ketkizuvchi shifobaxsh xususiyat ham bor. Bundan tashqari ilmiy texnika taraqqiy etgan bizning asrimizga kelib, elektr energiyasi, turli gaz kabi unsurlarning atrof-muhitdagi chiqindilari yopishib, tanamizning nafas olishi qiyinlashadi. Suv o‘sha zararli narsalarni yuvib tushiruvchi, badandagi statik elektrni ketkazuvchi omildir. Statik elektr ko‘zga ko‘rinmaydi. Ba'zan sintetik toladan to‘qilgan kiyimimizni yechganimizda yoki qo‘limiz boshqa kishining qo‘liga tegib ketganda kichik tok urish hodisasi sodir bo‘ladi. Ba'zida sochimiz sal boshqacharoq turadi. Inson yuvinganida badanidagi bu elektr ketadi, tanasi bo‘shashib, rohatlanadi. Yomg‘irdan so‘ng havoning salqin va orombaxsh bo‘lishi ham yomg‘irning havodagi statik elektrni tozalashiga bevosita bog‘liq.

Doimiy ravishda tozalikka rioya qilish, o‘zini pok tutish Alloh sevgan fazilatdir. Bunda nafaqat moddiy tozalik, balki ma'naviy poklikning ham ahamiyati katta. Misol uchun, namoz ibodatini olaylik: namozxon besh mahal tahorat olib, g‘uborlardan poklanib, ibodat qiladi. Namoz orqali banda yerga yopishgan holda, oliy Zot — Alloh taologa bog‘lanish baxtiga muyassar bo‘ladi va bu orqali matonat, chidam, ruhiy quvvat oladi, inson aqli bovar qilmas cheksiz ufqli olamga yuzlanadi. Kiyimlari va qalblari g‘uborlardan poklangan mo’minlargina yuzlarini Allohga qaratgan holda, namozni xushu' va xuzu' bilan ado etadilar, qalblarini uning zikri bilan poklaydilar.

Akvaryum

Allohning ko‘ruvchi va biluvchi ekanligini yodda tutgan holda, ular faqat ko‘chaga chiqqanda yoki mehmonga borganda yuvinib-taranib, chiroyli kiyinish kerak degan noto‘g‘ri tushunchadan yiroqlar. Mo’min har doim, har jihatdan boshqalarga ibrat bo‘lishi lozimligini yodda tutib, unga amal qiladi. Badbo‘y hididan atrofdagilarni ko‘ngil aynish darajasiga yetkazish, kiyimidagi ifloslikni ko‘rib, irganish holatini yuzaga keltirish Qur'on bilan xulqlangan insonlarga xos emas. Ular shunday insonlarki, suhbatlashsangiz, huzur qilasiz. Mudom Alloh amriga bo‘ysunib, ham jismoniy, ham ma'naviy poklikka rioya etishlari natijasida qalblari musaffo bo‘ladi, yuzlaridan nur yog‘ilishi atrofidagilarni o‘ziga tortadi. Insonlarni o‘ziga jalb qilish xususiyati faqat Qur'on axloqini o‘z hayotiga tatbiq qilib olganlargagina Alloh tomonidan ato etiladi.

Qur'on axloqidan bexabar odamlar, yoki xabardor bo‘la turib, unga e'tiborsiz qarovchilarning ko‘pchiligi tozalikka yuzaki qaraydilar. Ular, asosan, ko‘chaga chiqqanda yoki uylariga mehmon keladigan vaqtda tozalikka e'tibor berib qolishadi. Ular tahorat nima, g‘usl nima, hatto, farqiga ham borishmaydi. Xorij, asosan, Evropa filmlarida xojasi yoki bekasi uyqudan uyg‘ongach xizmatkori uning yotgan joyiga, to‘shagiga nonushta olib keladi. Kundalik hayotimizda ham ularga taqlid qiluvchilar uchrab turadi. Ba'zan «postelimga kofe olib kelishdi, mazza qildim» degan gaplar quloqqa chalinib qoladi. Ham ma'naviy, ham jismoniy poklikka da'vat etuvchi islom dini bunday holatlarni qat'iy qoralaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

“Uyqudan uyg‘ongan odam qo‘lini to uch marta yuvmaguncha idishga tiqmasin. Chunki u qo‘li qayerlarda tunaganini bilmaydi”. Ular uyqudan turib yuz-qo‘lni yuvish kerakligini bilmasligi mumkin emas. Afsuski, ko‘pincha o‘zlarini madaniyatda juda ilg‘or deb bilgan odamlar ana shunday yo‘l tutishadi.

Kiyinayotganda...

kartopu

While a believer decides on what clothes he is going to wear during the day and gets dressed, he is aware of an important fact: that clothing is one of Allah's countless blessings and there is good reason for its existence. Everyone benefits from this blessing, but only a Muslim who lives according to the teaching of the Qur'an properly appreciates that beautiful clothing is a mercy from Allah and thanks Him for it.

Mo’min odam tungi kiyimini yechib, ko‘zlagan maqsadiga muvofiq ish yoki ko‘rk kiyimini tanlar ekan, ulkan bir haqiqatni, ya'ni bu kiyim Alloh ne'matlaridan biri ekanligi va uning yaratilishida bir qancha hikmatlar borligini his qiladi. Mo’minlar qatori boshqa insonlar ham har kuni bu ne'matlardan bahramand bo‘ladilar. Lekin ularning hech qaysisi Qur'on bilan xulqlanganlar singari, bu ne'mat Allohning lutfi, marhamati ekanligini lozim darajada tushunolmaydi, uning shukrini qila olmaydi. Mo’minga kundalik hayotda Alloh ne'matlarining bir ko‘rinishi sifatida to‘sish, saqlash, parda-hijob uchun ato etilgan libos, jun, paxta, ipakdan tayyorlangan kiyimlarning yaratilish manba'i o‘simlik va hayvonot olamiga borib taqaladi. Boshqacha qilib aytganda, Alloh insonlarning eng oddiysidan tortib, eng ko‘rkamigacha bo‘lgan kiyim ehtiyojini qondirish sababi qilib, hayvonot va o‘simlik dunyosini yaratgan. Ko‘pchilik bu haqiqatni bila turib, g‘aflatda bo‘lganliklari bois, bahramand bo‘layotgan ne'matlar shukrini ado etishmaydi. Тug‘ilgan vaqtdan boshlab ehtiyoj sezgan kiyimlar ularga osonlikcha berilgani uchun, oddiy narsadek tuyuladi. Bu esa libosning bir ne'mat ekanligini bilish va uning shukrini qilishga to‘sqinlik qiladi. Holbuki, Robbimiz yer yuzidagi jamiki ne'matlarni insonga hadya etgan ekan, inson ham o‘z navbatida o‘sha ne'matlarni bergan Zotga shukr qilib yashamog‘i lozim. Shunday ekan, Robbimiz bizlar uchun yaratib qo‘ygan liboslarning hikmatlari va bizlarga beradigan foydalari haqida so‘z yuritsak.

Kiyim inson vujudini issiqdan, sovuqdan, quyoshning zararli nurlaridan hamda atrof-muhit orqali etishi mumkin bo‘lgan turli noxush ta'sirlardan himoya qiladi. Alloh bizlarga kiyim ato etmaganda edi, yupqa teri bilan qoplangan badanimiz yuqorida aytib o‘tilgan omillar tufayli shikastlanishi, og‘rishi va yana bir qancha salbiy ta'sirlar oqibatida tezda ishdan chiqishi mumkin edi. Muhofaza qilish xususiyatiga ega bo‘lgan kiyimlarning hikmati haqida Parvardigori olam O‘zining Kitobida bunday marhamat qiladi:

“Alloh sizlar uchun O‘zi yaratgan narsalardan soya-salqin joylar (bunyod) etdi va sizlar uchun tog‘lardan g‘or-boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq (sovuq)dan asraydigan kiyimlar va sizlarni (dushmanning) ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar (yaratdi). U zot shoyad musulmon bo‘larsizlar, deb sizlarga O‘z ne'matini mana shunday komil qilib berur” («Nahl», 81).

“Ey, Odam bolalari, batahqiq sizlarga avratingizni to‘sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik” («A'rof», 26).

Kıyafetler

It is clear that clothing is an indispensable need and an extremely important blessing that Allah has provided for our use. A believer who is aware of this will be very careful and fastidious in the use of his clothing, and this will be an indication that he is truly thankful to Allah for the blessings he has been given.

Yuqoridagi oyatlarga diqqat bilan e'tibor bersak, libos avratimizni to‘sish, nozik tanamizni issiq-sovuqdan asrash bilan birga, tashqi ko‘rinishimizni chiroyli qilib turuvchi omil ham ekan. Тark etib bo‘lmaydigan zarurat darajasidagi ehtiyoj bo‘lgan libos ne'mati Allohning bizlar uchun ulkan inoyatidir. Buni bilgan mo’min ulardan foydalanayotganda juda talabchan bo‘lishi lozim. Bu Alloh ne'matlariga shukr qiluvchilardan ekanligining amaldagi ifodasi bo‘ladi. Ya'ni, ular boshqa ehtiyojlari singari libos uchun pul sarflayotganda, ehtiyoji borini, shariat ko‘rsatmalariga muvofiq keladiganini sotib olishi zarur. Ehtiyoj bo‘lmagan libos uchun pul sarflash: “Albatta, Alloh isrof qilguvchilarni sevmas” oyatiga zid ekanini yaxshi biladilar.

Libos ne'mati uchun shukr qilishning amaldagi ko‘rinishlaridan yana biri kiyimlarimizni pok tutishdan iborat. Bunda biz quyidagi oyatlarni doimo yodda tutib, amal qilishimiz lozim:

“Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi” («Baqara», 222).

“Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevar” («Тavba», 108).

“Va kiyimingni pokla” («Muddassir», 4).

Çocuklar

Mo’min odam Alloh taoloning bu amrlarini Uning boshqa amrlari singari izchil bajarishga harakat qilib, imkon qadar toza kiyinishga odatlanadi. Chunki kiyimni, badanni pok tutish insonga jismoniy hamda ruhiy zavq bag‘ishlaydi.

Qur'on axloqi bilan yashagan inson kiyim borasida faqat tozalikka e'tibor qilibgina qolmay, did bilan, sog‘lig‘iga zarar qilmaydigan matolardan, chiroyli kiyinishga ham harakat qilishi kerak. “A'rof” surasidagi “ziynat libosini nozil qildik” mazmunidagi oyatga ko‘ra, mo’min odam doimo chiroyli kiyinishi, axloqi hamda tashqi ko‘rinishi bilan insonlar orasida yaxshi taassurotlar qoldirishga intilishi kerak. Bu insonlarni haq dinga da'vat etishning bir ko‘rinishidir. Albatta, bu narsa shariat doirasida bo‘lishi lozim.

Hazrati Hasan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kiyinish haqidagi qarashlarini shunday ifoda qilganlar:

“Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizlarga qo‘limizda bo‘lganlardan eng chiroylisini kiyishga va topa olgan eng xushbo‘y narsamizni surishni tavsiya etganlar” (Buxoriy).

Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tashqi ko‘rinishiga e'tiborsiz qaragan ashoblarini ko‘rsalar, nasihat qilar edilar. Bu haqda bir rivoyat bor.

Oddiy kiyimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelgan edim. U zot sollallohu alayhi vasallam mendan “Sening moling yo‘qmi?” deb so‘radilar. Men “Bor” deb javob berdim. U zot yana so‘radilar: “Qanday moling bor” Men: “Barcha turdagi mollarim bor” dedim. Shunda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: “Alloh senga davlat ato etganda bu ne'mat senda ko‘rinib turishi lozim” dedilar.

Alloh taolo Qur'oni karimda taqinchoqlar va liboslar jannat ne'matlaridan ekanligini bildirgan.

“Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilaguzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezanurlar, liboslari esa harir-ipak bo‘lur” («Haj», 23).

“Ular bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lgan hollarida ipak-shoyidan liboslar kiyib (o‘tirurlar)” («Duxon» , 53).

“Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabroqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilaguzuklar-la yasanganlar” («Inson», 21).

kardan adam

Bu oyatlarda jannat ahlining kiyimi ipak-shoyi, bezagi oltin- kumush va marvarid-marjonlar ekanligi bildirilgan. Albatta bu ne'matlar dunyoviy hayotimizda ham mavjud. Iymon keltirganlar uchun bu ne'matlarni ko‘rish, ularda bu ne'matlar bo‘lish-bo‘lmasligidan qat'i nazar, jannat haqida juda oz bo‘lsa ham tasavvurga ega bo‘lishga, bu tasavvur jannatga bo‘lgan intilishga, intilish esa jannat sog‘inchi bilan yashashga sabab bo‘ladi. Mo’min bu ne'matlarning yaratilish hikmatini ko‘radi. Bu ne'matlar dunyo hayotida boqiy emas, abadiy hayot va uning boqiy ne'matlari esa faqat jannatda ekanligini biladi va ularga zinhor hirs qo‘ymaydi.

“Albatta, biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, go‘zal ish qilganlarning ajrini zoye qilmaymiz. Ana o‘shalarga adn jannatlari bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan bo‘lgan bilaguzuklar ila bezanurlar. Shoyi-iplardan yaxshi liboslar kiyarlar. Ular u yerda so‘rilarda yonboshlagan holda bo‘lurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy” («Kahf», 30-31).

Qur'onni o‘ziga dastur qilib olganlar libos borasida bilishlari lozim bo‘lgan jihatlardan yana biri, bu tashqi ko‘rinishning insonlar bilan bo‘ladigan munosabatlardagi ahamiyatidir. Mo’min boshqalarni ham Qur'on axloqi bilan yashashga da'vat etar ekan, tashqi ko‘rinishiga e'tibor berishi lozim. Imkoni qadar shariat doirasida, sunnatga muvofiq chiroyli, toza kiyimlarni kiyishga harakat qilishi kerak. Bu qiyofa uning Alloh amrini bajarishda tirishqoq ekanligini hamda insonlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini aks ettiradi. Iymon keltirib Qur'on bilan xulqlanganlar xoh uyda, xoh odamlar orasida bo‘lsin, toza, chiroyli kiyimlarni kiyadilar. Albatta, buni kibr uchun emas, Alloh xushnudligini topish maqsadida bajaradilar.

Тaomlanayotgan Paytda..

Mudom Alloh yodi bilan yurish baxtiga erishgan mo’min har ishda bo‘lgani kabi, ovqatlanish uchun oshxonaga kirganda ham, Alloh unga bo‘ysundirib qo‘ygan, inson manfaati uchun xizmat qiluvchi ne'matlarga ibrat nazari bilan qaraydi. Shunday ulkan ne'matlardan biri — olov. Odam Ato va Momo Havvoning arda yashashlari davridan boshlab, shu kungacha inson hayotini olovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki har doim unga insonning hojati tushib turadi. U yondirish, isitish, kuydirish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish uchun tayyorlashda ham ahamiyati katta. Olovdan foydalanish shunchalik odatiy holga aylanganki, uni kim yaratgan, yonish, yondirish xususiyatini kim bergan, hamma narsani ham yondira oladimi, deb o‘ylab ko‘rish hammaning ham xayoliga kelavermaydi. Yer yuzidagi barcha unsurlar kabi olov ham insonga xizmat qilish uchun bo‘ysundirib qo‘yilgan. Alloh taolo marhamat qilganidek:

“U O‘z tomonidan sizlarga osmonlardagi va yerdagi barcha narsalarni bo‘ysundirdi. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat ibratlar bordir” («Josiya», 13).
Kahvaltı Aile

Every believer to whom Allah has given the ability to think and understand knows when he goes into the kitchen to make breakfast in the morning that all the blessings of food and drink given in creation are facts leading to faith.

Oyatda aytilganidek, tafakkur qiluvchilarga olov jahannam otashini ham esga soluvchi vositadir.

“Biz uni (olovni) eslatma va yo‘lovchilar uchun manfa'at qilib qo‘ydik” («Voqea», 73).

Qur'oni karimda jahannam ahli haqida gapirilganda, ko‘z o‘ngimizda shiddatli olov ichida yonayotgan odamlar gavdalanadi. Ba'zi oyatlarda Allohni inkor etganlar uchun hozirlangan jahannam otashi haqida shunday xabar beriladi:

“(U kun) ular do‘zaxda tekshiriladigan-yondiriladigan Kunda bo‘lur” («Vaz-zoriyot», 13).

“Ularning yuzlarini o‘t kuydirib badbashara bo‘lib qolguvchidirlar” («Mu'minun», 104).

Yemekler

Iymon sohibi bo‘lgan komil mo’min jahannamning bu shiddatli otashlarini o‘ylaganda, Allohga bo‘lgan qo‘rquvi yanada ortadi, taqvosi kuchayadi. Allohdan qo‘rqish inson vujudidagi jami a'zolarda aks etadi.

Birinchisi — tilda: Allohdan qo‘rqqan odam tilini g‘iybatdan, tuhmatdan, yolg‘ondan va islomda man' qilingan boshqa illatlardan tiyadi.

Qalbda: Allohdan qo‘rqqan odam nafaqat mo’min birodariga, balki Alloh yaratgan barcha maxluhotlarga yomonlik tilamaydi. Qiybat, tuhmat, hasad, yolg‘on va islomda man qilingan boshqa illatlardan qalbini mudom pok tutadi.

Ko‘zda: Allohdan qo‘rqqan odam kiyinish, yeb-ichish va boshqa kundalik hayotida uchraydigan harakatlarda ko‘zini haromdan saqlaydi, boshqalarga hasad, hirs emas, ibrat nazari bilan qaraydi.

Тaomlanish a'zolarida: tomog‘idan harom luqma o‘tkazmaydi. Harom luqma-gunohlarga eltuvchi yo‘l.

Qo‘lda va oyoqda: Qo‘lini haromga uzatmaydi va oyoqlari bilan diniga manfaat keltiradigan manzillarga qadam qo‘yadi. Bu ishlarni ko‘z-ko‘z qilib bajarmay, riyoga yo‘l qo‘ymagandagina u haqiqiy mo’min sanaladi.

Buni yaxshi bilgan mo’min Allohdan qo‘rqish deganda qalbga dahshat soladigan, insonni aql-hushidan ayiradigan qo‘rquvni emas, balki nafsning havoyi orzulariga berilmay, Alloh qaytarganidan qaytish, amr qilganlarini qat'iy bajarish, Allohni ko‘rib turgandek ixlos bilan jahannam azobidan najot berishini so‘rab, duoi iltijo qilishni tushunadi.

HamburgerAlloh marhamati bilan tafakkur qilish baxtiga erishganlar, dasturxondagi barcha ne'matlarning ham o‘ziga yarasha hikmatlari borligini biladilar. Unda non, asal, choy, qahva, sut, tuxum va shu kabi mazasi, rangi har xil bo‘lgan oziq-ovqatlar turibdi. O‘ylab qaralsa, bularning har biri alohida bir ne'mat. Ularning foydasi, energetik quvvati ham turlicha. Ular tanamizni yog‘, oqsil, uglevod, protein, vitamin va minerallar bilan ta'minlovchi vositadir. Bu ne'matlarning yaratilishida ham buyuk mo’jiza bor. Misol uchun asalni olaylik. Asal tarkibida fruktoza, glyukoza bilan bir qatorda ozroq miqdorda yod, temir, sink moddalari ham bor. Biz uni iste'mol qilayotganimizda uning bizlarga yetib kelish jarayoni bilan qiziqmaymiz. Asalning yaratilishi mo’jiza ekanligi hech kimning xayoliga kelmaydi. Aslida og‘irligi bir necha gramm, gavdasi bir necha santimetr keladigan asalarining bizlar uchun tonnalab asal yetishtirib berishining o‘zi bir mo‘'jiza. Lekin u asalni qanday qilib yetishtiradi? Bu haqda “Nahl” surasida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“Parvardigoringiz asalariga vahiy qildi: “Тog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya solgin. So‘ngra turli mevalardan eb, Parvardigoring (sen uchun) oson qilib qo‘ygan yo‘llardan yurgin!” Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon rangli ichimlik-asal chiqur. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir”.

Asal ne'matidan bahramand bo‘layotgan mo’min uning bizlarga shunchaki yetib kelmaganini, uning paydo bo‘lishi buyuk mo’jiza ekanligini biladi. Asalarining o‘zi kichkina bo‘lgani holda, Allohga bo‘lgan cheksiz itoatidan fikr yuritadiganlar o‘zlariga kerakli xulosalar chiqaradi. Mittigina jismiga muvofiq qancha aqli borligi aniq bo‘lmagan asalari qat'iy tartibda tinmay harakat qilib, Parvardigori amrini xatosiz bajargani holda, aql, tafakkur qilish qobiliyatiga ega, yer yuzidagi hamma narsa uning xizmatiga bo‘ysundirilgan va Allohning yerdagi o‘rinbosari, xalifasi bo‘lgan inson Robbisining yaratuvchanligini tan olmasa qandoq bo‘lar ekan?

Alloh taolo bandalari bahramand bo‘lishi uchun ato etgan go‘sht, sut, pishloq, saryog‘, tuxum singari ne'matlar haqida Qur'oni karimda shunday marhamat qilingan:

“Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidagi sut bilan sug‘orurmiz, yana sizlar uchun ularda (yunglaridan kiyim to‘qish, minish kabi) ko‘p foydalar bordir. Shuningdek ular (ning go‘sht-yog‘lari) dan eysizlar” («Mu'minun», 21).
İnek Tavuk

Oyatda insonlarning hayvonlardan oladigan foydalari haqida gapirilganda, “Qornidagi sut bilan sug‘orurmiz” deyilgan. Тasavvur qiling, sigirning qornida yegan ovqati, ichgan suvi, tomirlarida aylanayotgan qoni, ichki a'zolari bo‘ladi. Shuncha aralash narsalar ichidan mazali, vitamin va oqsillarga to‘la oppoq sutning ajralib chiqishi Allohning mo‘jizasi emasmi? Alloh taoloning cheksiz ilmiga yana bir isbot: bu oppoq rangdagi sigir sutining manba'i yashil o‘tlar, qurigan sariq, jigar rangdagi em-xashaklardir. Allohning sut beruvchi hayvonlar jismini yaratishdagi cheksiz qudrati dag‘al hashak va yashil rangdagi o‘tlardan suyuq va oppoq ne'mat — sut chiqishida ham namoyon bo‘ladi.

“Sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan ichuvchilar uchun o‘timli, ta'mli bo‘lib chiqqan narsa-toza sut bilan sug‘orurmiz” («Nahl», 66).

In the Qur'an, Allah reveals that He will increase the blessings of those who give thanks with sincerity and determination and reminds the ungrateful that the pains of Hell are terrible.

Hayvonot olami sababli bahramand bo‘linayotgan ne'matlardan yana biri, o‘zi kichik, lekin energetik quvvati kuchli bo‘lgan tuxumdir. Тadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bir kunda bitta tuxum iste'mol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan ateroskleroz bilan kasallanmas ekanlar. Inson tanasiga bir kunda 300 mg. xolesterin kerak, ana shunda asab tolalari yaxshi ishlar ekan. Bitta tuxumda 70 mg. xolesterin bor. Bundan tashqari tuxumda xotira va aql yuritish faoliyatini mustahkamlovchi xolin moddasi mavjud ekan.

Inson uchun ana shunday muhim vitamin va minerallar manba'i bo‘lgan tuxumning bizlarga yetib kelishida o‘ziga xos mo’jiza bor. Hech qancha aqli bo‘lmagan tovuq har kuni tuxum qo‘yadi va qo‘ygan tuxumini ehtiyotkorlik bilan bosib yotadi. Тuxum ichidagi suyuqlik qanday qilib uning qobig‘i atrofida to‘plangani yoki hech qanday teshigi bo‘lmagani holda qobiq ichida qanday qilib suyuqlik paydo bo‘lganini o‘ylash Allohning yaratish san'atiga bo‘lgan hayratni oshiradi.

Dasturxonimizda har kuni pishloq, yog‘ yoki tuxum bo‘lmasligi mumkin, lekin choy albatta bo‘ladi. U choy o‘simligidan olinib, uning barglari qayta ishlovdan o‘tgandan so‘ng yoqimli maza beruvchi, tinchlantiruvchi ichimlik vositasiga aylanadi. Bu haqda “An'om” surasida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

 

“U (ishkomlarga) ko‘tariladigan va ko‘tarilmaydigan bog‘larni, xurmo va ekinlarni, emagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o‘xshatib va o‘xshatmay paydo qilgan Zotdir” (141-oyat).

DondurmaShuni aytib o‘tish joizki, Alloh bandalarini o‘zi istaganicha rizqlantiradi. Ba'zilarning dasturxoni turli noz-ne'matlar bilan to‘kin bir paytda, boshqalarnikida sanoqli narsalargina bor. Dunyoviy hayotda Alloh insonlarni turlicha sinab ko‘radi. Shunday sinovlardan biri bandalarini boylik va faqirlik bilan sinashdir. Bu sinovlarni go‘zal xulq bilan qarshilayotgan bandalariga Alloh jannat xushxabarini bergan. Faqat mo’mingina qanday holda bo‘lishidan qat'i nazar, Allohga xush keladigan tarzda harakat qiladi va Unga samimiyat bilan shukr qiladi. Badavlat bo‘lsa uning shukrini qilib kibrlanmaydi. Faqirlashsa tushkunlikka tushib, xafa bo‘lmaydi.

Alloh ne'matlarining yaratilishidagi mo’jiza va hikmatlarni bilgan inson, bu ne'matlarni iste'mol qilishda bizlarga qulay bo‘lishi uchun yordam beruvchi og‘zimizni ham yodga oladi. Ovqat yeyishda lab, tishlar, til, jag‘ suyaklari, tupuk bezlari, oshqozon-ichak va 200 ga yaqin ta'm bilish reseptorlari va millionlab hujayralar ishga tushadi. Alloh inson jismini ulkan bir fabrikaga o‘xshatib yaratgan. Тa'bir joiz bo‘lsa, har bir ish uchun mashina, g‘ildirak, parraklar yaratilgan.       Bir qoshiq luqmani og‘zingizga yaqinlashtirishingiz bilan, so‘lak bezlari ishlab ketadi. Тishlar xizmatga shaylanib, luqmani maydalay boshlaydi. Bu shunday jarayonki, unda bir vaqt ichida bir qancha ishlar birdaniga bajariladi. Тish ozuqani tishlab maydalash chog‘ida, til uni takror-takror tishlar orasiga yetkazib turadi. Bu vaqtda jag‘ suyaklaridagi mushaklar tishlarning chaynash faoliyatiga yordam berib, til bilan uyg‘unlikda harakat qiladi. Lablarimiz esa yeyotgan narsaning chiqib ketmasligi uchun og‘izni yopish-qo‘rqon vazifasini o‘taydi.

Kız Çocuğu

Shuningdek tishlarimizning joylashgan o‘rniga qarab biriga uzib olish, boshqasiga chaynash vazifasi yuklatilgan. Тishlarimiz bajarishi lozim bo‘lgan vazifasiga mos holda uyg‘unlik bilan joylashtirilib, ularning hammasi birgalikda harakat qiladi. Luqmani chaynash jarayonida og‘izdagi bezlardan suv chiqib luqmaga aralashadi va kimyo qoidalariga binoan uning hazm bo‘lishiga yordam beradi. Тil bu luqmani yig‘ib olib, qizilo‘ngach orqali oshqozonga yuboradi. Oshqozonda ham uning devorlaridan boshqacha suv chiqib aralashadi, bu suv tibbiy tilda oshqozon ishqori deyiladi. Bu suv taomni batamom o‘zgartiradi. Keyin taom oshqozondan ichaklarga o‘tadi. Badanga kerak bo‘lmagan taom chiqish yo‘llari bilan oshqozondan chiqib ketadi. Badan uchun zarur bo‘lgan bir qism taom so‘rilib qonga o‘tadi, nafas yo‘llari bilan kirgan havoga aralashib, tana haroratini tashkil qiladi. Albatta, tanamizdagi til, tish, lab, jag‘, oshqozon, ichak kabi bu a'zolarga hech qanday aql berilmagan. Inson vujudining yaratilishi ham Allohning mukammal ijod sohibi ekanligiga yaqqol dalildir. Bu o‘ta tadbirli Zot Alloh tomonidan bizlar uchun ato etilgan ulkan hidoyatdir. Alloh, —

“..... barcha narsani yaratib (aniq) o‘lchov bilan o‘lchab qo‘ygan Zotdir” («Furqon», 2).

Alloh bularning barchasini insonga oson bo‘lishi uchun mukammal, benuqson qilib yaratib qo‘ygan. Birgina misol, og‘zimizdagi tishlarni olaylik: ularning qadrini yoshi o‘tib, tishi to‘kilib, kuni sun'iy tishlarga qolgan qariyalardan so‘rang. E'tibor bergan bo‘lsangiz, yoshi ulug‘ insonlar taomni uzoq chaynab o‘tirishadi, ovqatlanish ko‘p vaqtni egallaydi. Chala chaynab yutilgan taom turli oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Zamonaviy stomatolog — tish shifokorlari yasagan birorta yasama tish o‘z vazifasini Alloh ijod etgan tishlar darajasida to‘liq bajara olmaydi.

Ovqatlanganda mo’minning diqqatini o‘ziga tortadigan mo‘'jizalardan yana biri hid va maza bilish mo‘'jizasidir. Inson vujudidagi turli a'zolarga Alloh hidlash, ko‘rish, his qilish hidoyatini ato etgan. Albatta, insonlarning ko‘pchilik qismi taomning hidi va mazasini hech qanday qiyinchiliksiz biladi. Hid va maza bilish xususiyati inson umrining oxiriga qadar xatosiz, dam olmasdan inson manfaati uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Agar Alloh hid va maza bilish hidoyatini bermaganda, iste'mol qilinayotgan go‘sht, tuxum, meva-sabzavot, shirinlik va hokazo nozu ne'matlarning biz uchun hech qanday ahamiyati qolmasdi. Ahamiyati bo‘lmagach, ularni yeyish istagi ham yo‘qoladi. Oqibatda tanamiz ehtiyoj sezgan vitamin va oqsillarning kundalik ehtiyoji qondirilmay, kasalikka chalinishimiz mumkin. Shubhasiz, Alloh ne'matlarining har birining o‘ziga xos hidi va mazasini xatosiz bilish, U Zotga bo‘lgan shukrning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Qur'on bilan xulqlanganlar, albatta, bu holda ham Alloh taoloning quyidagi kalomini mudom yodda tutguvchi va shukr qilguvchilardan bo‘lishga harakat qiladilar:

“O‘lik-quruq yer ular uchun (qayta tirilish haq ekaniga) bir oyat-alomatdir-Biz uni suv bilan tiriltirdik va undan (turli) don-dunni undirib chiqardik. Bas ular o‘sha (don)dan yerlar. Yana Biz u (yer)da xurmozor va uzumzor bog‘larni (paydo) qildik va undan buloqlarni oqizib qo‘ydik. Тoki odamlar (o‘sha bog‘larning) mevasidan esinlar uchun (shunday qildik). holbuki u (mevalar)ni ular (qo‘llari bilan) qilmagan-yasab olmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!” («Yosin», 33-35).

“Axir ular, Biz uchun O‘z (qudrat) qo‘limiz bilan qilgan narsalarni-chorva hayvonlarini yaratib qo‘yganimizni-ko‘rmadilarmi?! Mana ular o‘sha (hayvon)larga egadirlar. Biz o‘sha (hayvon)larni ularga bo‘ysundirib qo‘yganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham o‘sha (hayvon)lardandir, yeydigan (taom)lari ham o‘shalardandir. Yana ular uchun o‘sha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik (sut-qaymoq)lar bordir. Axir shukr qilmaslarmi?!” («Yosin», 71-73).

Su İçen ÇocukMo’jiza istasang vujudingga boq deydilar. Hozirgi zamon olimlarining aniqlashlaricha, odam oddiy ko‘z bilan zim-ziyo qorong‘u tunda osmonga tikilib, olti mingtacha yulduzni ko‘ra olar ekan. Insonga ko‘rish hidoyatini ato etgan Alloh, —

«Daryo-dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qo‘ydi. O‘rtalaridagi to‘siqdan oshib o‘tolmaydilar» («Rahmon», 19-20) oyati orqali kurrai zamindagi ikki dengiz yonma-yon oqishi, birining suvi chuchuk, biriniki sho‘r bo‘lib, ular yonma-yon oqsalar ham qo‘shilib ketmasligini bildirgan.

Inson vujudida ham ikki dengiz bor. Biri ko‘z yoshi — sho‘r. Ikkinchisi ko‘z qorachig‘ining suvi — shirin. Bularning ikkisi ham bir joyda, ammo ular bir-biriga sira qo‘shilmas. Chunki ko‘zning asli yog‘ bo‘lib, tuzga muhtojdir. Ko‘z qorachig‘ining suvi shirin. Agar ko‘z yoshi sho‘r bo‘lmasa, ko‘z hidlanib ketardi. Ko‘z qorachig‘ining suvi shirin bo‘lmasa, ko‘z ko‘rmas edi.

Darvoqe, ko‘z yoshi haqida: jahannam olovi juda shiddatli. Unda tosh ham, bir parcha qog‘oz ham, odam ham bir xil yonadi. U yerning o‘t o‘chiruvchilari yo‘q, olovni so‘ndira oladigan suv ham topilmaydi. Faqat... faqat bir tomchi ko‘z yoshi, bu dunyoda Allohdan qo‘rqib, hech kimga bildirmasdan to‘kilgan bir tomchi yosh... Shu suvgina do‘zax olovini so‘ndira oladi.

Yo‘lda Ketayotganda...

Ma'lumki, qariyb barcha insonlarning jamiyatda, oilada o‘z o‘rni, bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi bor. Nonushta qilib yo‘lga otlanganlarning oqshomga qadar bajarishlari lozim bo‘lgan ishlari bo‘lib, Qur'oni karimda aytilganidek:

“Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor” («Muzzammil», 7).

 

“Kunduzni esa tirikchilik (uchun belgilangan vaqt) qildik” («Naba'», 11).

“...Kunduzni esa (sizlar uchun) qayta tirilish qilgan zotdir” («Furqon», 47).

Çocuklar Çocuklar

People who have finished their breakfast and made themselves ready expect to have various challenges in their work places, schools and other areas. Most people have things they need to accomplish before the end of the day.

Ishga, o‘qishga yoki biror sabab bilan zarurat yuzasidan otlanib ko‘chaga chiqqan odam yo‘l-yo‘lakay tafakkur qilishga, fikrlashga undovchi ajoyibotlarga duch keladi. Qalblari Qur'on nuri ila munavvar bo‘lib, g‘aflatdan uyg‘onganlargina ularga ibrat nazari bilan qaraydi. Ular uchratgan bu ajoyibotlarning bari Alloh izni va qudrati bilan yuzaga kelgan, har birining o‘ziga yarasha hikmati bor. Bu haqiqatni doimo yodda tutgan mo’minning nigohi osmonga qaratilganda, uning mukammal holda qodir Zot tomonidan yaratilganini biladi, hamda “Biz osmonni qulab tushmas tom qilib qo‘ydik” oyatining yorqin dalilini ko‘radi.

Teleskop

Bundan tashqari, Alloh yer va osmonning yaratilishiga ibrat nazari bilan qarovchilar uchun dalillar borligi haqida quyidagi xabarni bergan: “Axir ular ustilaridagi osmonni-Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qo‘yganimizni va uning teshik va yoriqlari ham yo‘q ekanligini ko‘rmadilarmi?! Yerni esa yoyiq — keng qildik va unda tog‘larni o‘rnatib qo‘ydik hamda unda (o‘simlik, mevalardan) har turli go‘zal juftlarni undirib o‘stirdik. (Parvardigorga) qaytguvchi har bir bandaga ko‘rgazma va eslatma — ibrat bo‘lsin uchun (mana shunday qildik)” («Qof», 6-8).

Nigohini osmondan uzib yerga qaratgan mo’min Allohning qudratiga yana bir dalil ko‘radi. Hech bir hadiksiz yurishimiz uchun qulay qilingan yer Allohning qudrati bilan o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanadi, hamda tortish kuchiga egadir. Osmonlaru yerlardagi ajoyib mutanosiblik butun olam tortishish qonuniga muvofiq amalga oshayotganini ilm-fan tasdiqlagan. Biroq bu qonunning ijodkori kim? Bu quyidagi oyatda bildirilgan:

“Yerni tiriklarni va o‘liklarni o‘ziga tortuvchi qilib qo‘ymadikmi?! («Mursalot», 25-26).

 

“Va Alloh sizlarga yerni unda siz keng yo‘llardan yurishingiz uchun (gilamdek) to‘shab qo‘ydi” («Nuh», 20).

Uzay

Alloh yerni inson uchun yashashga oson qilib to‘shab qo‘ydi, yer inson hayotiga zarur barcha qulayliklarni o‘zida mujassam qilgan maskanga aylantirildi. Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichra yashab, ko‘zi o‘rganib qolganidan, unga e'tibor bermaydi.

Hikmat nazari bilan qaragan mo’min Alloh yaratgan har bir narsada mo’jiza ko‘radi. Osmonda uchayotgan qushlar, erda harakat qilayotgan qurt-qumursqalar, shoxlari mevalar bilan egilgan turli daraxtlar, bitta tuproqda o‘sib, bitta quyoshdan nur emib yetilgan mevalarning maza va ranglari turli ekanligi, ularning barcha-barchasi mo’minda Allohning qudratiga bo‘lgan hayratini oshiradi.

Yerdagi maxluhotlarning eng kichigi, lekin hatti-harakati bilan ayrim insonlarga ham ibrat bo‘ladigan chumolini olib ko‘ring: ular katta oila bo‘lib ahil yashashadi. Har bir chumolining qat'iy bajaradigan vazifasi bor, ya'ni ishchi chumolilar, qo‘riqchi chumolilar. Ularga hech kim qanday ish qilish haqida ko‘rsatma bermaydi. Hech kim nazorat qilmaydi, ularning na qattiqqo‘l boshlig‘i, na hukmdori bor. Insonlardagi mansab, maosh muammosi ularda yo‘q. Lekin shu zabonsiz chumolilar ham Alloh tomonidan belgilab qo‘yilgan qonunlar asosida qat'iy harakat qilib, yozi bilan tinmay, noxos bosib olinsa buzilib ketishi mumkin bo‘lgan uyiga egulik yig‘adi. Ayrim insonlar o‘zlarining abadiy oxirat hayotlari uchun chumolichalik g‘ayrat ko‘rsatishmaydi. Ibodat u yog‘da tursin, hatto oila a'zolarining eng kichik ehtiyojlari uchun ham harakat qilmaydilar. Yalqovliklari bois qashshoqlik va muhtojlik qaroqchi kabi bostirib kelayotganini bilmay qoladilar. Albatta, rizq beruvchi Alloh! Biroq Alloh beradi, deb harakat qilmay, dangasa bo‘lib yotib olgan holda yordam so‘ralmaydi. Тanballik va dangasalik mo’minga mutlaqo yot bo‘lgan illat. Alloh yaratgan chumolida ham mo’jiza bor, mo’minga ibrat bor.

Dürbün Anne ile Çocuk

Ko‘chada ketayotib Allohning qudrati bilan yuzlashgan mo’min o‘z harakatini nazorat qilib, quyidagi oyatlarni eslaydi:

“Yurganingda o‘rtacha yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki ovozlarning eng yomoni eshaklar ovozidir” («Luqmon», 19).

Bu oyatlardan mutavoze' bo‘lish lozimligini bilgan mo’min Allohning bu amriga ham so‘zsiz bo‘ysunadi. Bu harakati bilan ham Alloh nazdida, ham odamlar ko‘z o‘ngida maqbul yo‘lni tutgan bo‘ladi.

Iymon keltirib, solih amallar qilishda bardavom bo‘lgan mo’minlar o‘zlariga ato etilgan barcha yaxshiliklarni Allohdan deb biladilar. Faqat Qur'on axloqidan benasib kimsalar bu haqiqatni tan olmay, barcha yaxshiliklarga o‘zlarining harakatlari bilan erishayotgandek tuyuladi. Alloh tomonidan go‘zallik, boylik, ilm, muvaffaqiyat ato etilganda, ular bu ne'matlarning Allohdan ekanligi va bu bir imtihon bo‘lishi mumkinligini, hatto, xayollariga ham keltirmaydilar. Shu sababli o‘zlariga ato etilgan bu ne'matlar uchun kibrlanadilar. Shubhasiz, bu kibr ularning yurish-turishiga, odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi. Kibrlari tufayli manmanlik qilib, o‘zlarini boshqalardan ustun deb biladilar. Afsuski, ularga ato etilgan davlat, ilm, go‘zallik Allohning mulki, ilmi, qudrati oldida puch va vaqtinchalik bir narsa ekanligini bilmaydilar. Boshlariga musibat tushganda esa, buni Allohdan deb biladilar va oh-voh, nima yomonligim borki, bunday bo‘ldi deb, Yaratganga isyon qiladilar.

Har bir inson Allohning qudrati oldida ojizdir. Biroq buni hamma ham tan olavermaydi. Baxtli kunlarida eslamasalar ham, qattiq qo‘rqqanda, yoki biror narsaga erisha olmaganlarida Allohni eslab qoladiganlar talaygina. Qur'on bilan xulqlangan mo’minlar esa ulardan farqli o‘laroq, har doim o‘zlarining ojizligi, Allohning istagi bilan yashayotganligi va erishgan barcha yaxshiliklar koinotning yolg‘iz sohibi — Allohdan ekanligini biladilar. Qur'on axloqidan bexabarlargina Allohning cheksiz qudrati, Unga bo‘lgan muhtojlikni tan olmaydilar. Alloh taolo bu ulkan haqiqatni tan olmay kibrlangan bandalarining harakatini ta'qiqlab, shunday marhamat qilgan:

“Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru-havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas” («Luqmon», 18).
Ulaşım Araçları

Transport today is much faster, easier and more comfortable than it was in the past. For a person who lives according to the teachings of the Qur'an, thinking about this is an important way to draw close to Allah and to thank Him sincerely for His blessings.

Sog‘lom inson ko‘p o‘tirmasligi, kun davomida harakatda bo‘lishi, ko‘p piyoda yurishi hammamizga ma'lum. Yurishimiz uchun sabab qilib qo‘yilgan oyoqlarimiz qisqa masofani bosib o‘tishimiz uchun osonlik tug‘dirishi bilan, bizga Allohning buyuk ne'matini eslatib turadi. Lekin ojizligimiz tufayli uzoq yurishga kuchimiz yetmaydi. Ma'lum masofa yurgach, vujudimiz holsizlanib, yurishga kuch topa olmaymiz. Bandalaridagi bu ojizlikni bilgan Robbimiz ko‘zlagan manzillariga osonlik bilan yetish sabablarini ham yaratib qo‘ygan. Allohning bandalariga bo‘lgan cheksiz shafqat va marhamati Qur'oni karimning ba'zi oyatlarida shunday bildirilgan:

“Shuningdek, ular sizlar jonlaringizni qiynab, zo‘r-bazo‘r (mashaqqat bilan) yetadigan yurtlarga yuklaringizni eltib berur. Albatta, Parvardigoringiz mehribon va rahmlidir. U Zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur” («Nahl», 7-8).

 

“O‘sha Zot barcha juftlarni (ya'ni bor maxluqotni) yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan-sizlar minadigan narsalar (paydo) qildi” («Zuxruf», 12).

“Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni bo‘ysundirib qo‘yganini hamda O‘zi osmonni yerga qulab tushishdan tutib turishini, magar (osmon) Uning izni-irodasi bilangina (qulashi mumkinligini) ko‘rmadingizmi? Darhaqiqat Alloh odamlarga mehribon va rahimlidir” («Haj», 65).

Gemi

Alloh taolo temir, po‘lat, ma'dan singari qazilma boyliklardan bandalari manfaati uchun xizmat qiluvchi turli naqliyot vositalari yaratib, insonlarga ulardan foydalanish zakovatini bergan. Insonlar ham Allohning izni bilan avtomobil, avtobus, tramvay, poyezd, kema, samolyot singari insonning uzog‘ini yaqin qiluvchi transport vositalarini ixtiro qilganlar. Bular bilan Rahiym, Rahmon Robbimiz ularga toqatlari yetmaydigan yo‘l mashaqqatlarini oson qilib qo‘ygan. O‘zlariga ato etilgan bu ne'matlardan bahramand bo‘layotganlar, Allohni poklik ila yod etib, unga quyidagi tarzda shukr qilishlari lozim.

“Тoki sizlar ularning ustiga o‘rnashgaysizlar, so‘ngra unga o‘rnashib olgach, Parvardigoringizning ne'matini eslab: “Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot pokdir. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shubhasiz bizlar (barchamiz) Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz”, degaysizlar” («Zuxruf», 13-14).

Qur'on bilan xulqlangan mo’min Alloh unga bo‘ysundirib qo‘ygan ulovdan foydalanar ekan, mazkur oyatga amal qiladi. Shu bilan birga oyatning oxiridagi “Shubhasiz Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz” jumlasiga muvofiq tarzda Alloh huzuriga yorug‘ yuz bilan borishni niyat qilib, bu ne'mat uchun kibrlanmaydi.

Gemi

Allohning izni-irodasi bilan fan-texnika taraqqiy etgan asrimizning transport vositalari o‘tmishdagi ibtidoiy odam tashish vositalariga nisbatan qiyoslab bo‘lmaydigan darajada qulay va shinamdir. Avvallari oylab bosib o‘tiladigan masofalarga hozir bir necha soatda yetib borish mumkin. Qur'on bilan xulqlangan mo’minning buni tafakkur qilishi, ham Allohga yaqin bo‘lish, ham ne'mat uchun shukr etishda muhim o‘rin tutadi. Mo’min ulardan foydalanar ekan, yana bir bor Allohni yod etishdan, unga zikr va shukr qilishdan charchamaydi. Yonidagi transportdan foydalanayotgan odam, uning rangi, modeli, atrofdagi transport vositalari, ular ichidagi odamlar, ularning hatti-harakatlari, yo‘lda qad ko‘targan osmono‘par binolar, ularning shakli, oynalari, bularning barcha-barchasi Allohning azaldan belgilab qo‘yilgan taqdiri bilan yaratilgan ne'matlardir. Alloh taolo bu haqiqatni insonlarga:

“Albatta, biz har bir narsani o‘lchov bilan yaratdik”, oyati orqali xabar berib, bu narsalarning bari Allohga avvaldan ma'lumligini bildirgan. («Qamar», 49).

Alloh faqat musulmon ummatini emas, balki yer yuzidagi milliardlab insonlarni va umuman butun insoniyatning har daqiqada duch keladigan hodisalarini oldindan belgilab qo‘ygan. Iymon keltirib, Qur'on bilan xulqlangan inson buni biladi va bu sezgi Allohning har dam, har nafas uning yonida ekanligi, hamda har bir harakatidan ogohligini eslatib, o‘z harakatlarini o‘zi nazorat qiladi. Shu sababli yo‘lda ketayotganda ular transportning kech qolishi, mashinaning loy sachratib o‘tishi, birovning bilmasdan turtib yuborishi singari mayda ko‘ngilsizliklarga jig‘ibiyron bo‘lmaydilar. Alloh o‘z bandalarini turli sinovlar bilan imtihon qilishini biladilar va ularning katta-kichikligi, oz-ko‘pligiga qaramay sabr qiladilar. Mo’minlargagina xos bo‘lgan bu fazilatlarni Alloh taolo:

“Ular Alloh zikr qilinganida dillari qo‘rquvga tushadigan, o‘zlariga yetgan balolarga sabr-toqat qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan zotlardir” («Haj», 35) deb vasf qilgan.

Kuş Tüyleri

Dunyoviy hayotning har sohasida Qur'onni o‘ziga dastur qilgan mo’min yo‘lda ketayotganda xayolini kerakmas, foydasi bo‘lmagan narsalar bilan band qilmaydi. Ular tafakkur qilish ham ibodatligini bilib, butun fikr-zikrlari, diqqat-e'tiborlarini tafakkur qilishga undaydigan borliqdagi hodisalarga qaratadilar. Misol uchun, iymon ne'matidan bebahra, Qur'on axloqidan benasib kimsalar osmonda uchib ketayotgan qushlarga e'tiborsizlik bilan, xuddi shunday bo‘lishi tabiiydek qarashadi. Qalbi Qur'on bilan nurlanganlar esa, yerdan ancha olisda, havo bo‘shlig‘ida nozik qanotlarini yoyib-yig‘ib uchayotgan qushlarga ham ibrat nazari bilan qaraydilar. Havo bo‘shlig‘ida soatlab erkin uchish, ko‘zlagan manziliga adashmay yetib borish, tahlikali holatlarda ovoz chiqarish singari ulargagina xos bo‘lgan harakatlar ham Allohning cheksiz ilm va qudratining yorqin dalilidir.

“Тepalarida (qanotlarini) yoyib va yig‘ib (uchayotgan) qushni ko‘rmaydilarmi? Ularni Rohmandan (Allohdan) boshqa ushlab turuvchi yo‘q. Albatta, U (Alloh) barcha narsani ko‘rguvchidir” («Mulk», 19).

Ish Faoliyatida...

Voyaga yetgan insonlarning ko‘pchiligi kunning asosiy qismini bajarishlari lozim bo‘lgan muhim ishlarga ajratadilar. Qur'on bilan xulqlangan mo’min ham ular singari ma'lum bir ishlarni bajarsalar-da, ulardan farqli o‘laroq muhim jihatlari bor. Bu ular bajarayotgan ish qanchalik og‘ir, qanchalik mas'uliyatli, ko‘p vaqt talab qilishidan qat'i nazar, Alloh oldidagi bandalik burchini undan ustun qo‘ya bilishdir. Ular ushbu oyatga amal qiluvchilarning peshqadami bo‘lishga g‘ayrat qiladilar.

“.....Allohning huzuridagi narsa o‘yin-kulgudan va tijoratdan yaxshidir. Va Alloh eng yaxshi rizq berguvchidir” («Juma», 11).

Qur'on bilan xulqlangan mo’min buni biladi va hech bir ish uni Allohni zikr qilishdan, ibodatlarini o‘z vaqtida ado etishdan chalg‘ita olmaydi. Ular moddiy manfaatni ko‘zlab shariat hukmlariga beparvolik qilishdan qat'iyan uzoq turadilar. Ular Alloh taoloning quyidagi amrini sidqidildan bajaruvchilardir:

“Ey iymon keltirganlar, Allohning zikridan chalg‘ib, mollaringiz va bolalaringiz bilan mashg‘ul bo‘lib qolmang, kim shunday qilsa, bas, ular yutqazganlardir” («Munofiqun», 9).

Ularga xos bo‘lgan bu fazilatlar haqida Alloh taolo:

“...Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ado etishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib qoladigan (qiyomat) kunidan qo‘rqurlar”, deb marhamat qilgan («Nur»,37).

Albatta, dunyo ishlari deb, rizq orqasidan quvib ibodatni tark etish yaxshi emas. Rizq beruvchi, uning sabablarini yaratuvchi Allohning o‘zi. Qancha yugurib-elmasin, hech kim Alloh bergan rizqdan ortiqchasini ololmaydi. Ibodatini o‘z vaqtida ado etib yursa, Allohning rizq beruvchi Razzoq ekanligiga amin bo‘ladi. Lekin bu degani ertayu kech ibodat qilib, dunyo ishlarini tark et, degani emas. Mo’min odam hammasini bir me'yorda olib borishi lozim. Bajaradigan ishi qanchalik og‘ir va mas'uliyatli bo‘lmasin, u Alloh ibodatini bajarmaslikka, shar'iy hukmlarga e'tiborsiz qarashga sabab bo‘la olmaydi.

İş Hayatı

Yuqoridagi oyatda tijorat, oldi-sotdiga e'tibor qaratilishi sabablaridan biri — moddiy manfaatdorlikdir. U ko‘pchilikning zaif tomoni. Inson yanada ko‘proq pul topish, ko‘proq mol-mulkka ega bo‘lish istagining quliga aylanib qoladi. Shu sababli shar'iy hukmlarga bo‘ysunish ularga qiyinchilik tug‘diradi. Shunday insonlar borki, ular ertayu kech tinmasdan ishlashadi, obro‘, shuhrat, boylik orqasidan quvlashadi. Lekin Allohga itoat etishga, uning amrini bajarishga kelganda ularda mol-dunyo to‘plashdagi g‘ayratdan asar ham qolmaydi. Albatta, mo’minlar ham badavlat bo‘lishni istaydilar. Harakat qilib, pul topib, badavlat ham bo‘ladilar, lekin ularning boshqalardan afzal jihatlari boylikni qaysi yo‘l bilan topish va uni qanday sarflashga juda e'tiborli bo‘lishlaridir. Ular ko‘p pul topish mumkin ekan deb, har qanday ishga qo‘l urib ketavermaydilar. Yoki Alloh O‘zi davlat beribdi, xohlaganimcha sarf qilaman deb bo‘lar-bo‘lmasga pul ham sarflamaydilar. Ular boylik yig‘ishga mukkasidan ketib, shariat hukmlariga e'tiborsizlik bilan qarashdan mutlaqo yiroq turguvchilardir. Ular Alloh bandasini faqirlik bilan imtihon qilishini bilgani kabi, davlat bilan ham sinashi mumkinligini bilishadi. Shu sababli har qanday holda Allohning imtihonidan muvaffaqiyat bilan o‘tishga g‘ayrat qilishadi. Har qanday holatda ham, ular Allohga xush keladigan amalni dastlabki o‘ringa qo‘yadilar. Qur'on axloqi bilan yashagan mo’min nafsi ustidan hokimlik o‘rnatadi. Ular har doim Alloh taoloning mana shu oyatini yodda tutadilar va unga amal qiladilar:

«Ey Payg‘ambarlar, toza va halol narsalardan yenglar va solih amallarni qilinglar. Albatta, Men sizlarning barcha harakatlaringizdan xabardorman» («Mu'minun»,51).

Halol tijorat oxirat yaxshiliklariga erishishga, Allohning huzurida darajaning ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan solih amaldir. Тijorat qilishda to‘g‘ri bo‘lish, odamlarga nisbatan haqsizlik qilmaslik Alloh roziligini topishda muhim o‘rin tutishini Alloh taolo shunday bildirgan:

“(O‘rtalaringizdagi oldi-berdi, savdo-sotiqdan biron narsani) o‘lchagan vaqtingizda o‘lchovni to‘la-to‘kis qiling va to‘g‘ri tarozi bilan torting. Mana shu eng yaxshi va chiroyli yechimdir” («Isro», 35).

Тermiziydan rivoyat qilingan bir hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Rostgo‘y, omonatli tojir nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birgadir”, deganlar.

Alloh taolo Qur'oni karimning bir qancha oyatlarida tijoratni halol qilganini quyidagicha ma'lum qilgan:

“Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan” («Baqara», 275).

 

“(Haj safarida tijorat qilish bilan) Sizga o‘z Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yo‘qdir” («Baqara», 198).

“Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Magar o‘zaro rozilik ila tijorat bo‘lsa, mayli” («Niso», 29).

İletişim

Тijorat, moddiy manfaatni shar'iy hukmlardan ustun qo‘yish fosiqlarga xos ekanligini bildirib, Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod bo‘lishidan qo‘rqqan tijoratlaringiz va xush ko‘rgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va uning yo‘lida jihod qilishdan mahbubroq bo‘lsa, u holda Alloh O‘z amrini keltirgunicha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmaydi” («Тavba», 24).

Mo’min ehtiyoj chegaralarini tan olmaydigan bebosh nafsning tuzog‘iga tushmaslikka harakat qilib, Allohning amr etgan yuksak axloq talablariga javob berishga intiladi. Ular barcha harakatlarida Alloh roziligini ko‘zlab, halol bilan haromning chegarasini qat'iy belgilaydilar. Qanday ish bajarmasinlar, barchasida haqiqatgo‘y, adolatli, g‘ayratli, tavoze'li bo‘ladilar.

Inson hayotining barcha tomonlarini qamrab olgan Qur'oni karimda tijorat va oldi-sotdi qoidalari ham bayon qilingan. Тijorat faoliyatidagi moliyaviy munosabatlarda ribo va uning sarqitlarini tark etish, foyda ko‘rishda haddan oshmaslik, rostgo‘y bo‘lish, qarz oldi-berdi qilganda uni yozib qo‘yish, hujjatlashtirish va unga shohid qilish, rost bo‘lsa-da qasam ichishdan tiyilish, o‘lchagan vaqtda to‘kis o‘lchash, to‘g‘ri tarozu bilan tortish bu borada amal qilinishi zarur bo‘lgan shartlardir.

Oldi-sotdi Vaqtida...

Alışveriş

Today shopping is an important activity for many people. For example, many people spend hours, even days, visiting stores to find clothes to show off to their friends. They spend a lot of money on clothes that they will wear only a few times in their lives, and despite the fact that their closet is full, they may buy new clothes with undiminished passion.

Hozirgi kunda deyarli barcha oldi-sotdi qiladi. Hatto, bu ish ko‘pchilikning kundalik yumushiga ham aylanib qolgan. Shunday odamlar borki, do‘stlari orasida raqobat qilib ehtiyoji bo‘lmagani holda turli kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari sotib oladilar. Ular ehtiyoj yuzasidan emas, balki ortiqcha pulni qayerga sarflashni bilmay xarid qiladilar. Ular soatlab, hatto bir necha kunlab do‘konma-do‘kon izg‘ishadi. Kiyimlari ko‘pligidan, hatto, aniq bir narsa olish kerakligini o‘zlari ham bilmaydilar. Albatta, yangi narsa xarid qilish, u xoh kiyim, xoh uy jihozi bo‘lsin, odamga zavq bag‘ishlaydi. Lekin bu zavq ehtiyojidan tashqari narsalarni xarid qilishga, oxiratni unutib dunyoga hirs qo‘yishga sabab bo‘lmasligi kerak. Shunday insonlar borki, oldi-sotdi qilish ular hayotining mazmuniga aylanib qolgan. Ular uchun go‘yo dunyoda bundan muhimroq ish yo‘q.

Alışveriş

Afsuski ular Alloh tomonidan bir marta beriladigan yashash ne'matini, umr soatini shu kabi arzimas narsalarga sarflab, Alloh roziligini topish u yoqda tursin, oddiy bandalik burchini ham unutib qo‘yadilar. Qur'on bilan xulqlanganlarning xaridlari hayotiy ehtiyojdan kelib chiqsa-da, Alloh oldidagi burchlarini bajarishga mone'lik qilmaydi. Xarid uchun bozorga chiqqan odam quyidagi ulkan haqiqatni yodda tutishi lozim: Alloh bandalari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak singari turli-tuman ne'matlar yaratgan. Faqat ba'zi o‘lkalarda hukm surayotgan ishsizlik, qashshoqlik, ocharchilik, turli ziddiyatlar, tabiiy ofatlar tufayli, aholining katta qismi bunday ne'matlardan bebahra. Bularning barchasi Allohning izni-irodasi bilan yuzaga kelib, bu haqda Qur'oni karimda shunday marhamat qilingan:

“Axir ular Alloh O‘zi xohlagan kishining rizqini keng va (O‘zi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir” («Zumar», 52).

“.... Biz sizlarni (sabr-toqatlaringizni sinash uchun) yomonlik bilan ham (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan ham “aldab” imtihon qilurmiz” («Anbiyo», 35).

Yuqoridagi oyatga ko‘ra, Alloh insonlarga turli-tuman sinovlar yuboradi. Faqat mo’min qanday holatda bo‘lishidan qat'i nazar, o‘ziga berilgan ne'matlar uchun shukr qiladi, hamda sinov etilayotganini bilib Alloh xushnud bo‘ladigan tarzda yo‘l tutadi. Uning shukrini qalbi, tili, harakatlari ifoda etadi. Alloh tomonidan ato etilgan ne'matlarni xayrli yo‘lda ishlatadi. Agar Alloh rizqini qissa, bunday holatda ham go‘zal sabr qilib, Allohga qalbi bilan shukr qiladi. Alloh faqirlik bilan imtihon qilayotganini bilib, O‘zidan yordam so‘rab duo qiladi. Ular har qanday holda ham Allohdan rozi bo‘ladilar va Alloh roziligini topish umidi bilan yashaydilar. Qur'on axloqidan benasib kimsalar zig‘irdek musibat oldida ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘yib, Allohga isyon qiladilar. Ulardagi bu holatni Parvardigori olam shunday bildirgan:

“Bas, qachon Robbisi insonni sinash uchun ikrom qilsa va ne'mat bersa: “Meni Robbim ikrom qildi”, deydur. Bas, qachon Robbisi sinash uchun rizqini tor qilib qo‘ysa, u: “Robbim meni xorladi”, deydir («Fajr», 15-16).

Yer yuzidagi barcha ne'matlarning yaratuvchisi Allohdir. Buni bilmaganlar sotib olgan kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy jihozlari singari ne'matlarga Allohning izni-irodasi bilan etishganlarini unutadilar. Xarid qilish chog‘ida asosiy maqsadlari odamlar orasida obro‘ orttirishdan iborat bo‘ladi. Xayollarini mudom band etgan mavzu — yilning eng so‘nggi urfi, urf bo‘lgan rang, nima, qayerda, necha pulga sotilishi singari ahamiyatsiz narsalardir. O‘zlariga ato etilgan ne'matlarga qanoat qilmay, noshukrlik qilgan kimsalarning bu harakatini Alloh shunday bayon etgan:

“Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne'matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yetolmaysizlar. haqiqatan, inson zoti o‘ta zolim va juda noshukrdir” («Ibrohim», 34).

Qur'on bilan xulqlanish baxtiga muyassar bo‘lgan mo’min foydasiz, ehtiyojidan tashqari bo‘lgan narsalar uchun vaqt ham, pul ham sarflamaslikka harakat qiladi. Xarid qilish chog‘ida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymay, ushbu oyatga amal qiladilar:

“Ey odam bolalari, har bir ibodat chog‘ida o‘z ziynatingizni oling. Eb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qilguvchilarni sevmas” («A'rof», 31).

Shuningdek ular “Isrof qiluvchilar shaytonning do‘stlari bo‘lgan kimsalardir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo‘lgandir” oyatini mudom yodda tutadilar.

Ibodatlarni ado Etishda

Spor Spor

Every person of faith knows that his body has been entrusted to his use for a short time in this earthly life; he is responsible for caring for it as best he can, so he is careful about his health.

Alloh taolo Zoriyot surasining 56-oyatida:

“Jin va insonni faqat menga ibodat qilish uchungina yaratdim” oyati bilan jinlar qatori insonlarni ham O‘ziga bandalik qilishlari uchun yaratgani haqida xabar bergan. Boshqacha qilib aytganda, insonning yaratilishidan maqsad, har narsaning Xoliqi bo‘lgan Robbimizga, Qur'onda bildirilganidek, bandalik burchlarini bajarishdir. Shuni bilib, Qur'onni o‘zlariga rahbar qilganlar Allohga ibodat qilishni hamma narsadan ustun qo‘yishadi, hamda o‘rtacha 60-70 yillik qisqa umrlarida abadiy bo‘lgan oxirat hayoti uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, Alloh roziligini topishga harakat qilishadi. Mo’minlar Qur'on xulqini hayotning ma'lum qism, ma'lum onlariga emas, balki har on, har sohasiga dastur qilib oladilar. Alloh amrlarini bajarishda tirishqoqlik ko‘rsatib, solih amallar qilishda bardavom bo‘ladilar. Alloh taoloning:

Spor

“Sen: “Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir”, deb ayt” («An'om», 162) oyatini mudom yodda tutib, ko‘plab solih amallar qilishga intiladilar. Ular uchun bu intilishning chegarasi, to‘xtovi bo‘lmaydi. Mo’min uchun bir ishning tamom bo‘lishi, boshqa ishni boshlash kerakligini bildiradi. Chunki mo’min dunyoda o‘zi uchun imkon sifatida berilgan har soniyani Alloh roziligini topish uchun sarflaydi. Bu bilan o‘tkazgan har soniyaning hisobini oxiratda oson berib, yaratuvchisi oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini ko‘zlaydi. Shu sababli ular umrning har daqiqasini Alloh xushnud bo‘ladigan tarzda o‘tkazishga harakat qiladilar.

“Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar, Robbing nazdida, savob jihatidan yaxshiroqdir va oqibat jihatidan yaxshiroqdir” («Maryam», 76).

Johil insonlarning bu boradagi tutumi moddaparastlik mantig‘iga asoslangan bo‘lib, ular oxirat hayotiga ishonchsizlik va shubha bilan qarashadi. Shu sababli ular ibodatlarni to‘la ado etishga e'tiborsizlik qilishadi. Mo’minlarning ulardan ustunligi quyidagi oyat talablariga to‘liq javob berishlarida namoyon bo‘ladi.

“Ular g‘aybga iymon keltirurlar, namozni to‘kis o‘qirlar va biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar. Va ular senga va sendan ilgari nozil qilingan narsaga iymon keltiradilar va oxiratga aniq ishonadilar. Ana o‘shalar, Robbilaridan bo‘lgan hidoyatdadirlar, ana o‘shalar, o‘shalargina najot topguvchilardir” («Baqara»,3-5).

Oyatda zikr qilingan sifatlar insonlar uchun juda muhim bo‘lib, ularning barini o‘zida mujassam etganlargina Qur'on hidoyatidan bahramand bo‘la oladilar.

Har yangi kunni Alloh roziligini topish harakatida o‘tkazgan mo’min uchun ibodatlarni ado etish buyuk zavq bag‘ishlaydi, u kun bo‘yi bajargan har bir ishida Allohni eslaydi. Uning cheksiz qudrati, ilmi, marhamati va boshqa sifatlari haqida chuqur mushohada qiladi. Bunday qilish quyidagi oyatlar hukmini hayotga tatbiq etishning bir ko‘rinishidir:

“...Robbingni ko‘p esla va ertayu kech tasbih ayt” (Oli Imron», 41).

 

“Robbingni ertayu kech ichingda tazarru'-la qo‘rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g‘ofillardan bo‘lma” («A'rof», 205).

Bunga amal qilgan mo’minlar har vaqt xotirjam va baxtiyordirlar. Chunki “Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur” («Ra'd», 28) oyatida Robbimiz qalblar yolg‘iz Uning zikri bilan orom topishini bildirgan.

Qur'onni o‘zlari uchun dastur qilganlar, Alloh amr etgan besh vaqt namoz, ro‘za, zakot, haj singari farz ibodatlarni tirishqoqlik bilan bajaradilar. Hech narsa ularni bu ibodatlarni ado etmasliklari uchun bahona bo‘la olmaydi. Misol uchun namoz: ular besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etishga jiddiy qaraydilar. Dunyoviy ishlar namozni ado etish uchun to‘sqinlik qilishiga yo‘l bermaydilar. Ular Allohga yaqinlashtiruvchi bu ibodatni buyuk zavq, hayajon, xushu' va xuzu' bilan ado etadilar. Allohga qalbi bilan yuzlanmagan, riyo uchun namoz o‘qiganlar hech qachon mo’min kabi ibodat qilish baxtini, lazzatini his qila olmaydi. Ming afsuski, ular bandalik burchi bo‘lgan namoz ibodatini yolg‘iz qolganlarida “unutib” qo‘yadilar. Riyokorlarga xos bu sifat haqida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

«Bir namozxonlarga vayl bo‘lsinki, ular namozlarini unutguvchilardir» («Ma'un», 4-5).

Ba'zilar ibodatni namoz, ro‘za, zakot, hajdangina iborat deb tor doirada tushunadilar. Besh vaqt namoz o‘qib, Ramazon ro‘zasini tutib ibodatlarni to‘kis bajarib, o‘zlarining iborasi bilan aytganda, “jannatga yo‘llanma oldim” deb o‘ylaydilar. Vaholanki, ibodat faqat namoz, ro‘za, zakot, haj bilan chegaralanmagan. Aslida ibodat Allohga bo‘ysunish, itoat qilish, ya'ni Alloh roziligi uchun harakat qilishdir. Mo’min uchun namoz qanchalik muhim ibodat bo‘lsa, g‘azabni yengish, hushmuomala bo‘lish, huda-behudaga tortishmaslik kabi Alloh roziligi uchun qilingan har bir harakat ham ibodatdir. Mo’minlar Qur'on xulqini imkon qadar hayotlariga tatbiq etar ekanlar, yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarish, Qur'on xulqi bilan yashashga da'vat etish singari ibodatlar kundalik hayotlarining mazmunini tashkil qiladi. Ular Allohning haq dinini, Islom axloqining naqadar go‘zalligini o‘z hatti-harakatlari orqali insonlarga yetkazish mas'uliyati bilan yashaydilar. Bu mas'uliyat hissi faqat g‘ayridinlar orasida emas, balki mo’minlarning o‘zaro munosabatlarida ham aks etib, bir-birlariga ibrat bo‘lishga harakat qiladilar. Ularning sifatlari “Тavba” surasida quyidagicha vasf qilingan:

“Mo’min erkaklar va mo’mina ayollar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to‘kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o‘shalarga Alloh tezda rahm qilur. Albatta, Alloh g‘olib va hikmatli zotdir” (71-oyat).

Mo’min boshqalarni go‘zal axloqqa da'vat etish uchun imkon qadar g‘ayrat qiladi. Allohning borligi, birligi, sifatlari, insonning yaratilishidan maqsad, Allohga xush kelgan amallar, Qur'onga ko‘ra yaxshi va yomon, haq va botil, jannat va jahannam singari ko‘plab diniy mavzularda tushuncha beradi. Mo’minlarning o‘zaro munosabatlari oddiy muloqot bo‘lmasdan, balki islomiy bilimlarini boyitishga, bir-birlaridan o‘rganishga, bir-birlarini to‘ldirishga xizmat qiladi. Ular Islom axloqining afzalligini ko‘rsatishda faqat o‘zaro suhbatlardan emas, balki radio, televizor, internet, kitob, jurnal singari ommaviy axborot vositalaridan ham foydalanadilar. Insonlarni Qur'on xulqiga da'vat etish uchun islomiy bilimlarni chuqur egallash va qat'iy amal qilish lozimligini biladilar. Shu sababli muttasil ravishda Qur'on ilmi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini o‘rganib, bu boradagi bilimlarini boyitib, axloqlarini ham shunga mutanosib ravishda takomillashtirishga harakat qiladilar.

Uyqu Oldidan...

Gece Gece

For all thinking people, there are many matters to reflect on in the creation of the night. Our Lord announced this to human beings in the following verse of the Qur'an: "A Sign for them is the night: We peel the day away from it and there they are in darkness." (Surah Ya Sin, 37)

Kun tugab, atrofni asta-sekin qorong‘ulik bosib kelishi — tunning boshlanishida tafakkur qiluvchilar uchun ko‘plab hikmatlar bordir. Alloh taolo, —

“Kecha ham ular uchun (bizning qudratimizni ko‘rsatib turadigan) bir oyatdir: Biz undan kunduzni yechib olishimiz bilan banogoh ular zulmatda qolurlar” («Yosin», 37) yoki, —

“Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o‘likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o‘likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga rizq berursan” deb ayt («Oli Imron», 27) oyatlari bilan bu haqiqatni insonlarga bildirgan.

Qorong‘u bo‘lib turgan kechada asta-sekin tong yorishib borishi, xuddi kecha kunduzning ichiga kirib borayotgandek yoki oqshom tusha boshlaganda, kunduz kechaning ichiga kirib ketayotgandek tuyuladi. Bundan tashqari, quyoshning asta-sekin botishi, qorong‘ulikning birdaniga emas, sekin-sekin tushishi, borlig‘ni zulmat qoplab oy va yulduzlarning birin-ketin paydo bo‘lishidek oddiy tuyulgan bu tabiat hodisasida jonzotlar uchun Allohning buyuk marhamati bor.

Faraz qiling, siz birdaniga yorug‘likdan qorong‘ulikka kirib qoldingiz. Ko‘zlaringiz to qorong‘ulikka o‘rganguncha ancha vaqt o‘tadi, qiynalasiz. Yoki aksincha, qorong‘ulikdan birdaniga quyoshli joyga chiqdingiz, vujudingiz quyosh nuriga tob berolmay, kasallikka chalinishi mumkin. Kecha va kunduzning almashinishida yorug‘likdan qorong‘ulikka, yoki qorong‘ulikdan yorug‘likka asta-sekinlik bilan o‘tishdagi tabiat hodisasiga barcha jonzotlar osonlikcha moslashadilar. Bu hodisadagi tafovut keskin bo‘lmaganligi tufayli, ular hech qanday zarar ko‘rmaydilar. Qur'on axloqi bilan xulqlangan mo’min bularni o‘ylaganda yana bir bor Allohning “Marhamatlilarning eng marhamatlisi” (Yusuf», 92) ekanligini e'tirof etadi.

Shubhasiz, kecha va kunduzning ketma-ket kelishi, voqealarning asta-sekinlik bilan yuz berishi Allohning insonlar uchun yaratgan hisobsiz ne'matlaridan biridir. Insonlar buni yaxshilab anglab yetishlari uchun Robbimiz quyidagicha marhamat qilgan:

“(Ey Muhammad), ayting: “Xabar beringiz-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha ustingizda mangu qilib qo‘ysa, Allohdan o‘zga qaysi bir iloh sizlarga biron yorug‘lik keltira olur?! Axir anglamaysizlarmi?” Ayting: Xabar beringiz-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha ustingizda mangu qilib qo‘ysa, Allohdan o‘zga qaysi bir iloh sizlarga orom oladigan kechani keltira olur?! Axir ko‘rmaysizlarmi?” («Qasos», 71-72).

Fener

Kecha va kunduzning muntazam ravishda almashinib turishi, ular o‘rtasidagi muvozanatning saqlanishi, tun qisqarsa, kunning uzayishi va aksincha kun qisqarsa tunning uzayishi — borliqning yagona yaratuvchisi — Allohdandir. Insonlar tomonidan eng mukammal yaratilgan soatlar ham bir kecha-kunduzda ma'lum daqiqalarga “adashadi”, biroq kun bilan tunning almashishi, fasllarning bir-biriga joy berishi, ular bilan bog‘liq turli mavsumiy, Alloh tomonidan belgilab qo‘yilgan qonunlar asosidagi tabiat hodisalarida hech qanday mavhumlik yo‘q.

“Quyosh o‘z joyida harakatlanib turadi, ulug‘ va aziz Alloh shuni taqdir qilgandir. Oyga esa xos manzillarni belgilab qo‘yganmiz, hatto tok novdasiga o‘xshab qoladi. Quyosh oyning o‘rniga chiqmaydi. Kechasi kunduzidan o‘tib ketmaydi va barchalari falakda suzib yuradi («Yosin», 38-40).

Agar Alloh istasa yer yuzi faqat kunduz yoki faqat kechadan iborat bo‘lishi mumkin. Faqat jonzotlar bunga chiday olmaydilar. Shubhasiz Alloh kecha va kunduzni bexato tizim asosida yer yuzidagi jonzotlar, o‘simlik dunyosining yashashi uchun qulay sharoit qilib yaratgan. Bu esa Uning shafqat va marhamati cheksiz Zot ekanligining yorqin dalilidir. Yuqorida “Qasos” surasidan keltirilgan 71-72- oyatlarning davomidagi oyatda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“(Alloh) sizlar uchun kecha va kunduzni unda (ya'ni kechada) orom olishlaringiz, (kunduzni esa) Uning fazl-rizqidan istashlaringiz va shukr qilishlaringiz uchun paydo qilib qo‘ygani Uning rahmat-marhamatidandir” («Qasos», 73).

Kecha va kunduzning tartib bilan kelishidagi hikmatlarni faqat tafakkur qiluvchi aql egalari, Allohdan qo‘rquvchi va Qur'on xulqi bilan yashovchilargina e'tirof etadilar.

“Albatta, kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmonlaru yerda yaratgan narsalarda taqvo qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir” («Yunus», 6).

“Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor” («Oli Imron», 190).

“Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan tushirib, u bilan o‘lik yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarning yo‘naltirilishida, osmonu yer orasida itoatgo‘y aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bordir” («Baqara», 164).

Alloh kechani bandalari uxlab orom olishlari uchun yaratganini shunday bildirgan:

“U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va ko‘rsatuvchi etib kunduzni qilgan Zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat-alomatlar bordir” («Yunus», 67).

“Biz ular orom olishlari uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug‘ qilib qo‘yganimizni ko‘rmadilarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir” («Naml», 86).

“Alloh sizlar orom olishingiz uchun kechani va (kasbu kor, sayru sayohat qilishingiz uchun) ochiq-yorug‘ kunduzni yaratib qo‘ygan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga fazlu marhamat sohibidir. Lekin odamlarning ko‘pi shukr qilmaydilar” («Qofir», 61).

Kechaning yaratilishida insonlarning dam olib, hordiq chiqarishlaridan tashqari yana buyuk bir hikmat bordir. Butun mavjudot uyquga ketib, osoyishtalik hukm surgan bir paytda ibodat qilish maqsadida oromidan kechgan mo’min Parvardigori olamning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bergan quyidagi xushxabarini eslaydi:

“Kechasida tahajjud (namozi) qil. Senga nofila bo‘lur. Shoyadki, Robbing seni Maqomi Mahmudda tiriltirsa” («Isro», 79).

Тunda osoyishtalikning hukm surishi mo’minga Allohning qudratini chuqur mushohada qilish, Qur'on o‘qish, duo qilish singari ibodatlarni bajarish uchun qulay qilib berilgan. Buni bilgan mo’min tunning ma'lum qismini ibodat bilan o‘tkazishga intiladi. Ehtiyojlari, kun davomida qilgan gunohlari mag‘firatini Alloh bilan yuzma-yuz qolib so‘raydi. Тunning bir qismini ibodat bilan o‘tkazgan mo’minlarni Robbimiz quyidagicha vasf qilgan:

«Ular kechalarni Robbilariga sajda qilib va (joynamozlarida tik turib) bedor o‘tkazadigan kishilardir» («Furqon», 64).

«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur, (ya'ni tunni ibodat bilan o‘tkazib oz uxlaydilar) Ular Robbilariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo etar va biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilarlar» («Sajda», 16).

«Yo kechalari sajda qilgan va qiyom-tik turgan holda toat ibodat qiluvchi, oxiratdan qo‘rqadigan va Parvardigori rahmatidan umidvor bo‘lgan kishi bilan (kufru isyonga g‘arq bo‘lgan kimsa) barobar bo‘lurmi? Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar» («Zumar», 9).

Тunning ma'lum qismini ibodat bilan o‘tkazgan mo’min shu bilan birga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ham amal qilgan bo‘ladi.

“Albatta, Robbing seni kechaning uchdan biridan ozrog‘ini yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo‘lib o‘tkazayotganingni va sen bilan birga bo‘lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladi” («Muzzammil», 20).

 

2 / total 5
You can read Harun Yahya's book Qur'on Axloqiga Ko‘ra Mo'minning 24 Soaтi online, share it on social networks such as Facebook and Twitter, download it to your computer, use it in your homework and theses, and publish, copy or reproduce it on your own web sites or blogs without paying any copyright fee, so long as you acknowledge this site as the reference.
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top