Qur'on Axloqiga Ko‘ra Mo'minning 24 Soaтi

DOWNLOAD THE BOOK

Download (DOC)
Comments

CHAPTERS OF THE BOOK

< <
3 / total: 5

Ikkinchi Bo‘lim
Mo’min Har Qanday Sharoitda Qur'on

Xulqiga Ko‘ra Harakat Qiladi Oilasi va Yaqinlari Bilan Munosabati

Aile Japon Kızlar

A believer gives thanks to Allah when he considers the creation of his parents who have spent so much time and labour looking after him over the years since he first opened his eyes to this world.

Vaqtida o‘qilgan namozdan keyingi Allohga manzur bo‘ladigan fazilat — ota-onaga yaxshilik qilishdir. Har bir inson o‘zining dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan, yillar davomida mehr bilan parvarish qilgan ota-onasi uchun Allohga shukr qilishi, ularga yaxshi munosabatda bo‘lishi, ularning haqqiga duo qilishi bajarish zarur bo‘lgan muhim vazifalardan biridir. Mo’min har doim shu haqiqatni yodda tutishi lozim: ota-onasini yaratgan, ularga marhamat, shafqat va farzand sevgisini bergan Allohdir. Alloh ojiz, bir parcha et holidagi kichkina vujudning katta bo‘lib, o‘zini boshqarish holiga kelishi uchun ota-onalarni farzandlariga mehribon qilgan. Alloh insonni voyaga yetkazish uchun ota-onalarga ulkan muhabbat, mas'uliyat, sabru toqat, ayni vaqtda ota-ona bo‘lishdek buyuk baxt ato etgan. Farzand buni doimo yodda tutishi, Allohga va ota-onaga shukr qilishi, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga chaqirib, Qur'oni karimda shunday marhamat qilingan:

«Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi, uni ko‘krakdan ajratish muddati ikki yilda kelur» («Luqmon», 14).

«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib, qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo‘lish va (sutdan) ajratish muddati o‘ttiz oydir. Endi qachon u voyaga etib, qirq yoshga to‘lganda: «Parvardigorim, Sen menga va ota-onamga in'om etgan ne'matlaringga shukr qilishga va o‘zing rozi bo‘ladigan yaxshi amallarni qilishga muvaffaq etgin va mening zurriyotlarimni ham solih bandalaringdan qil. Senga tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman» dedi» («Ahqof», 15).

«Keling: Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: “Unga hech narsani sherik keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling!» («An'om», 151).

Mo’min yuqoridagi oyatlarga amal qilib ota-onaga doimo yaxshilik qilishga, ularga hurmat ko‘rsatib, ko‘ngillarini olishga harakat qiladi. Bola ota-onaga qanchalik ehson qilmasin, o‘zidan qanchalik ortiq ko‘rmasin, hech vaqt o‘zi dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan mukofotni qaytara olmaydi. Ota-onaga e'tibor, hurmat ko‘rsatish bilan ular o‘zlari uchun ham yaxshilik qiladilar, ya'ni farzandlaridan yaxshi muomala ko‘rishga yanada munosib bo‘ladilar.

Ota-onaga qo‘pol muomala qilib dillarini og‘ritish qat'iy man' etilganini bilgan mo’min quyidagi oyatni doim esda tutadi:

“Robbingiz, yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onangizga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Ulardan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” (jonimga tegdi) dema, ularning (so‘zlarini) qaytarma. Ularga doimo yaxshi gapir” («Isro», 23).
Zenci

Buni bilgan mo’min yuqoridagi oyatga amal qilib qo‘lidan kelganicha ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qiladi va navbatdagi oyatda bildirilganidek ularning haqqiga duo qilishda bardavom bo‘ladi:

«Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut, xokisor bo‘l va: «Robbim, (ular) meni go‘dakligimdan qanday shafqat ila katta qilgan bo‘lsalar, sen ham ularga marhamat qilgin», deb duo qil» («Isro», 23-24).

Alloh taolo ota-onaning kim va qanday odam bo‘lishlaridan, qaysi dinga e'tiqod qilishlaridan qat'i nazar ozor berishni man' etib, shunday marhamat qilgan:

«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (ya'ni ota-ona xoh yaxshi, xoh yomon, xoh musulmon, xoh g‘ayridin bo‘lsin ularga yaxshilik qilish farzandning burchidir) Agar ular sen bilmagan narsalarni (soxta xudolarni) Menga sherik qilishing uchun zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma. (Barchangiz) Menga qaytursizlar hamda Men qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berurman» («Ankabut», 8).

Ota-onasi hali-hanuz Islom ne'mati, ibodat qilish baxtidan benasib mo’minlar shirin so‘z bilan ularning ko‘ngillarini olib, haq yo‘lga da'vat etishlari lozim. Bunda mo’min otasi butga sig‘ingan Ibrohim alayhissalomning quyidagi muomalasini o‘ziga ibrat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:

“Ey otam, albatta, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergash, seni to‘g‘ri yo‘lga boshlayman. Ey otam, shaytonga ibodat qilma. Albatta, shayton Rahmonga osiy bo‘lgandir. Ey otam, albatta, men seni Rahmon tomonidan azob tutishidan va shaytonga do‘st bo‘lib qolishingdan qo‘rqaman”, degan edi” («Maryam», 43-45).

Ming afsus, oramizda shundaylar borki, ota-onasi qarib, kuch-quvvatdan qolib, e'tiborga, parvarishga muhtoj bir vaqtda uni qariyalar uyiga topshiradilar yoki ular o‘z uylarida begonadek qarovsiz holda yashaydilar. Islom ta'limoti bo‘yicha ota-onani hayotlik paytida xo‘rlash u yoqda tursin, ular vafot etgandan keyin ham ularning haqiga duo va istig‘for aytmoq, va'da qilib bajara olmagan yumushlarini o‘rniga qo‘ymoq, qarzlari bo‘lsa uzmoq, ota-onalaridan yodgor bo‘lib qolgan aka-ukalari, opa-singillariga oqibatli bo‘lish, Allohga yaqinlashtiruvchi, umrni ziyoda qiluvchi, rizqqa baraka beruvchi go‘zal amallardan hisoblanadi.

A'zolarining bari Qur'onni hayotiga rahbar qilgan oilalarda mudom tinch-totuvlik, osoyishtalik, baraka, xursandchilik hukm suradi. Ba'zi oilalarda bo‘ladigan sababsiz kelishmovchiliklar, urush-janjallar Qur'on xulqiga to‘la amal qiluvchi mo’minlar oilasida yuz bermaydi. Ularning oilasida erning aroq ichib kelishi, xotining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, farzandlarning ota-onaga itoat qilmasligi singari muammolar bo‘lmaydi. Hukm surayotgan o‘zaro mehr-muhabbat, ahillik tufayli oilaning barcha a'zolari jam bo‘lib o‘tirishi mo’min uchun zavq bag‘ishlaydi. Alloh rahmat nazari bilan qarovchi bunday oilalarda farzandlar ota-onaga mehr-oqibatli, ota-onalar ham farzand Allohning omonati ekanini bilib, ularning odob-axloqiga mas'uliyat bilan qaraydilar.

Oila deganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida mehr-muhabbat, o‘zaro ishonch bilan yashovchi bir nechta odamning kichkina jamoasi gavdalanadi. Lekin Qur'on ilmi, Qur'on xulqidan bexabar yoki xabardor bo‘la turib amal qilmaydigan oilalarning ko‘pida tasavvurimizning aksini ko‘ramiz. Biz hammaning orzusidagi tinch, xotirjam, o‘zaro hurmat, muhabbat hukm suruvchi oila bo‘lib shakllanishlikka faqat Qur'on xulqini mukammal bilib, unga to‘la amal qilishda bardavom bo‘lish orqaligina erishish mumkinligini takror aytishdan charchamaymiz.

Ne'matlar Oldidagi Tutumi...

nimetler

Believers who put aside their habitual views and observe their environment will understand that everything they perceive is a blessing from Allah.

Osongina erishish natijasida ko‘z o‘rganib, oddiy narsadek tuyulgan barcha ne'matlarga faqat mo’minlar, ularning ichida ham Qur'onga amal qiluvchilargina ibrat nazari bilan qaraydilar. Ular ko‘rayotgan ko‘z, eshitayotgan quloq, harakatlanayotgan oyoq-qo‘l, eyilayotgan oziq-ovqatlar, nafas olinayotgan toza havo, egalik qilinayotgan uy-joy, mashina singari sanab-sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan barcha ne'matlarning sohibi Alloh ekanligi hamda “Agar Allohning ne'matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar. Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir” («Nahl», 18) oyatida Robbimiz bildirgani kabi, Uning ne'matlari behisobligini biladilar. Mo’minlar Alloh halol qilgan behisob ne'matlaridan bahramand bo‘ladi. Lekin ba'zi johil kimsalar kabi ularga aldanib, oxirat va Qur'on xulqi bilan yashash mas'uliyatini unutmaydilar. Shu sababli Alloh ato etgan davlat, shuhrat, iqtidor singari sinov uchun berilgan vaqtinchalik ne'matlardan kibrlanib, Qur'onga zid harakat qilmaydilar. Ular bu ne'matlarning bari Allohdan ekanini va istagan vaqtda qaytarib olishi mumkinligini biladilar.

Qur'on bilan xulqlangan mo’min uchun mol-mulk, shuhrat singari dunyo ne'matlari Allohga yaqinlashish va shukr etish uchun bir vosita. Qisqa muddat foydalanadigan uy-joy, mashina, kiyim-kechak kabi ne'matlarga ega bo‘lish mo’minning hayotidagi asosiy maqsadi emas. Misol uchun dunyoviy hayotda eng ko‘p foydalaniladigan uyni olaylik. Inson o‘rtacha 60-70 yillik umrini shu uyda o‘tkazadi. Hayoti nihoyasiga yetgach, sevib, qadrlagan uyi qolib ketadi. Aniqki, o‘lim inson bilan dunyo ne'matlarini bir-biridan ayiruvchidir. Mo’min bu haqiqatlarni biladi, shu sababli dunyo va uning ne'matlariga aldanib qolmaydi. U berilgan ne'matlarning haqiqiy sohibi kimligini bilib, so‘zi, harakati, fe'li bilan Yaratganga minnatdorchilik izhor qiladi.

Ba'zilar shukr etish uchun juda katta va maxsus ne'mat kelishini yoki ulkan muammolari hal bo‘lishini kutadilar. Hayoti, sog‘lig‘i, nafas olayotgan toza havosi, bahramand bo‘layotgan quyosh nuri kabi sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan ne'matlarga bepisand qaraydilar. Allohni eslash, Uning sifatlarini mushohada qilishdagi nuqsonlar tufayli g‘aflatda bo‘lganlar, bu ne'matlarning qadrini vaqtida bilmasdan, shukrini qilmaydilar. Ularning qadrini qo‘ldan boy berganda tushunib qoladilar. Mo’minlar faqat xursandchilikda yoki mol-mulk, davlat ato etilganda shukr qilmaydilar. Har narsaning haqiqiy egasi Alloh ekanligini bilgan mo’min iymon, sog‘liq, go‘zallik, ilm bilan birga, Allohdan yetgan musibat, ko‘ngilsizlik kabi ranjituvchi narsalarga ham qalbdan shukr qiladi. Berilgan ne'matlar uchun kibrlanmay, fe'li va harakatlari bilan minnatdorchilik bildirgan bandalariga Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“... Qasamki, agar bergan ne'matlarimga shukr qilsangizlar, albatta (ularni yanada) ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne'mat) qilsangizlar, albatta azobim ham juda qattiqdir” («Ibrohim», 7).

Ayıcık

“Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz” oyatiga ko‘ra barcha ne'matlar bizlar uchun U zotning imtihonidir. Mo’minlar bu ne'matlar uchun shukr qilish bilan birga, ularni imkon qadar xayrli ishlarga sarflab, yaqinlariga, muhtojlarga nisbatan xasislik qilmaydilar. Ular xasislik qilib mol-dunyo to‘plash jahannam ahliga xosligini bilib bunday illatlardan qat'iy uzoq turadilar.

“Yo‘q (insonlar bu fikridan qaytsin!) Albatta u (jahannam) kuchli alangadur. Boshning terisini sidirib oluvchidir. Kim (Haq yo‘lidan) orqaga ketsa va (iymondan) yuz o‘girsa va (molni) yiqqan bo‘lsa va yig‘ib berkitgan bo‘lsa, (jahannam) chaqiradi. Albatta, inson betoqat qilib yaratilgandir. Agar unga yomonlik yetsa chidamsiz bo‘ladi. Va agar yaxshilik yetsa, ko‘p man qiluvchi (baxil)dir” («Maorij», 15-21).

Alloh taqvodorlarning sifati haqida “Ular g‘aybga iymon keltirurlar, namozni to‘kis o‘qirlar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar” («Baqara», 3) deb, bandalariga ehtiyojdan ortganini, davlatining ortiqchasini xayr-ehson, nafaqa qilish kerakligini bildirgan. Zero, nafaqa qiluvchilar mol sarflashda saxiylik qiladilar, mol-davlatga hirs qo‘yish dardidan xalos bo‘ladilar, odamlar o‘rtasida insoniy birodarlik, tenglik burchlarini ado etib, Alloh roziligini topish baxtiga erishadilar.

Go‘zallik Qarshisidagi Tutumi...

Manzara Manzara

Because wealth, splendour and beauty are characteristics of the Garden, the imitations of them in this world remind people of the Garden. That increases a believer's eagerness and desire to attain it, but the disbelievers settle for it in this life and show no interest in the afterlife.

Boylik, dabdaba, go‘zallik jannatga xos ne'matlar bo‘lib, Alloh bandalarining jannatga kirish orzusini orttirish maqsadida yer yuzida bu ne'matlarning ayrimlarini yaratgan. Bu haqda “Baqara” surasida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga, ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand bo‘lsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, derlar. Ularga (surati bir-biriga) o‘xshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qolurlar” (25-oyat).

Jannat ne'matlari dunyo ne'matlariga qanchalik o‘xshamasin, haqiqiy va boqiyligi bilan ulardan ustun turadi. Qur'on bilan xulqlangan mo’min go‘zalikka duch kelganda jannatdagi go‘zallik bundan afzal va boqiyligini o‘ylaydi. Osmonga qaraganda “Kengligi osmonu yercha bo‘lgan” («Oli Imron», 133) jannatning buyukligini, go‘zal maskanlarni ko‘rganda “ostidan daryolar oqib turgan joylar”ni” («Ankabut», 58) ko‘zni qamashtiruvchi ziynatlar ko‘rganda “tillo bilaguzuklar va injular ila bezatilajaklar” («Fotir», 33) oyatini, qimmatbaho chiroyli kiyimlar ko‘rganda “shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar” («Kahf», 31) xushxabarini, mazali taom eganda, shirin suv ichganda “...Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta'mi o‘zgarmaydigan sutdan bo‘lgan daryolar ham, ichguvchilar uchun lazzatli (ya'ni badta'm va aqldan ozdirguvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham bor”ligini («Muhammad», 15), chiroyli qimmatbaho mebellar ko‘rganda jannat ahli “bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lib yonboshlagan hollarida o‘tiradigan to‘qima, ya'ni duru yoqutlar aralashtirib to‘qilgan tilla so‘rilarda” («Voqea», 15-16) o‘tirishini mushohada qiladilar.

DenizQur'on bilan xulqlangan mo’min o‘zidan badavlatroq kishini ko‘rganda hasad qilmaydi. Hashamatli uyi, so‘nggi marka mashinasi bo‘lmagani uchun o‘ksinmaydi. Chunki mo’min hayotining asosiy maqsadlaridan biri bu ne'matlarga vaqtinchalik emas, balki abadiy egalik qilishdir. Ular abadiy egalik qilish faqat Alloh roziligini topib, jannatga kirgandagina bo‘lishini biladilar. Alloh taoloning quyidagi xushxabari ularni mudom jannat sog‘inchi bilan yashashga da'vat qiladi:

“Robbilari ularga o‘z tarafidan bo‘lgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy ne'matlar bor jannatlarning bashoratini beradi” («Тavba», 21).

Qur'on bilan xulqlanishdek buyuk baxtdan benasib kimsalar asl yurt — oxirat yurti ekanligini “unutib”, dunyoning vaqtinchalik ne'matlariga hirs qo‘yadilar. Umr atalmish insonga bir marta beriladigan bebaho imkoniyatning asosiy qismini o‘tkinchi, ahamiyatsiz narsalar ortidan quvib o‘tkazib yuboradilar. Xayollarini mudom “Nega men boy emasman?”, “Nega menda bu narsalar yo‘q?” singari alamli savollar band etgan. O‘zlarida bo‘lmagan dunyoviy ne'matlarni birovda ko‘rish ularning qalbida hasad uyg‘otadi.

Ahamiyatsiz Tuyulgan Narsalar Qarshisidagi Tutumi...

Barcha odamlar ham kun davomida turli xil ko‘ngilsizlik, dilni ranjitadigan voqea-hodisaga duch keladilar. Bunday holatdan hech kim muhofazalangan emas. Faqat mo’minlar ko‘ngilsizlik katta-kichik bo‘lishidan qat'i nazar, Allohga taslim bo‘ladilar. Ular Allohni o‘zlariga vakil bilib “Alloh bizni yaxshilik va yomonlik bilan imtihon qiladi. Bu unutmaslik shart bo‘lgan muhim haqiqatdir”, deb o‘ylaydilar.

Kız Çocuğu Kız Çocuğu

Various difficulties can happen for a person throughout the day. But no matter what difficulties he may encounter, a believer puts himself in Allah's hands and thinks:

Alloh bandalari bilan yuz bergan har qanday voqea O‘zidan ekanligini quyidagicha bildirgan:

“Sen: “Bizga Alloh yozib qo‘ygan narsadan o‘zgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Mo’minlar Allohgagina tavakkal qilsinlar”, — deb ayt” («Тavba», 51).

Mo’minlar yuz bergan har bir voqea Allohning izni-irodasi bilan ro‘y berishi, unda hikmat borligini, shuningdek yoqmagan narsada yaxshilik borligi, yoqtirgan narsada esa yomonlik bo‘lishi mumkinligini ham biladilar. Chunki ular Alloh taoloning quyidagi oyatini mudom yodda tutguvchilardir:

“....Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz” («Baqara», 216).

Oyatda aytilganidek nima yaxshi-yu nima yomon, biz buni bilmaymiz. Faqat mehribon va rahmli Allohni do‘st bilib, unga tavakkal qilib, itoat etib yashasak ulkan yutuqlarga erishamiz.

Barcha insonlar kabi mo’minlar ham o‘zlari istamagan holda turli muammolarga duch keladilar. Lekin Qur'on bilan xulqlangan mo’min ularning har biridan o‘ziga hikmat qidiradi. Kelib chiqqan muammo qanday bo‘lishidan qat'i nazar, hech qachon o‘zini yo‘qotib, Allohga isyon qilmaydi. Bunday holga tushgan mo’min, mudom Allohga iltijo bilan duo qiladi. Chin dildan qilingan duo, albatta, qabul bo‘ladi. Lekin qabul qiluvchi Zot qachon xohlasa, o‘shanda qabul qiladi. Odamlar buni tushunmay, shoshiladi.

Köpekler

Alloh Ibrohim va Ismoil alayhimussalomning “Zurriyotimizdan ham o‘zingga musulmon ummat qilgin” deb qilgan duolarini ko‘p asrlardan so‘ng qabul qilib, Muhammad alayhissalomni Payg‘ambar qilib yubordi. Musulmon olamidagi shunday buyuk zotlarningki duolari ko‘p asrlardan keyin ijobat bo‘lsa-yu, biz gunohkor bandalar arzimagan bandalik burchimiz uchun Allohdan katta mukofotlar kutib yashashimiz — xudbinlik emasmi?

Mo’min odam muammolari yechimini topgach, qiyinchilik ortidan osonlik kelganini, duosining qabul bo‘lganini, hamda Allohning duolarni eshitguvchi va ijobat qilguvchi ekanligini yana takror o‘ylab, shukr qiladi. Bularni bilgan mo’min kun davomida qanday ko‘ngilsizlikka uchramasin, aslo noumid bo‘lmaydi. Alloh buni hikmat va xayr asosida qilganini biladi. Misol uchun, ishga kechikayotganingizda aksiga olib chiqishingiz lozim bo‘lgan transport to‘xtamay o‘tib ketdi. Ba'zilar bundan g‘azablanib, birrov so‘kinib ham olishadi. Qur'on bilan xulqlangan mo’min esa darrov yuqoridagi oyatlarni eslab “bunda ham bir hikmat bor” deb qo‘yadi. Navbatdagi transportga o‘tirganida, yo‘lning o‘rtasida o‘zi ulgura olmagan o‘sha ulovning buzilib qolganini ko‘rib, yana bir bor Allohning behikmat ish qilmasligiga amin bo‘ladi.

Dunyoviy hayotda musibatga uchramagan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak. Alloh bandalarini yaxshilik bilan imtihon qilgani kabi, yaqin odamidan ayirish, rizqini qisish, xastalik singari musibatlar bilan ham sinaydi. Sinovdan yaxshi o‘tgan bandalariga Alloh taolo shunday xushxabar bergan:

«Albatta, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: “Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytguvchimiz”, deyishadi. Ana o‘shalarga yaratgan Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar hidoyat topganlardir» («Baqara», 155-157).

Alloh insonlarni har xil yo‘llar bilan imtihon qilar ekan, sabr qilganlarga salovot, rahmat va ular haq yo‘lda ekanligi mujdasini bergan. Allohning oyatida zikr qilingan sabr, vaqt o‘tib ilojsizlikdan ko‘nikkan sabr emas, balki musibat yetgan vaqtdanoq sabr ila Allohga itoat etishdir.

Bilgisayar

Inson kun davomida turli yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Misol uchun ro‘zg‘orni tebratib turishga sabab bo‘lgan sevimli ishidan ayrildi, deylik. Johil inson bunday paytda oilasi uchun muhim bo‘lgan rizq manba'ini yo‘qotdim deb qattiq qayg‘uradi. Ba'zan bu yo‘qotish hayotining ostin-ustun bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. Johillardan farqli o‘laroq, mo’min rizq beruvchi, uning sabablarini yaratuvchi Alloh ekanligini biladi. Ular uchun rizq kelish sababi bo‘lgan ish Allohning ne'matlariga yetish vositasi xolos. Shu sababli ishini yo‘qotgan mo’min sabr bilan Allohdan yaxshi oqibatlar kutib duo qiladi. Ular rizq beruvchi va istaganida uni olib qo‘yuvchi Alloh ekanini unutmaydilar. Qur'onni o‘ziga rahbar qilgan mo’min ish joyini yo‘qotish, moddiy zararga uchrash, ruhiy iztirob chekish singari ko‘ngilsizlikka duch kelsa, o‘z harakatlarini tahlil qila boshlaydi. Allohga xush kelmagan biron nojo‘ya harakat qilgan-qilmaganligini o‘ylab, o‘z-o‘ziga quyidagi savollarni beradi:

1. Qo‘ldan ketgan davlat uchun lozim darajada shukr etmadimmi?
2. Alloh bergan ne'matlar uchun noshukrlik yoki xasislik qildimmi?
3. Alloh, uning ibodati va oxiratni unutib davlatga hirs qo‘ydimmi?
4. Davlatim sabab kibrlanib, o‘zimni katta tutib Allohning yo‘li va Qur'ondan uzoqlashdimmi?
5. Alloh roziligi uchun emas, balki odamlarga yoqish, ularning hurmatini qozonish yoki nafsim orzusiga ko‘ra pul sarfladimmi?

Mo’min o‘z-o‘ziga bergan yuqoridagi savollarga vijdonan, samimiyat va adolat bilan javob berishga harakat qiladi. Javob natijasi xato va gunohlarini yuvishga, Allohga xush kelmagan harakatlarini isloh qilishga sabab bo‘ladi. Bilib-bilmay gunohlar qilish hamda yomon deb bilgan barcha narsadan Allohdan najot so‘rab duo qiladi. Alloh Qur'onda iymon keltirgan bandalarining shunday duo qilganliklarini quyidagi tarzda bildirgan:

“Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o‘xshash og‘irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizlarni afv et, mag‘firat qil va rahim et. Sen xojamizsan” («Baqara», 286).

Ba'zan hayotda shunday voqealarning guvohi bo‘lamiz: Allohga kufr keltirib, musulmonlarga zarar yetkazayotganlarning oshig‘i olchi, nima xohlasalar shunga erishib yuribdilar. Mo’min — musulmonlar esa aksincha: ko‘ngilsizlik ustiga ko‘ngilsizlik, musibat ustiga musibat keladi. Faqat Qur'on bilan xulqlangan mo’minlargina bunda ham Allohning hikmati borligini, bu qiyinchilik insonning ma'naviy kamol topishiga sabab bo‘lishini biladi.

“...O‘tgan narsaga va yetgan musibatga xafa bo‘lmasligingiz uchun sizga g‘am ustiga g‘am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir” («Oli Imron», 153).

“Biror musibatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bo‘lur, aks holda yer yuzida va o‘z shaxslaringizda sizga biror musibat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir. Тoki, ketgan narsaga qayg‘urib, kelgan narsadan xursand bo‘lmasligingiz uchun. Alloh barcha dimog‘dor va maqtanchoqlarni suymaydi” («Hadid», 22-23).

Mo’minlar uchun kun davomida ketma-ket kelayotgan mashaqqatlar, ko‘ngilsizliklar uning imtihon dunyosida ekanligini eslashga, Allohga yanada yaqin bo‘lish uchun harakatining mukammalashuviga, hamda Qur'on axloqiga qat'iy amal qilishiga sabab bo‘ladi. Alloh uni bu yo‘l bilan tarbiya qilishini, unga oxiratda cheksiz ne'matlar tayyorlanganligini bildiradi.

Kasal Bo‘lganda...

Hasta Çocuk

A person aware of his faith will be steadfast and put himself in Allah's hands whenever he is sick because he realises that his illness is a test from Allah, just as he realised that his health is a test from Allah. He realises that trials and afflictions are tests from Allah just as are well-being and prosperity and ease, and indeed the latter are probably more serious and difficult tests.

Qur'on bilan xulqlangan mo’min kasallik vaqtida ham nihoyatda sabrli va itoatli bo‘ladi. Sabr deganda ko‘pchilik insonning boshiga biror bir baxtsizlik, musibat tushganda salbiy ma'noda, ya'ni nima bo‘lsa ham sabr qilyapman deb, jim, harakatsiz yurishni tushunadi. Islom ta'limotiga ko‘ra sabr — Allohning aytganini bajarish, Allohdan kelgan musibatlar jarayonida uchraydigan mashaqqatlarni yengishdagi sabr demakdir. U kasallik ham Allohning imtihoni bo‘lishi bilan birga, avvalgi gunohlarining kafforati ekanligini ham biladi. Shu sababli dardi qanchalik og‘ir bo‘lmasin, xafa bo‘lmaydi va Allohdan sabr va shifo so‘rab duo qiladi. U dardni ham, shifosini ham Alloh berishini biladi. Mo’minning kasallik vaqtidagi shiddatli og‘riqlarga qilgan sabriga Alloh “yaxshilik” deb ta'rif bergan:

“... lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg‘ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko‘rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa; Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambag‘allik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga xosdir. Ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar taqvodorlardir” («Baqara», 177).

Mo’min kasallik vaqtida sabr qilish bilan birga, shifo topish uchun sabab ham axtaradi. Тuyg‘ulariga berilib, bolalarcha harakat bilan yaqinlari e'tiborini tortishga intilmaydi. Ular sog‘ayib ketish uchun chora qidirish bilan birga, haqiqiy shifo beruvchi Zotdan sog‘liq so‘rab duo qilishadi. Alloh Qur'onda iymon keltirganlarga Ayyub alayhissalomni ibrat qilib ko‘rsatib, u zotning kasallik vaqtida Allohga shunday duo qilganini bildirgan:

“Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: “Parvardigorim, meni balo ushladi. O‘zing marhamatlilarning eng marhamatlisisan” («Anbiyo», 83).

Shuni ham yaxshi bilish kerakki, foydalanayotgan dorilarning bari shifo topish uchun faqat sabab xolos. Alloh istasagina dorini sabab qilib, shifo topishga izn beradi. Qisqasi, shifo beruvchi yolg‘iz Allohdir. Alloh Qur'onda bu haqiqatni Ibrohim alayhissalomning quyidagi so‘zlari bilan bayon qilgan:

“Kasal bo‘lgan vaqtimda uning O‘zi menga shifo berur” («Shuaro», 80).

Johil kimsalarning mo’minlardan farqli jihatlari, xastalanganda darrov isyon qilishida bilinadi. Ular “Nega aynan men kasal bo‘ldim?”, “falonchi doim otdek soppa-sog‘” degan nojo‘ya savollar bilan, Allohning taqdiridan norozi bo‘ladilar. Bunday noto‘g‘ri mantiq asosida yashayotganlar kasallik vaqtida sabr qilish kerak, unda ham biror yaxshilik bordir degan tushunchalardan yiroqlar. Mo’minlar ulardan farqli holda, xastalik Allohga yanada yaqin bo‘lish uchun qulay imkoniyat ekanligini, unda ham yaxshilik va hikmat borligini biladilar. Kasallik sabab ular sog‘liqning qanday buyuk ne'mat va insonning kibrlanishga arzimaydigan ojiz bir banda ekanligiga yana bir bor amin bo‘ladilar.

Umrbod yoki vaqtinchalik to‘shakka mixlanib qolishga sabab bo‘luvchi shunday kasalliklar borki, inson qanchalik kuchli, qanchalik boy va mag‘rur bo‘lmasin, Alloh bergan dard oldida bo‘yin egib, to‘shakda yotishga majbur bo‘ladi. Bu insonning ojiz va zaif maxluq ekanligini bildiradi. Har ishni O‘zigagina ayon bo‘lgan hikmat asosida qiluvchi Robbimiz, istagan bandalarini salomatlik, boylik, go‘zallik yoki kasallik, faqirlik singari turli yo‘llar bilan O‘ziga yaqinlashtiradi. Mo’min bunday holda dunyoning o‘tkinchiligini, o‘lim haq va a oxirat abadiyligini yana bir bor eslaydi.

Ozor Yetkazuvchi Narsalar...

Kundalik turmushimizda tez-tez insonlarga ozor yetkazuvchi, noxushlik keltirib chiqaruvchi yoki qo‘rqinchli hodisalarga duch kelamiz. Kutilmaganda havo bulutlanib, momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqishi, osmonni zulmat qoplab, qattiq yomg‘ir yog‘ishi, kuchli shamol esib, yeru ko‘kka chang-to‘zon ko‘tarilishi, yarim tunda zilzila bo‘lib yerning silkinishi, sel kelishi, kuchli yong‘in, kuyib kulga aylangan bino, xaroba va tashlandiq joy, jamoat hojatxonasidagi ifloslik, ko‘chaning qoq o‘rtasidagi axlat uyumi va undan kelayotgan badbo‘y hid shular jumlasidandir. Mo’minlar boshqa narsalar singari bu kabi ozor yetkazuvchi va qo‘rqituvchi voqea, hodisa va ko‘rinishlarning ham o‘ziga yarasha hikmati borligini biladilar. Bunday narsalar ularga qiyomat kunini, jahannamni, dunyodagi jirkanch, ozor beruvchi va qo‘rqinchli narsalarga qiyoslab bo‘lmaydigan muhitda mudom davom etadigan azob va qo‘rquv dahshatini eslatadi.

Alloh taolo Qur'oni karimda qiyomat kuni dahshatlarini birma-bir bildirgan. Qiyomat kuni yetti qavat osmon parcha-parcha bo‘lib yoriladi, bahaybat tog‘lar titilgan uvadadek uchib yuradi. Yer dahshatli silkinib o‘zidagi barcha inson jasadlarini yuzaga chiqarib tashlaydi. U kuni tog‘lar o‘z joylaridan jildiriladi, vahshiy hayvonlar bir joyga to‘planib qoladi, dengizlar tandir kabi qizitilib, suv o‘rniga olov bilan to‘ldiriladi, jonlar qaytadan badanlarga juftlanadi. U kuni yerlar qattiq larzaga keladi, hamda yoyilib tep-tekis bo‘ladi. U kuni tarozilar quriladi, daftarlar ochiladi, jahannam ko‘rinadi, qaynaydi, bo‘kiradi, olov sachratib yonadi. Qiyomat kunidagi dahshatli voqealar faqat bu bilan chegaralanmaydi. (Ko‘proq ma'lumot olish uchun «Voqe'a», «Hud», «Mursalot», «Тakvir» suralarini va ularning tafsir-tarjimalarini o‘qing)

Allohning rahmati ila ibrat nazari bilan qarovchi mo’minlar zilzila, momaqaldiroq, chaqmoq, kuchli shamol, sel, yong‘in, vulqon kabi nafaqat ongli insonga, balki ongsiz hayvonlarga ham dahshat soluvchi, ularni bo‘kirtirib, tum-taraqay qiluvchi bu tabiat hodisalaridan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarishadi. Bandalariga eslatma sifatida Allohning izni bilan ro‘y beradigan, qiyomat dahshatlarining juda ham kichik bir ko‘rinishini o‘zida aks ettirgan bu kabi tabiat hodisalarida Allohning juda buyuk marhamati bor. Agar bu kabi qo‘rqinchli hodisalar bo‘lmaganda, odamlarda qiyomat kuni haqida tasavvur bo‘lmas edi. Тasavvurga ega bo‘lmasdan turib, Allohning azobidan qo‘rqish, qiyomat dahshatlaridan najot istash, ulardan xalos bo‘lish uchun duo qilishga mudom intilish bo‘lmas edi. Qiyomat, jahannam haqida juda oz bo‘lsa ham tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng, Allohga ibodat uchun shoshiluvchilarning soni ko‘paysa ajab emas.

Alloh taolo bandasiga eslatma uchun yer yuzida bir qancha ozor yetkazuvchi, ko‘rganda irgantiruvchi holatlarni yuzaga keltirgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek yonayotgan uy, kuyib kulga aylangan imorat, tashlandiq va xaroba joy, o‘zidan badbo‘y hid tarqatuvchi axlat uyumi, kuchli kuyish natijasida tanada yuzaga kelgan chandiq, avtohalokat oqibatida badandagi ayrim a'zolarning jarohatlanishi kabi noxush narsalar shular jumlasidandir. Odam, ayniqsa, ibrat nazari bilan qarovchi mo’min bularni ko‘rganda jahannam dahshati va uning ahlini o‘ylaydi. Alloh Qur'onda bandalari ogoh bo‘lib, jahannamga eltuvchi gunohlardan saqlanishi uchun, uning juda yomon makon ekanligini bir necha bor eslatgan. Shuningdek jahannam azobidan panoh so‘rab duo qiluvchilarni O‘zining suyukli bandalari qatoriga kiritib, shunday marhamat qilgan:

“Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu' bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) xitoblar qilgan vaqtida ham “Omon bo‘linglar”, deb javob qiladigan kishilardir. Ular kechalarni Robbilariga sajda qilib va (joynamozlarida tik turib) bedor o‘tkazadigan kishilardir. Ular “Parvardigoro, O‘zing bizlardan jahannam azobini daf' qilgin. Darhaqiqat uning azobi ketmas-mangu (azobdir). Darhaqiqat u eng yomon qarorgoh va eng yomon joydir”, deydigan kishilardir” («Furqon», 63-66).

Yer yuzidagi qo‘rqinchli va ozor beruvchi narsalar jahannamdagi dahshatli manzara, zulmat, ifloslikning juda ham kichik bir ko‘rinishidir. Jahannam azobi, qo‘rqinchi ko‘pgina oyatlarda quyidagi tarzda bildirilgan:

“(Do‘zax) ularni uzoq joydan ko‘rgan vaqtidayoq uning hayqiriq va bo‘kirigini eshiturlar. Qachon ular kishanlangan hollarida (do‘zaxdan) tor bir joyga tashlanganlarida o‘sha joyda (o‘zlariga) o‘lim tilab qolurlar” («Furqon», 12-13).

 

“Ular (kofirlar) jahannamga tashlangan chog‘larida uning mudhish ovozini eshitadilar, jahannam esa (qozonday) qaynab turgan bo‘ladi. U jahannam g‘azabdan yorilib ketay deydi” («Mulk», 7-8).

Bu oyatlarni eslagan odam jahannam azobidan najot berishini tilab, Allohga duo qiladi, gunohlari uchun istig‘for aytib, mag‘firat so‘rashda bardavom bo‘ladi.

Cehennem

A person who remembers these verses will immediately pray that the Lord will deliver him from the pains of the Fire and will ask forgiveness for the things he has done wrong.

Alloh Qur'onda bergan tasvirlarga ko‘ra, jahannam o‘zidan badbo‘y hid tarqatuvchi, tor, sershovqin, qorong‘u, tutunga to‘la azob beruvchi maskandir. Uzoq va shiddatli davom yetadigan azob, olovdan bichilgan kiyimlar, to‘shaklar, eng jirkanch taom va ichimliklar jahannamda bo‘lib, buni Alloh taolo shu tarzda bildirgan:

“...Bas kofir bo‘lgan kimsalar uchun o‘tdan bo‘lgan kiyimlar bichildi, (endi) ularning boshlaridan qaynoq suv quyilib, u suv bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. Ular uchun temir gurzilar bordir. Har qachon ular (do‘zax) ham-azobidan (qochib) chiqmoqchi bo‘lsalar (gurzilar bilan) yana unga qaytarilurlar va (ularga): “O‘t azobini totib ko‘ringiz”, (deyilur)” («Haj», 19-22).

“O‘ta qizib turgan olovga kiradir. Ular qaynab turgan buloqdan sug‘oriladilar. Ularga tikandan boshqa taom yo‘qdir. U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir” («Qoshiya», 4-7).

“So‘ngra, siz ey (qayta tirilishni) yolg‘on deyuvchi adashganlar, albatta, siz zaqqum daraxtidan eyuvchisiz. Bas undan qorinlarni to‘ydiruvchisiz. Bas, ustidan o‘ta qaynoq suvdan ichuvchisizlar. Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar. Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!!” («Voqea», 52-56).

“Bas, bugungi kunda unga bu yerda biron do‘st, birodar yo‘q. Va unga g‘isliyndan (do‘zax ahli jasadidan oqadigan yiring va qaydan) o‘zga taom yo‘q. Uni (taomini) xatokorlardan boshqa hech kim emaydi” («Al Haqqa», 35-37).

Jahannam yer yuzida ko‘rib irganadigan, qo‘rqadigan eng yomon joylardan ham yomon va qo‘rqinchlidir. Jahannam ahli tortadigan azob esa dunyodagi eng og‘ir azobga ham tenglashtirib bo‘lmaydigan darajada shiddatlidir.

“....Albatta u (jahannam) kuchli alangadur. Boshning terisini sidirib oluvchidir” («Ma'orij», 15-16).

 

“Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne (badbaxtlar)dir?! Ular samum-kishining badanini teshib o‘tuvchi shamol va hamim-o‘ta qaynoq suvdadirlar. Na salqin va na foydali bo‘lgan qora tutun soyasidadirlar” («Voqea», 41-44).

“Тutinglar uni va kishanlanglar! So‘ngra jahannamga solinglar uni! So‘ngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni!” («Al-Haqqa», 30-32).

“Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni almashtiramiz” («Niso», 56).

 

3 / total 5
You can read Harun Yahya's book Qur'on Axloqiga Ko‘ra Mo'minning 24 Soaтi online, share it on social networks such as Facebook and Twitter, download it to your computer, use it in your homework and theses, and publish, copy or reproduce it on your own web sites or blogs without paying any copyright fee, so long as you acknowledge this site as the reference.
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top