Qur'on Axloqiga Ko‘ra Mo'minning 24 Soaтi

DOWNLOAD THE BOOK

Download (DOC)
Comments

CHAPTERS OF THE BOOK

< <
4 / total: 5

Uchinchi Bo‘lim Qur'on Bilan Xulqlanishning Insonga Kelтiradigan Foydalari

Shayton Makriga Aldanmaslik

Çocuk Çocuk

As Allah says in the Qur'an, Shaytan is always trying to divert people from the right path and to take them away from Allah's deen and the teachings of the Qur'an.

Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratib, barcha farishtalarga unga sajda qilishni buyurdi. Shayton Allohga isyon qilib, Odam Atoga qulluq qilmay, gunohkor bo‘lgani uchun Alloh uni la'natlagan, huzuridan quvgan va rahmatidan uzoq qilgan. U quvilayotgan vaqtda Allohga shunday degan:

“Ularni adashtiraman, xom xayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o‘zgartirarlar”, dedi. Kimki Allohni qo‘yib shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiqdan-ochiq ziyonga uchraydir” («Niso», 119).

Shayton insonning, ayniqsa, mo’minlarning ochiq dushmani bo‘lib, ularning Alloh dini va Qur'on axloqidan uzoqlashib, jahannamga kirishlari uchun tinmay harakat qiladi. U 24 soat ichida o‘z faoliyatini juda ustalik bilan olib borib, insonlarni boy, faqir, yosh, qari, erkak, ayol, chiroyli, xunukligiga qaramay yo‘ldan ozdirish payida bo‘ladi va buning uddasidan chiqadi ham. Shaytonning inson qalbiga ekkan urug‘lari bexato unib chiqadi. Uning urug‘ tashlagan ko‘ngillarida qurg‘oqchilik, hosilsizlik bo‘lmaydi. Chunki u insonga oson bo‘ladigan yo‘lni tanlaydi, ularni chiroyli qilib ko‘rsatadi. Masalan, saharda, hamma uxlab yotganda o‘qiladigan bomdod namozi. Тong uyqusini buzib, ibodatga turish iymoni zaif kimsalar uchun katta muammo, buning ustiga ularning hamrohi shayton “turma, turma, turib nima qilasan, yana biroz uxlab ol” deb allalaydi. Holbuki, shaytonning ko‘rsatmasiga mutlaqo zid bo‘lgan Allohning shariati kishilarning havoyi nafslariga moslashish uchun emas, ularning ustidan hokimlik qilish uchun yuborilgan.

Alloh taolo Qur'oni karimda shayton insonni dunyo va oxiratda halokat sari yetaklovchi ochiqdan-ochiq dushmanligi, unga ergashmaslik va undan qutulish yo‘llarini shunday bayon qilgan:

“Aniqki, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tutinglar! U o‘z guruhini faqat o‘ta qizigan do‘zaxga ega bo‘lishlariga chaqiradi” («Fotir», 6).

“Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishga buyuradi” («Baqara», 168-169).

“Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so‘ra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko‘ruvchi Zotdir. Тaqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko‘ribsanki, ular to‘g‘ri yo‘lni ko‘ruvchi bo‘lib turibdilar” («A'rof», 200-201).

Shayton insonlarga harom narsalarni chiroyli ko‘rsatib, halol edirmaslik bilan Allohning itoatidan chiqaradi. Shu sababli Alloh taolo yuqoridagi oyatda bandalariga halol narsalardan eyishni amr etgan. Mo’minlar Allohning barcha amrlari qatori bu amriga ham amal qilib, halol ne'matlardan eb, haromdan qat'iy uzoq turadilar. Ular najot halol eyishda deb biladilar.

Inson, xususan, mo’min kim va qanday bo‘lishidan qat'i nazar, shaytonning unga nisbatan xusumati juda kuchli. Bu xusumat inson yaratilgan vaqtdan boshlanib, to qiyomatga qadar davom etadi. Yuqorida Alloh Odam alayhissalomni yaratgandan so‘ng farishtalariga Odamga sajda qilishni buyurganligi aytilgandi. Bu sajda ibodat ma'nosidagi sajda bo‘lmay, Allohning buyuk ijodiga qulluq qilish ma'nosidagi sajda edi. Faqat shayton kibr va hasad tufayli Alloh amrini bajarishdan bosh tortgan. Yaratuvchisiga qilgan odobsizligi, isyoni tufayli Uning huzuridan haydalishini Robbimiz quyidagicha bayon qilgan:

“Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. So‘ngra esa, farishtalarga: “Odamga sajda qiling”, — dedik. Bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bo‘lmadi. U zot: “Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to‘sdi?” — dedi. U: “Men undan yaxshiman. Meni o‘tdan yaratding va uni loydan yaratding”, — dedi. U zot: “Bas, u (jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yo‘q. Bas, chiq! Albatta sen xoru zor bo‘lguvchilardansan!” («A'rof», 11-13).

Shayton insonlarning diliga vasvasa, gumon solish, ularni qiyomat kuniga qadar haq yo‘ldan ozdirib, do‘zaxga kirishlari uchun Allohga shunday duo qildi:

U: “Menga ular tiriladigan kungacha muhlat ber”, — dedi. U zot: “Albatta, sen muhlat berilganlardansan”, — dedi. U: “Meni ig‘voga uchirganing sababli, albatta, men ularni to‘g‘ri yo‘lingdan to‘sib o‘tiraman. So‘ngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, o‘ng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko‘plarini shukr qiluvchi holda topmassan”, — dedi. U zot: “Undan mazammatga uchragan va quvilgan holingda chiq!!! Ulardan kim senga ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning hammangiz bilan to‘ldirurman” («A'rof» 14-18).

Shayton Allohning dinini mahkam tutganlardan boshlab, barchani o‘z nishoniga olib qo‘ygan. U Odam alayhissalom zurriyotlariga qiyomat kunigacha dushmanlik qilib, insonlarni Allohga ishonmaslikka, unga kufr keltirishga undaydi. Uning orzusi do‘stlarini ko‘paytirib, jahannamga ko‘proq odam kiritishdan iborat. Shu sababli insonlarni Allohga qalbi bilan ibodat etishga to‘sqinlik qilib, Allohning dini va Qur'ondan uzoqlashtirib, buning natijasida cheksiz azoblarga giriftor bo‘lishlari uchun tinmay harakat qiladi.

Iymon ne'matidan bahramand insonlar shaytonni o‘zlarining eng katta dushmani deb biladilar. Shu sababli Alloh amrlarini bajarish paytida shaytonning qalblariga solayotgan vasvasa va hiylasidan doimo ogoh bo‘ladilar. Shaytonning inson qalbiga soladigan turli vasvasasini Alloh taolo shunday bildirgan:

“Shayton sizga faqirlikni va'da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O‘zidan mag‘firat va fazlni va'da qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir” («Baqara», 268).

Alloh taoloning yuqoridagi oyatiga ko‘pgina misol keltirish mumkin. Misol uchun, ish joyidan ayrilgan odamga shayton barcha jonzotning rizqini Alloh berishini unuttiradi. Uni kambag‘al bo‘lish, och qolish singari narsalar bilan qo‘rqitib, shu kabi turli yo‘llar bilan o‘ziga og‘dirib olish uchun qulay fursat ko‘zlaydi. Shaytonning bu turdagi vasvasalaridan qutulishning yagona yo‘li, Allohdan panoh so‘rashdir. Unutmaslik kerakki, shayton ham Allohning nazoratida va Alloh istamasa hech narsa qila olmaydi. Mehribon Robbimiz bandalariga shayton yomonligidan quyidagicha panoh tilashni bildirgan:

“Odamlar Robbisidan, odamlar podshohidan, odamlar Ilohidan panoh so‘rayman. Berkinib, ko‘rinib turuvchi vasvasachining, odamlar qalblariga vasvasa soladiganning, jinlar va odamlardan bo‘lganning yomonligidan deb ayt” («Nas», 1-6).

Murosasozlik, Toqatlilik va Kechiruvchanlik

Çocuklar

According to Allah's command, "… Be good to your parents and relatives and to orphans and the very poor, and to neighbours who are related to you and neighbours who are not related to you, and to companions and travellers and your slaves" in verse 36 of Surat an-Nisa', believers behave well towards those around them.

Mo’min Qur'ondagi odob-axloqqa oid hukmlarni hayotiga tatbiq etar ekan, avvalo o‘zi barchaga yaxshilik qilishga, chiroyli muomalada bo‘lishga harakat qiladi. Sababsiz janjallashish, odamlar orasini buzish, arazlash, gap tashish singari illatlar Qur'onga zid ekanini bilganlari bois, odamlar orasini isloh qilish, ularni yaxshilikda jamlash, ulardan keladigan ozorlarga sabr qilish, kechirimli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zlarida mujassam etishga intiladilar.

Mo’min hayoti davomida odamlarga xushmuomalada bo‘lish bilan birga, ulardan keladigan ozorlarga chidashi, ular tarafdan yo‘l qo‘yiladigan xatolarni kechira bilishi lozim. Kayfiyat yaxshi bo‘lganda hushmuomala bo‘lish hammaning qo‘lidan keladi. Lekin xafa qilgan, zulm o’tkazgan odamga yaxshi gapirish, uning ozorlariga chidash hamda uni kechirib yuborish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shu sababli mo’minning axloqi, go‘zal sifatlari ichida kechirimli bo‘lish, o‘ziga ozor yetkazgan, zulm o‘tkazganlarni avf qilish alohida o‘rin tutadi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“... Kim birovni afu qilsa, undan keyin isloh ishlarin qilgan bo‘lsa, uning ajrini berish Allohning zimmasidadur” («Sho‘ro», 40).

Misol uchun, kasalsiz, dardingiz bir oz yengillashib, joningiz orom topib uxlayotganingizda shovqin solib uyg‘otib yuborishdi. Lekin sizning ulardan jahlingiz chiqmasligi kerak. Chunki ularning har bir harakati Allohning nazoratida. Siz Alloh belgilab qo‘ygan vaqtda uyg‘onishingiz uchun o‘sha odam sabab qilingan. Bu haqiqatni bilmaganlar g‘azablanib, o‘sha odam bilan urushib ketadi. Qur'on bilan xulqlangan mo’min esa bilmasdan qilingan dilozorliklar katta-kichikligidan qat'i nazar, g‘azabini yengish bilan birga, ozor bergan kishiga yaxshi gapirib, uni kechirib yuboradi. Bu bilan mo’minlar hech ham g‘azablanmaydi, ular doimo sabrli va kechiruvchan deya olmaymiz. Ular ham g‘azablanadilar, xafa ham bo‘ladilar. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq, ana shunday holatlarda ular o‘zlari bilib-bilmay qilgan xato va gunohlarining kechirilishiga umidvor bo‘lib, Alloh taoloning quyidagi oyatini eslaydilar va unga amal qilishga harakat qiladilar:

“Albatta kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu ishlarning maqsadga muvofiqidir” («Sho‘ro», 43).

 

Çocuklar

Qur'onni o‘ziga rahbar qilgan mo’min eng go‘zal xulq egasidir. Uyda, ko‘chada, ishda va umuman kun davomida kelib chiqadigan muammolarining yechimiga uning go‘zal xulqi, shirin so‘zi sabab bo‘ladi. U o‘zining go‘zal xulqi, chiroyli muomalasi bilan boshqalarga ibrat bo‘ladi, eng muhimi Qur'onda maqtalgan sifatlarni o‘zida mujassam etib, Allohga xush kelgan amal qilgan hisoblanadi. Islom olamida “Hujjatul islom” unvonini olgan olim Imom Qazzoliy hadis olimlaridan to‘plagan bilimlari asosida Qur'on bilan xulqlanuvchilarning eng peshqadami bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarini shunday bayon qilganlar:

“Huzurlarida o‘tirgan barchaga barobar muborak yuzlaridan nasiba berar, iltifot qilar edilar. Suhbatdoshlariga davradan o‘ziga yarasha joy ko‘rsatardilar. Yig‘inda o‘tirgan har bir kishi, Rasululloh hammadan ko‘ra mening hurmatimni joyiga qo‘ydi, degan fikr bilan ko‘ngli chog‘ bo‘lardi. U zotning o‘tirishlari, tinglashlari, so‘zlari, chiroyli latifalari suhbatdoshlari uchun ibrat, mukammallik namunasi edi. Shu bilan u zotning majlislari hayo, iffat, omonlik majlisi edi. Ikrom ko‘rsatish va ko‘nglini olish maqsadida sahobalarni kunyasi bilan, kunyasi bo‘lmaganlarga yangisini topib chaqirar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam g‘azablanishdan juda yiroq turuvchi, lozim o‘rinlarda murosasozlik bilan rozilik beruvchi, hamda odamlarga juda shafqatli edilar”.

Albatta, har bir mo’min ibrat olishi lozim bo‘lgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdir. Qur'on axloqiga amal qilgan va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashganlar Allohning izni bilan dunyoyu oxirat saodatiga erishish, Allohning rahmatiga noil bo‘lishni umid qilishlari mumkin.

Sabrli Bo‘lish

Koala Koala

In almost every society there are people, who are not believers but who live more or less according to the values that Allah has described in the Qur'an. When it is necessary, these people can behave helpfully, gently and with self-sacrifice, mercy and justice. But no matter how much these people claim to have good moral qualities, they will certainly have their moments when they will not steadfastly maintain this behaviour.

Sabr — har mo’min oxirgi nafasiga qadar ehtiyoj sezgan yuksak axloqiy fazilatdir. Mo’min nafs talabi, ko‘ngil orzularini aynan shu fazilat orqaligina chegaralay oladi. Hozirgi kunda har bir jamiyatda Alloh Qur'onda ta'rif bergan go‘zal xulqning ba'zilarini o‘zida mujassam etgan insonlar bor. Ular kezi kelganda fidoyi, mehribon, hushmuomala, halim va saxiydirlar. Lekin sabr masalasiga kelganda, Qur'on xulqidan biroz chetlashish holati yuzaga keladi. Misol uchun, qo‘shningiz eshigingizni qattiq taqillatib, zo‘rg‘a uxlatgan bolangizni uyg‘otib yuborishi yoki uyda tozalab chiqqan oyoq kiyimingizni ko‘chada birov bosib olishi kabi inson sabrini sinash uchun Alloh izni bilan ro‘y beradigan hodisalar shular jumlasidandir. Albatta, bu kabi hodisalar mol-mulk, jon singari katta narsalar bilan imtihon qilinishi oldida hech narsa emas. Lekin ular shunday kichik narsalar bilan imtihon qilinib, katta sinovlarga asta-sekinlik bilan ma'naviy hozirlanadilar. Bu kabi holatlar har kuni, har soatda bo‘lishi mumkin. Qur'on bilan xulqlanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan inson faqat o‘ziga yoqqan, qila oladigan hukmlarga emas, balki Allohning barcha amr va taqiqlariga rioya etishi lozim. Axir biz Alloh halol qilgan ne'matlarning ba'zilarini eb, ba'zilaridan voz kechmaymiz-ku.

Insonlar orasida sabr deganda, asosan, qiyinchilikka, kelgan musibatga chidash tushuniladi. Albatta musibat vaqtidagi sabr ham Alloh maqtagan buyuk fazilat. Lekin Qur'onning 70 joyida zikr qilingan sabr faqat bu bilan cheklanmaydi. Sabr Alloh amrlarini bajarish va taqiqlaridan qaytishda ham lozim bo‘ladigan ulkan fazilatdir. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“Unga ibodat qil va uning ibodatida sabrli bo‘l” («Maryam», 65).

 

“O‘z yaqinlaringni namoz o‘qishga buyur va namozga sabrli bo‘l” («Muhammad», 31).

Odamlar bilan yaxshi muomala qilish, ularning ozorlariga chidash, kamchiliklarini kechira bilish, ularga yordam berish ham sabr namunasi bo‘lib, bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

“O‘zingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut” («Kahf», 28).

Insonning tabiatida his-tuyg‘ularga berilish, o‘ziga yoqqan narsalarni tezroq qilish istagi kuchli bo‘lganligi bois, tez-tez turli xatolar ham qilib turadi. Alloh bandalarini shoshqaloqlikdan qaytarib, sabrli bo‘lishga chaqirgan. Mo’minlar Alloh va'da qilgan cheksiz ne'matlar va najotga aynan sabr orqali erishish mumkinligini biladilar. Alloh amrlarini bajarish va taqiqlaridan qaytishda qilingan sabr ibodat bo‘lib, unda bardavom bo‘lganlar Alloh taoloning “Va Robbing yo‘lida sabr qil” («Muddassir», 7) amrini bajargan bo‘ladilar.

Islom ummatini yer yuzida ulug‘ vazifani ado etish uchun chiqargan buyuk Zot mo’minlarni munofiqlar bilan aralash holda qo‘ymaydi. Saflarni tozalash uchun turli sinov usullari qo‘llaniladi va haqiqiy tilla zanglardan olovda tozalangani kabi, haqiqiy mo’min ham qiyinchiliklarda toblanadi. Bu yerda “tillani zanglardan tozalagan olov” ramziy ma'noda ijobiy talqin qilingan. Hanuzgacha bu haqiqatni bilmaganlar, bilgandan so‘ng, keyingi hayotlarini sezilarli darajada o‘zgartirsalar ajab emas.

Shuningdek, odamlarni Alloh yo‘lida sabr qilishga chaqirish ham oxiri xayrli bo‘lib, abadiy saodatga yetaklovchi amaldir.

“Asr bilan qasam. Albatta, inson xusrondadir. Magar iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo‘lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar undoq emasdur” («Val Asr», 1-3).

Sabr mo’minga xos barcha sifatlarni o‘ziga jamlovchi buyuk fazilatdir. Bir inson tavoze'li, fidoyi, itoatgo‘y, saxiy bo‘lishi mumkin, lekin bu fazilatlarda sabrli bo‘lsagina ulkan yutuqlarga erisha oladi. Mo’min Alloh taoloning “Va Robbing yo‘lida sabr qil” amriga itoat etar ekan, umrining oxiriga qadar sabrli bo‘lishga harakat qiladi. Umri nihoyasiga yetgach, Alloh uning jonini olib, evaziga abadiy jannat va uning cheksiz ne'matlari bilan taqdirlaydi. Jannat eshiklaridan farishtalar kirib, ularga shunday deydilar:

“(Alloh yo‘lida mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay. Bu oxirat diyori naqadar yaxshi” («Ra'd», 24).

Xushmuomalalik

Çocuklar Ağaç

Some people, even if their consciences tell them to be forgiving towards someone who has wronged them or to speak politely to someone who has spoken harshly to them, prefer not to forgive and to answer the insult with a greater one.

Insonlar orasida ro‘y beradigan turli kelishmovchilik, janjallarning asosiy sabablaridan biri — qo‘pol muomaladir. Muammoning yechimi esa juda oson. Bu Qur'on xulqiga amal qilib shirin so‘z, xushmuomala bo‘lishdir. Shirin so‘z orqali ozor chekkan qalb orom topadi. Odamlar orasida o‘zaro hurmat hamda tinch, osuda hayot kechirishga sabab bo‘ladi. Ba'zilarning vijdoni insof yuzasidan uni xafa qilgan odamni kechirib, unga nisbatan shirin so‘z, xushmuomala bo‘lishni buyursa, ular o‘zboshimcha nafslariga bo‘ysunib, kechirish u yoqda tursin, eshitgan qo‘pol so‘zlariga ortig‘i bilan javob qaytaradilar. Noto‘g‘ri fikrlash oqibatida kelib chiqadigan mazah qilish, kamsitish singari illatlar o‘zini boshqalardan katta tutish, kibrlanishga borib taqaladi. Albatta bularning bari Islom axloqiga zid bo‘lib, ular Qur'on ilmidan bexabarlik yoki bila turib e'tiborsizlik qilish oqibatida kelib chiqadi.

Alloh taolo Qur'onda shirin so‘zning qanchalik fayzu barakali ekanligi va har doim insonlarga yaxshilik keltirishini shu tarzda bildirgan:

“(Ey inson), Alloh yaxshi so‘zga (ya'ni iymon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko‘ring: u so‘z xuddi bir asil daraxtga o‘xshaydiki, uning ildizi (yer ostiga) mahkam o‘rnashgan, shoxlari esa osmonda bo‘lib, Parvardigorning izni-irodasi bilan mudom meva berur. Alloh odamlarga eslatma-ibrat olishlari uchun mana shunday misollar keltirur” («Ibrohim», 24-25).

Bu oyatlarda yaxshi so‘z insonga dunyo va oxiratda yaxshiliklar olib kelishi bildirilgan bo‘lib, uning aksi bo‘lgan yomon so‘z egasining haq yo‘ldan adashishiga sabab bo‘lishi haqida shunday deyilgan:

“Yomon so‘zning misoli esa yerdan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda (o‘rnashib) qo‘nim topmaydigan nopok daraxtga o‘xshar” («Ibrohim», 26).

Darhaqiqat, e'tibor bersak qo‘pol odamlarning do‘stlari juda kam bo‘ladi. Ular o‘zlarining yomon muomalasi bilan bor do‘stlarini ham yo‘qotadilar.

“Mening bandalarimga ayt, (o‘zaro so‘zlashganda) yaxshi so‘zlarni so‘zlasinlar. Albatta, shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi” («Isro», 53).

Yuqoridagi oyatga ko‘ra shayton insonlarni shirinso‘z bo‘lishdan uzoqlashtirib, shu yo‘l bilan ularning orasiga dushmanlik solishi bildirilgan. Yomon so‘z gapirilganda shayton ikki taraf orasini buzish uchun, qalblariga bir-birlariga nisbatan vasvasa soladi. Natijada ular bir-birlarini kamsituvchi, tahqirlovchi so‘zlar bilan haqoratlaydilar. Shaytonning makru hiylasiga aldanib, tomonlar bir-biridan past ketmaslikka harakat qilishlari oqibatida, munosabatlari buziladi, hatto butunlay barham topadi.

Japon

Oyatda yaxshi so‘z tomiri yerga mustahkam o‘rnashgan asil daraxtga o‘xshatilgan. Mo’minlar xoh g‘azabnok, xoh qayg‘uga botgan holda bo‘lsin, shirinso‘z bo‘lishga harakat qilsalar, shaytonning oralarini buzish uchun qilgan barcha harakati zoye ketadi. Daraxtning ildizlari qancha mustahkam bo‘lsa, shirinso‘z ham shayton yomonligidan saqlovchi mustahkam qo‘rg‘ondir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatlarini go‘zal xulqli bo‘lishga chaqirib, shunday deganlar:

“Senga zulm qilganni kechir, sendan uzilganga bog‘lan. Yomonlik qilganga yaxshilik qil. Yaqinlaring zarariga bo‘lsa-da rost so‘zla”.

Mo’min Qur'onni hayotiga rahbar etishni ahd qilgan ekan, kun davomida kayfiyati qanday bo‘lishidan qat'i nazar muomala qiladigan insonlarga yaxshi gapirishi, chiroyli munosabatda bo‘lishi lozim. O‘zining chiroyli xulqi, shirin so‘zi, xushmuomalasi bilan insonlarga ibrat bo‘lib, bu bilan Islom axloqining naqadar go‘zalligini yana bir bor amalda ko‘rsatadi. Ular insonlarni Islomga, Qur'on axloqi bilan yashashga da'vat etishda shirin so‘zning ahamiyati katta ekanligini, Alloh taoloning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarata aytgan quyidagi so‘zlaridan biladilar:

“Allohning rahmati ila ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingda atrofingdan tarqab ketar edilar” («Oli Imron», 159).

Insonlar bilan xushmuomala, shirinso‘z, muloyim bo‘lish baxtiga erishgan bandalar Allohga shukr qilishlari lozim. Chunki oyatda muloyimlik faqat Allohning rahmati ila bo‘lishligi bildirilgan.

Salomlashish

Çam Ağacı Çam Ağacı

In a society in which the values of the Qur'an are not dominant, there are people who are crude, impolite, thoughtless and disrespectful. But believers carefully avoid these kinds of manners and behaviour; they have a quality of character that is irreproachable, polite, sensitive and thoughtful.

“Salom” Alloh taoloning 99 go‘zal ismlaridan biri bo‘lib, nuqsonlardan salomat, shuningdek tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi Zot ma'nosini bildiradi. As-Salamu alaykum deb salom berishning tarixi yer yuzidagi birinchi odam — Odam alayhissalom bilan bog‘liq. Birinchi bo‘lib “As-Salamu alaykum” deb salom bergan zot Odam alayhissalom bo‘lib, farishtalar u kishiga “As Salamu alayka va rohmatullohi” deb “rohmatullohi”ni ziyoda qilganlar. Shundan beri salomlashish joriy bo‘lgan. Bir-birlariga tinchlik tilab salomlashish kundalik oddiy odatga aylangan bo‘lsa ham, uning zamirida ulkan fazilat mujassam. Bizlarga salomlashishni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurganlar va uning mukofotini: “Rahmonga ibodat qilinglar, odamlarga taom beringlar, salomni keng yoyinglar, jannatlarga kirasizlar” deb e'lon qilganlar.

Islom tinchlik, osoyishtalik dinidir. Shuning uchun har bir mo’min-musulmon bir-biri bilan ko‘rishganda o‘zaro tinchlik, osoyishtalik tilaydilar. Salomni ko‘p aytish, kishilar har ko‘rganlarida bir-birlari bilan salomlashish, tinchlik omonlikning, salomatlikning ommalashuviga sabab bo‘ladigan, odamlar o‘rtasida o‘zaro muhabbatni yoyadigan, mustahkamlaydigan, gina-kudurat, adovatni yo‘qotadigan amaldir. Shuning uchun Islomda go‘zal so‘zlar bilan salomlashish va uni keng yoyishga chaqirilgan. Salomlashishga qarab odamning madaniyati, odob-axloqi haqida ma'lum tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Islom madaniyati har zamon va har makonda juda yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgan. Shu sababli Islomdagi salomlashish eng go‘zal va eng ma'noli salomlashishdir. Mo’minlar buni bilganlari uchun yangi kunni bir-birlariga yaxshi tilaklar bilan boshlab, Alloh taoloning quyidagi amrini bajaradilar:

“Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko‘ra yaxshiroq alik oling yoki xuddi o‘zidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir” («Niso», 86).

Ushbu oyat talabidan kelib chiqib, mo’minlar salomga afzalroq qilib javob qaytaradilar. Bu “as -Salamu alaykum”, ya'ni sizga tinchlik bo‘lsin uchun “Va alaykumus Salam va rohmatulloh — sizga ham tinchlik va Allohning rahmati bo‘lsin” yoki “va barokatuhu, ya'ni barokati bo‘lsin jumlasini ziyoda qilish bilan amalga oshadi. Salom xayrli, barakali amal bo‘lgani uchun kim birinchi salom bersa ana o‘sha fazlga ega bo‘ladi.

Musulmonchilikda taniganga ham, tanimaganga ham salom berishlik sunnat, salomga javob qaytarish esa vojibdir. Lekin javob qaytarilmasa, salom bergan odamga afzalroq zotlar, ya'ni farishtalar alik oladilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam salom berish tartibini quyidagicha joriy etganlar: kichik kattaga, ketayotgan o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka, suvoriy piyodaga salom berishi lozim. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avval salom bergan kishini Allohga itoatliroq deb aytganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam ummatlarini “Salomni yoyinglar, ko‘p salom beringlar, salomat bo‘lasizlar”, deb salomni keng yoyishga da'vat qilib, O‘zlari doimo odamlarning katta-kichik, yoshu qari, boy-kambag‘alligiga qaramay birinchi bo‘lib salom berar edilar. Hech kim u zotdan avval salom berishga ulgurmagan. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng itoatlisi edilar. Bizlar ham u zotdan ibrat olsak, aslo kam bo‘lmaymiz.

Mehmondo‘stlik

In the verses where Ibrahim (as)'s care for his guests is described, the Qur'an shows how to be a host according to the teachings of the Qur'an.

Evcilik

Islom axloqi har zamon va har makonda barcha ma'naviy fazilatlar kabi mehmondo‘stlikning ham juda yorqin va ibratli namunasini ko‘rsatgan. Mehmondo‘stlik mo’minga xos xislat bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, mehmonga ehtirom ko‘rsatish mo’minning Allohga va oxirat kuniga bo‘lgan iymon-e'tiqodining alomatidir. Shu sababli Islom axloqi mo’minlarni mehmondo‘st bo‘lishga targ‘ib qilgan. Qur'onda Ibrohim alayhissalomning oliy darajadagi mehmondo‘stligi maqtalgani bunga misol bo‘la oladi. Alloh taolo u zotning mehmondo‘stligini quyidagicha bayon qilgan:

“(Ey Muhammad) senga Ibrohimning karamli (muhtaram) mehmonlarining xabari kelmadimi? Ular (Ibrohim) huzuriga kirib, “Salom” degan vaqtlarida, u (Ibrohim) “Salom, notanish qavmlar”, dedi. Ahliga (maxfiy) borib, (pishirilgan) semiz buzoqni (go‘shtini) keltirdi” Uni (buzoq go‘shtini) ularga yaqin surdi va “Emaysizlarmi?” dedi” («Zoriyat», 24-27).

Ibrohim alayhissalomning Qur'onda vasf qilingan mehmondo‘stligidan ibrat olgan mo’minlar mehmonni ochiq chehra bilan, salom berib qarshi olishlari, uning hurmatini joyiga qo‘yib, haqlarini ado etishlari lozim. Mehmon ehtiyoj yuzasidan kelgan bo‘lsa, uni ortiqcha savollar bilan qiynamay, ehtiyojini bayon qilishga imkon berish kerak. Gaplarini diqqat bilan tinglagach, uni xijolatga qo‘ymay, imkon qadar hojatini ravo qilish harakatida bo‘lish kerak. Mehmon kutish borasida rioya qilinishi kerak bo‘lgan odoblardan biri — paysalga solmay dasturxon tuzash va uydagi eng yaxshi ne'matlarni dasturxonga tortishdir. Mehmonni ovqatlanish uchun ortiqcha majburlamaslik, mehmondorchilikni ovqat pishirish bellashuviga aylantirmaslik kerak. Shirin suhbat, mezbonlik odobi, oilaviy an'analar, oila a'zolari bilan yaqindan tanishtirish va bu bilan oilasining ibrat bo‘ladigan tomonlari xususida maqtanmasdan, og‘ir botmaydigan qilib g‘oyat zukkolik bilan fikr almashish lozim. Mehmonning o‘zi dasturxonni yig‘ish taklifini bermaguncha dasturxon yig‘maslik, ovqatlanish uchun mehmonni ortiqcha majburlamaslik, namoz vaqtini eslatib, uni ado etishga imkon yaratish mezbonning vazifasi bo‘lsa, uy egasining vaqtini olmaslik, nafsi ochlik qilib ko‘p yemaslik, mezbon ko‘rsatgan joyga o‘tirish, uni xijolatga qo‘ymaslik, ziyofatdan so‘ng xonadon sohibining haqqiga duo qilish mehmonning burchi hisoblanadi. O‘z ixtiyori bilan mehmon chaqirish borasida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalardan yana biri, mehmondorchilikning shariat doirasida va taklif qilingan mehmonlarning taqvodor, duogo‘y odamlar bo‘lishiga e'tibor qaratishdir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

“Mo’min kishilar bilan do‘st bo‘l va taomingni faqat taqvodor kishilarga egiz”.

Islom ta'limotida mo’minlardan talab qilingan mehmondo‘stlik maqtanish va riyo maqsadida, kishilarning boy-kambag‘alligiga qarab tabaqalanmasligi kerak. Aksincha, mehmonlar faqir, muhtoj bo‘lsa, ularni mehmon qilib siylaganligi uchun savob ham ko‘proq berilishini unutmaslik lozim.

Oramizda shunday kimsalar borki, uylariga kelgan odamni tanisalar ham zo‘rma-zo‘raki eshik ochadilar. Uyga kiritishga majbur bo‘lganda esa, tashrif buyurgan kishi bilan istar-istamay gaplashib, malol kelganini yashirmaydilar. Uy egasining nosamimiy muomalasi, albatta, mehmonlar dilini og‘ritib, kelganligi uchun pushaymonlik hissining ortishiga sabab bo‘ladi. Ularning xafa bo‘lgani mezbonning parvoyiga ham kelmaydi, aksincha vaqti zoye ketgani uchun xafa bo‘ladi. Shuningdek bu kabi johil kimsalar mehmonning mavqeiga qarab muomala qiladilar. Kelgan mehmon yuqoriroq mansab egasi bo‘lsa, uydagi eng yaxshi ne'matlar bilan dasturxon tuzaydilar. Mehmon yaxshi odam bo‘lsa-yu, jamiyatda hech qanday mansabga ega bo‘lmasa, dasturxonga qo‘ygani narsa ham topilmay qoladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, insonlar orasida yaxshi munosabatlar, chiroyli suhbatlar, samimiy mehmondo‘stlik, og‘a-inichilik va birodarlik fazilatlarining ortib borishi faqat Qur'on ilmi bilan kamol topish orqali vujudga keladi.

Mo’min odam insonlarning haqiqiy yurti oxirat yurti ekanligini, Yunus Emro ta'biri bilan aytganda, bu dunyo bir mehmonxona, unda hamma insonlarning mehmon ekanligini unutmasligi va shunga munosib ravishda mehmonnavozlik qilishi kerak.

Farosatli Bo‘lish

Selam

When believers meet during the day, they offer one another their heartfelt best wishes; in other words, they wish each other peace. By doing this, they fulfil Allah's recommendation: "When you are greeted with a greeting, return the greeting or improve on it…" (Surat an-Nisa, 86) ayetindeki emrini yerine getirirler.

Qur'on bilan xulqlanish baxtidan benasib shunday kimsalar borki, ularning tabiatida qo‘pollik, loqaydlik, manmanlik kabi salbiy sifatlar hukmron bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri xudbinlikdir. Xudbinlik — o‘zgalarning fikri, tuyg‘ulari, manfaatlariga ikkinchi darajali deb qarash, yoki umuman ahamiyat bermaslik kasalidir. Qur'onni rahbar qilgan mo’minlar jamoasida bu kabi holatlar kuzatilmaydi. Nafslaridagi Islom axloqiga zid bo‘lgan kamchiliklarni tuzatishga bo‘lgan intilish, ularga xos afzalliklardan biridir. Nafsning cheksiz orzularini yenga olgan mo’min boshqa mo’minlarga nisbatan fidoyi va farosatli bo‘la oladi. Ayni vaqtda farosatli bo‘lish Allohning Rasullariga xos fazilat bo‘lib, Qur'onda bayon qilingan Muso alayhissalomning quyidagi harakati barchaga ibrat:

“Qachonki Madyanning suvi-qudug‘iga yetib kelgach, u yerda bir to‘p odamlar (chorvalarini) sug‘orayotganlarini ko‘rdi va ulardan quyiroqda ikki ayol (o‘z qo‘ylarini quduqdan) to‘sib turganlarini ko‘rib: “Sizlarga ne bo‘ldi (Ya'ni nega qo‘ylaringizni sug‘ormay turibsiz)?” — dedi. Ular “Biz to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha sug‘ora olmaymiz. Otamiz esa qari chol (ya'ni qo‘ylarimizni sug‘organi kela olmas)”, dedilar. Shunda (Muso) ularga (qo‘ylarini) sug‘orib berdi” («Qasos», 23-24).

Muso alayhissalom ziyrak tortib, yordamga muhtoj bo‘lgan ayollarga vaqt o‘tkazmasdan ko‘maklashishida mo’minlar uchun buyuk ibrat bor. Iymon keltirganlar Muso alayhissalomning Qur'on oyatlarida maqtalgan bu fazilatini bir umr o‘zlariga namuna qilib olishlari foydadan xoli emas. Qiyin ahvolda qolgan odamni ko‘rganda, u xoh tanish, xoh notanish bo‘lsin — qo‘lidan kelgan yordamini ayamaslik, ruhiy iztirob chekayotgan yaqinlariga bisotlaridagi eng shirin so‘zlar bilan tasalli berish, ko‘nglini ko‘tarish, yaxshi niyat yo‘lida qilingan kichik harakatni ham rag‘batlantirib, maqtov so‘zlar aytish insonning nozik ta'b, buyuk farosat egasi ekanligiga dalildir.

Atrofdagilarga qiyinchilik tug‘dirmaslik, ularni bezovta qilmaslik, tashvishga solmaslik ham farosatli insonga xos fazilatdir. Kundalik hayotimizda uchraydigan oddiy bir misol: oila a'zolaridan bir kishi ertalab hammadan vaqtli turib, ishga ketadi deylik. Uning ortiqcha chiroqlarni yoqmasdan, o‘zi nonushta qilib, eshikni qattiq yopmasdan, oyoq uchida chiqib ketishi ham farosatli insonga xos odat. Mo’minlarning farosat borasidagi harakatlari bu bilan cheklanmaydi. Ular bu axloqiy sifatni sharoitga qarab imkon qadar o‘zlarida namoyon qiladilar.

Ko‘pchilik foydalanadigan ashyolar va joylarni iflos qilish, jamoat joylarida qattiq gapirish, televizor ovozini o‘ta balandlatib ko‘rish, huda-behuda gaplar bilan suhbatdoshining vaqtini olish kabi boshqalarga yoqmaydigan harakatlar mo’minlar farosatiga ziddir. Mo’minlarning bir-birlarini o‘zaro so‘zsiz tushunishlari, nozik did, yuksak farosatga asoslangan har qanday munosabatning umri boqiyligiga kafolatdir. Bir-birlari bilan shu fazilat asosida yaqin munosabatda bo‘lganlar orasida o‘zaro muhabbat, hurmat hukm suradi. Bunday odamlar bir-birlarining borligiga shukur qiladilar, Alloh ularni uchrashtirganiga xursand bo‘ladilar, qayta uchrashish ularga zavq bag‘ishlaydi. Buning aksi — riyoga asoslangan muhabbat, yolg‘on hurmat, foyda olish, manfaat ko‘rish maqsadida tutingan do‘stlik uzoqqa cho‘zilmaydi, ulardagi soxtalik haqiqiy do‘stlik rishtalarini o‘rnatishga mone'lik qiladi.

Behuda Tortishish va G‘azabdan Qaytish

Disputes are cause for people falling out with each other, becoming at variance, fight and conflicts. If a small argument between two friends grows, anger can replace all their positive feelings.

Dayak

Alloh taolo “Kahf” surasida inson tabiatiga xos tortishuvchilikni “Inson o‘zi ko‘p tortishuvchi bo‘lgan edi”, deb bayon qilgan. Shu sababli Qur'on xulqidan xabardor bo‘lib, unga amal qiluvchi mo’minlar birodarlik va do‘stlikning zaiflashuviga yo‘l ochib beradigan behuda tortishuv va janjallardan uzoq turadilar. Chunki Alloh taolo bunday qilishni qat'iy man' etgan:

“Allohga va Uning Rasuliiga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir” («Anfol», 46).

Bo‘lar-bo‘lmasga talashib-tortishish mo’minning quvvatini sindiruvchidir, shaytonning gij-gijlashlariga aldanib, befoyda narsa ketidan quvishdir. Insonning vijdoni yo‘l bermay, janjallashishni xush ko‘rmasa ham, nafsi shunday qilishga chorlaydi. Shu sababli Qur'onni rahbar qilganlar vijdonlariga quloq tutib, behuda bahsga tortadigan sabablarga ham yaqinlashmaslikka harakat qiladilar. Oniy g‘aflat tufayli bahs bog‘lash, uncha ahamiyatli bo‘lmagan masala xususida tortishish holati yuzaga kelsa, darrov diqqatlarini to‘plab Allohning oyatini eslaydilar, hamda xatolarini tuzatishga harakat qiladilar. Johil kimsalardan farqli o‘laroq Qur'on bilan xulqlangan mo’minlarning tortishuvi ma'naviy manfaat topish, ilmini boyitish bilan tugab, unda tortishuvchi taraflar bilmagan narsalarini o‘rganadilar. O‘z fikrini isbotlash, uni boshqalarga uqtirish, ularga xos emas. Ular biror masala yuzasidan totishgudek bo‘lsalar, o‘z ustunliklarini ko‘rsatish uchun emas, balki bosiqlik bilan masalaning chin mohiyatini topishga harakat qiladilar.

Mo’min kun davomida turli odamlar bilan uchrashadi, gaplashadi. Ular suhbatdoshlari, suhbatlashish sharoitlari qanday bo‘lishidan qat'i nazar, behuda tortishuvdan uzoq turadilar. Misol uchun xarid vaqtida belgilangan narx xususida, haydovchisi kech kelgan avtobusning yo‘nalish jadvali haqida, xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlarining sustkashligi va shu kabi din uchun foydasi bo‘lmagan ahamiyatsiz narsalar haqida bahslashmaydilar.

Mo’minlar o‘zlariga nisbatan qilingan haqsizlik uchun tortishmay, g‘azablanmay, aksincha, juda og‘ir-bosiqlik, muloyimlik bilan bu holatdan chiqishga harakat qiladilar. Ular g‘azabni yengish taqvodorlarga xos bo‘lgan, hamda Qur'onda maqtalgan yuksak axloqiy fazilat ekanini biladilar,

“Ular yengillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabni yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir” («Oli Imron», 134).

Hasad va Baxillikdan Qaytish

Dayak

Some people's selfish greed manifests as envy because others are materially or spiritual superior, or have something they do not. For example, if there is someone more beautiful or attractive, they become envious.

Hasadgo‘ylik — birovga yetgan yaxshilikning, o‘sha kishini tark etib, o‘ziga kelishini o‘ylash, istash va shuning uchun harakat qilishdir. Hasad — Islomda qattiq qoralangan illat. Shu sababli mo’min axloqida hasadga o‘rin yo‘q. Chunki hasadgo‘ylik o‘zi bilan birga atrofdagilarga ko‘pgina zararlar keltiradigan salbiy sifatdir. Mo’min kishi esa tili va qo‘li bilan birovga zarar yetkazmaydigan shaxsdir.

Shunday insonlar borki, o‘zlarining moddiy, jismoniy, ma'naviy holatlarini boshqalardagi shu jihatlar bilan solishtirib yashaydilar. Bu solishtirishlarning aksariyati inson fe'liga salbiy ta'sir bilan tugaydi va hasadga yo‘l ochib beradi. Ibrat nazari bilan qarovchi mo’min uchun esa bu kabi qiyoslash faqat naf keltiradi. O‘zlaridan moddiy, jismoniy jihatdan ustun turuvchi kishilarni ko‘rsalar, darrov o‘zlaridan faqir, kasalmand, nogironlar borligini o‘ylab, Allohga shukr qiladilar. Ma'naviy jihatdan yuqori turuvchilarni ko‘rganda, ulardan ibrat oladilar. Ular hasad qilish Islom axloqiga zid ekanini biladilar. Johil kimsalar esa Qur'on bilan xulqlangan mo’minlardan farqli holda quyidagi ulkan haqiqatdan bexabarlar:

“Alloh ba'zingizni ba'zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga o‘z kasbidan nasiba bor. Ayollarga o‘z kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlni so‘rang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir” («Niso», 32).

 

“Yoki Alloh odamlarga O‘z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi?” («Niso», 54).

Yeru osmondagi barcha narsaning sohibi bo‘lgan Alloh istagan bandasini istaganicha rizqlantiradi, xohlaganicha aziz qiladi. Mo’min buni bilgani uchun boshqalarda mavjud bo‘lib, uning nafsiga xush kelgan, lekin o‘zi erisha olmagan ne'matlar uchun hasad qilmaydi. O‘zidan boy va chiroyli kishini ko‘rganda go‘zallik va boylikning asl sohibini eslaydi. Alloh bandasiga O‘zi istaganicha ne'mat berishini, tanlash faqat U zotga xosligini doim yodda tutadi. Alloh nazdida mol-dunyo sohiblari emas, balki taqvodorlarning martabasi ulug‘ligi ularni mudom Allohga taqvo qilishga chorlaydi.

Hasad shunday yuqumli kasallikki, bir kishining qalbida tug‘ilib butun bir millatga shu dardni yuqtirishi mumkin. Islom tarixidan ma'lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini, u kishining mo‘'jizalarini, u kishiga Qur'on tushayotganini ko‘rib-bilib turib, qalblaridagi hasad tufayli iymonga kirmaganlarni Qur'onda “g‘azabga duchor bo‘lganlar” va “adashganlar” deb ta'rif berilgan. “Qazabga duchor bo‘lganlar”ya'ni yahudiylar “nimaga bizdan emas, arablardan payg‘ambar chiqdi” deb hasad qilsalar, ko‘plab arab qabilalari qurayshliklarga hasad qildilar. Qurayshning boy zodagonlari esa, “nimaga bizdan emas, kambag‘al bir yetimchadan payg‘ambar chiqar ekan” deb hasad qilsalar, ularning rahbarlari “biz boy-badavlat odamlar nima uchun bir kambag‘alga ergashishimiz kerak” deb hasad qilib Islomga kirmaganlar. Hasad, hatto, kofirlikka ham olib keladigan ma'naviy jinoyat ekan. Shuning uchun qalbida hasadi bor odamning Islomga kirishi amri mahol.

Mo’minlar hasad bilan birga unga yo‘l ochib beruvchi illatlardan ham uzoq turishga intiladilar. Shunday illatlardan biri baxillikdir. Ular o‘zlari yaxshi ko‘rgan narsani boshqalar bilan baham ko‘rishlari, saxiylik bilan odamlarni siylashlari orqali ham hasad kelib chiqishining oldini oladilar, ham odamlar o‘rtasida mehr kuchayishiga erishadilar. O‘zlariga xush kelgan narsalarni boshqalar bilan baham ko‘rish yaxshilikka, najotga eltuvchi yo‘l ekanini biladilar. Chunki ular quyidagi oyatga amal qilish baxtiga muyassar bo‘lgan bandalardir:

“...Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o‘shalar yutuvchilardir” («Hashr» 9).

“O‘zingiz suygan narsalardan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir” («Oli Imron», 92).

Mo’min odam hasad bilan iymonning bir qalbda bo‘lmasligini va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Hasad egasi mendan emas” degan so‘zlarini mudom yodda tutadi.

Gumon, Josuslik va G‘iybatdan Saqlanish

In ignorant society some people have habits that have become inseparable parts of their lives. These are nurturing suspicions about others, prying, or trying to learn private things that don't concern them and slander: gossiping about others and talking behind their backs.

Dedikodu

Gumon, josuslik va g‘iybat bir-biriga bog‘liq bo‘lgan salbiy sifatlardir. O‘zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko‘proq bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan kelib chiqadi. Kimning fikr-xayoliga badgumonlik o‘ralashsa, o‘sha odam gumonini tasdiqlash uchun, zimdan, u odamning o‘ziga bildirmasdan, uning ayblarini, zaif tomonlarini bilib, dalil qidira boshlaydi. Dalil topilgach, o‘ziga o‘xshagan hamfikr kishi bilan baham ko‘radi va g‘iybat qilishga o‘tadi. Albatta, bu Qur'on axloqiga zid harakat. Shu sababli Alloh taolo iymon keltirgan bandalarini ulardan chetda bo‘lishga chaqirib shunday degan:

“Ey iymon keltirganlar, ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g‘iybat qilmanglar. Sizlardan kim o’zining o‘lgan birodarining go‘shtini eyishni xohlar, ha, yomon ko‘rasizlar. Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko‘p qabul qiluvchi va rahmdildur” («Hujurot», 12).

Badgumonlik, josuslik va g‘iybat taqvodor mo’minlar nafratlangan va undan uzoqroq turishga intilgan illatlardir. Chin mo’min kishining qalbi bu kabi jirkanch illatlardan pok bo‘lmog‘i zarur. Chunki bu ish Islom dinining asosiy g‘oyalaridan biri — insonning izzat-ikromi, hurmat va obro‘yini himoya qilish masalasi bilan bog‘liqdir. Mo’minlarni nafratlantirgan bu illat johil odamlarning kundalik hayoti mazmunini tashkil qiladi. Ularning deyarli barcha suhbatlari g‘iybatdan boshlanib, yana g‘iybat bilan tugaydi. Qiybat qiluvchi tomonlar bu ishning gunoh ekanligini bilganlari uchun “g‘iybatini emas, sifatini” gapiryapmiz deb o‘zlarini oqlashga sabab ham topishadi. Mo’minlar esa bir odamni o‘zi yo‘q paytda, o‘sha odamga yoqmaydigan gaplar bilan eslash g‘iybat bo‘lishini, g‘iybat gunohi kabiralar sirasiga kirishini yaxshi biladilar. Shu sababli mo’min axloqida bu kabi yomon sifatlarga o‘rin yo‘q. Mo’minlar Qur'on oyatlarini doim eslab yurganlari bois umrlarining oxiriga qadar Allohga xush kelmagan barcha amallardan uzoq turishga intiladilar. Ular boshqalar haqida yomon gumonga borish, ular haqida ma'lumot to‘plashga intilmaydilar. Ular abadiy hayot saodati uchun mudom intilganlari bois bu kabi foydasiz ishlarga vaqtlari yo‘q. Suhbat chog‘ida o‘zi bo‘lmagan, lekin egasi eshitsa xafa bo‘ladigan so‘zlarni gapirishdan tiyiladilar. Birov haqida yomon gumonga bormay, uning yaxshi sifatlarini eslab, gumonlarini tilga chiqarishdan ehtiyot bo‘ladilar.

Mo’min oila a'zolari, do‘stlari, yaqinlarini ham bu salbiy sifatlardan saqlanishga chaqiradi. Chunki yomon gumon ortidan kelib chiqadigan josuslik, g‘iybat va uning dahshatli oqibatlari mo’minlarni befarq qoldirmaydi. Ular Alloh taoloning quyidagi oyatini yodda tutib unga amal qiluvchilardir:

“Ey iymon keltirganlar, o‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan qo‘rqiting. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaydilar va nimaga buyurilsalar, shuni qiladilar” («Тahrim», 6).

Ushbu oyat nozil bo‘lgach Hazrati Umar roziyallohu anhu: “Ey Rasululloh, o‘z nafsimizni-ku saqlaymiz, ahlimizni qanday saqlaymiz? deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularga javoban: “Alloh sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar. Ana o‘sha ularni o‘tdan saqlash bo‘ladi”, deganlar.

Mazah Qilishdan Saqlanish

Alay

A sarcastic attitude is quite widespread among that segment of people who live their lives far from the Qur'an. Among ignorant people, some may ridicule others' shortcomings, mistakes, physical abnormalities, clothing, lack of material possessions, carelessness, behaviour, the way they talk, and in short, almost everything about them.

Mazah qilib o‘zgalarni kamsitish odob-axloq qoidalariga zid amal ekanligi hammaga ma'lum. Mo’minlar xulqida mazah qilish illati yo‘qligini Alloh taolo quyidagi tarzda bildirgan:

“Ey, imon keltirganlar, bir qavm ikkinchi bir qavmni masxara qilmasin. Ehtimol, ular bulardan yaxshidir. Shuningdek, ayollar ham bir-birlarini masxara qilmasin. Ehtimol, masxara qilinganlar masxara qiluvchilardan yaxshiroqdir. O‘zlaringizni ayblamanglar, bir-birlaringizga laqab to‘qimanglar. Iymonli bo‘lgandan so‘ng, fosiqlik ismlari qandoq ham yomon. Kim tavba qilmasa, unday kishilar zolimdur” («Hujurot», 11).

Johil kimsalar kundalik hayotining deyarli har daqiqasida o‘zgalarni kamsitib, mazah qilish holatlarini ko‘ramiz. Ular odamlarning jismoniy nuqsonlari, kiyimi, moddiy ahvoli, gaplashish tarzi, muomalasi kabi boshqalarga daxli yo‘q xato va kamchiliklarini nishonga oladilar. Ba'zan esa ulardagi yutuqlarni ko‘rolmaslik oqibatida yaxshi narsalardan ham mazah qilish uchun mavzu topadilar. Mazah qilish deganda, ba'zi odamlar bir yoki bir necha kishining zaif tomonini nishonga olib, boshqalarning ular ustidan qah-qaha otib kulishlari tushuniladi. Shuningdek, so‘z bilan birga, ko‘z qarashi, yuz ifodasi, istehzoli tabassum, ayrim tana a'zolarining notabiiy harakati bilan ham mazah qilinadi.

Mazah qilayotgan odam uchun mazah qilinayotgan kishining dili og‘rishi, kayfiyati buzilishi, xafa bo‘lib yig‘lashi muhim emas. Bu kabi johil kimsalar uchun eng muhimi, o‘zini katta tutib, odamlar e'tiborini qaratish va mazah qilingan kishini kamsitib, obro‘sini to‘kishdir. Ular Alloh taolo boshqalarning obro‘sini to‘kib, dilozorlik qilishni qat'iy man' etganini bilmaydigan, qalblari qulflangan johil kimsalardir. Qur'on xulqidan bexabar, hisob kuni va oxirat hayotini o‘ylamay bunday nobop harakat qiluvchilar haqida:

“Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin” («Humaza», 1) deyilgan.

Islomda mo’minning qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh hisoblanadi. Odamlar obro‘sini to‘kish, ularni xafa qilish egasini do‘zax sari yetaklovchi illatdir. Shu sababli mo’minlar orasida o‘zgalarni kamsitish, mazah qilishning har qanday ko‘rinishi ta'qiqlangan. Ular bir-birlariga juda mehribon, tavoze'lidirlar. Odamlarning kamsitilishi, ularning ojiz tomonini eslatib, oshkor qilinishi-mazah bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatdan uzoq turadilar. Ular yaqinlari, do‘st-birodarlarining harakati, gap-so‘zida kamchilik sezsalar, odamlar orasida uni oshkor qilmay, juda chiroyli usul bilan xatolarini tuzatadilar. Islom dini ta'limoti bo‘yicha bir odamni mazah qilish, obro‘yini to‘kish-uni o‘ldirish va mol-mulkini tortib olish bilan teng jinoyat hisoblanadi. Alloh taolo O‘zining haqqiga bandasi tajovuz qilsa kechiradi. Biroq banda bilan banda o‘rasidagi tajovuzlarni zulm ko‘rgan banda kechirmaguncha, Alloh taolo ham kechirmaydi.

Fidoyilik

Those who think that life is restricted to this earthly life do not put themselves out for others unless they stand to get something out of it, and they will not take the initiative to help someone in need.

Dayak

Xayollari faqat foniy dunyo manfaati bilan band kimsalar biror foyda ko‘rmaguncha, boshqalarga yordam berishmaydi. Chunki ular qilingan yaxshiliklar uchun oxiratda cheksiz mukofotlar borligini bilmaydilar. Bilganlarning ba'zilariga esa dunyoviy hayot manfaati jozibaliroq ko‘rinadi. Inson tabiatidagi xudbinlik, hasad, baxillik kabi illatlar fidoyi bo‘lishga mone'lik qiladi. Xudbin va hasadgo‘y kimsalar o‘zlarida bor ne'matlarga boshqalar ham egalik qilishini, o‘zlari erishgan mavqega o‘zgalar ham erishishini tasavvur qila olmaydilar.

Qur'onni rahbar qilgan mo’minlar doimo o‘z nafslari ustidan nazorat o‘rnatadilar. Shu sababli so‘zlari, hatti-harakatlarida xudbinlik yoki hasadning biror alomati sezilsa, u ildiz otmay turib barham berish chorasini izlaydilar. Bunday choralardan biri nafsning bebosh orzularini chegaralay bilishdir. Nafsdagi xudbinlik, baxillik singari illatlarning davosi esa saxiylik bo‘lib, mo’minlar ulardan xalos bo‘lish maqsadida nafsiga xush kelgan narsalarni boshqalar bilan baham ko‘rishga intiladilar. Misol uchun, yaxshi ko‘rgan taomini och qolgan biror kishi bilan baham ko‘rish, juda yoqtirgan narsasini shunga ehtiyoji ko‘proq odamga berish, o‘z ahlidan ortganini nafaqa qilish shular jumlasidandir. Mo’minlar qilgan yaxshiliklarining bari oxiratda ortig‘i bilan qaytishini biladilar. Shu sababli bu amallarni bajarish ularga faqat zavq bag‘ishlaydi. Ular qilgan yaxshiliklari uchun Alloh roziligidan boshqa narsa kutmaydilar. Shuning uchun ularning yaxshiligi, fidoyiligi bardavom bo‘ladi.

Alloh Qur'onda madinalik musulmonlar-ansorlarning fidoyiligi haqida:

“Ulardan (muhojirlardan) avval bu joyda (Madinada) yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevadilar va ularga (muhojirlarga) berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaydilar. Va gar o‘zlarining hojatlari bo‘lsa ham, (ularni) o‘zlaridan ustun qo‘yadilar. Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o‘shalar yutuvchilardir” («Hashr», 9) deb ta'rif bergan.

Madinalik musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va muhojirlarga yordam berganlari uchun “Ansorlar” deb nomlanganlar. Qur'on bilan xulqlangan mo’minlar ansorlarning bu kabi saxovat, fidoyiligidan ibrat olib, baxillikdan saqlanadilar. Ular baxillik, xudbinlik mo’min axloqiga mutlaqo zid ekanini biladilar. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam baxillik va iymon bandaning qalbida abadul-abad jam bo‘lmasligini bildirganlar.

Ko‘rib turganingizdek fidoyi bo‘lish, o‘zgalar manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish Qur'onda maqtab zikr etilgan ulkan axloqiy sifatdir. Haqiqiy fidoyilik, haqiqiy do‘stlik mana shunday bo‘ladi. Bu axloqiy sifat faqat moddiy manfaat bilan chegaralanmaydi. “Mo’minlar bir-birlarining og‘riqlariga sherik bo‘lishlari kerak. Bu bosh og‘riganda bamisoli butun tana og‘rigani kabidir” degan hadis talabidan kelib chiqib, mo’minlar hayotning har sohasida din birodarlarini o‘ylaydilar. Men baxtliman-ku, boyman-ku, qolganlar bilan nima ishim bor kabi xudbinlarcha fikrlash o‘zini mo’min deb bilganlarga xos emas. Ular har qanday ishda ham Alloh roziligini o‘ylaydilar.

Imom Fahriddin Roziy qilgan rivoyatda Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhu Madinai Munavvaraga hijrat qilib jo‘naganida, quraysh mushriklaridan bir guruhi uning joniga tajovuz qilib, moliga egalik qilmoqchi, o‘zini yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladilar. Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhu o‘qdonidagi o‘qlari tugaguncha, qo‘lidagi qilichi bilan oxirgi tomchi qoni qolguncha ular bilan olishishini aytdi. Shunda ular haqiqiy maqsadlarini bildirdilar. “Molimning qayerdaligini aytib bersam, o‘z yo‘limda ketaveramanmi?” dedilar. Ular tasdiqlagach, mollari Makkaning qayerida ekanligini aytib berdilar.

Suhayb ar — Rumiy roziyallohu anhu Madiynaga kelib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirishlari bilan ular: “Savdo foyda keltirdi, ey Suhayb!” deb ikki marta takrorladilar. Biroz turib Alloh: “Va odamlardan Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlar bor. Va Alloh bandalarga mehribondir” («Baqara», 207) degan oyati karimani nozil qildi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bu oyatda vasf qilingan sifatlarga ega odamlar bisyor edi. Ular johiliyat botqog‘idan chiqib, Islom deb atalmish yangi ilohiy ummatga a'zo bo‘layotganlarini anglab yetdilar. Musulmon degan buyuk nomga munosib bo‘lish, Alloh roziligini topish uchun nainki mol-davlati, balki jonlaridan kechishga ham tayyor turganlari bois, qisqa muddatda dunyoda adolat o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldilar. Siz bilan biz yashab turgan bugungi kunda Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhuga o‘xshagan fidoyilar suv bilan havodek zarur!

Qilayotgan ishi, gapirayotgan so‘zi atrofdagilarga qanday ta'sir qilishini chuqur mushohada qilmaslik, o‘zgalar fikrini inobatga olmaslik iymonning kamolga yetmaganini bildiradi. Faqat o‘ziga ma'qul kelganini qilish Alloh Qur'onda vasf etgan mo’minlik talablariga javob bermaydi. O‘zgalar xohishini, manfaatini ustun qo‘yish mo’minlarga xos tabiiy fazilat bo‘lib, bu fazilatlar Qur'oni karimda vasf qilingan “O‘zlari biror taomni yaxshi ko‘rib (tanovul qilgilari kelib tursa ham), uni miskin, yetim va asirlarga beradilar” («Inson», 8) oyatiga javob bo‘ladi.

Ular bu fazilatlari bilan kibrlanmaydilar, hech kimdan e'tibor kutmaydilar, balki buni tabiiy bir hol deb, uni ato etgan Allohga qalbdan shukr qiladilar. Bizning davrimizga kelib g‘oyat tanqis bo‘lgan bu fazilat saodat asri odamlari hayotida o‘ziga xos bellashuv shaklida mavjud bo‘lgan.

Abu Bakr roziyallohu anhu barcha mol-davlatini, Umar roziyallohu anhu esa davlatining yarmini Alloh roziligi yo‘lida sarf qilishgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davlatining yarmini sadaqa qilgan Umardan farzandlariga nima qoldirganini so‘raganlarida, u zot molining yarmini qoldirganini aytdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu savolni barcha davlatini Alloh yo‘lida sadaqa qilgan Abu Bakrga berganlarida u zot: «Farzandlarimga Alloh va uning Rasulini qoldirdim», dedilar.

Islom tarixida Badr urushi, Uhud urushi kabi musulmon ummatiga katta saboq bo‘lgan, insoniyatni eng mukammal din yo‘liga tayyorlash jarayonida poklash bosqichi bo‘lib xizmat qilgan urushlar bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayot, ularga Allohdan vahiy kelib turgan, odamlar Alloh roziligi uchun o‘limga tayyor turganlaridan eb turgan xurmolarini ham ortiqcha ko‘rganlar bor. Uhud urushi chog‘ida o‘zining to‘rt nafar o‘g‘illari g‘azotda ishtirok etayotgani va ular otalarining urushda qatnashishiga qarshilik qilishlariga, o‘zlarining qattiq oqsoq bo‘lishlariga qaramay, jangga otlanib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelgan Amr ibn-Jamuh roziyallohu anhu : “Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, men urushda shahid bo‘lishni va mana shu cho‘loq oyog‘im bilan jannatni bosishni orzu qilaman” dedilar. Ruxsat bo‘lgach, u kishi jihodga chiqib, Uhudda shahid bo‘ldilar.

Adolat Bilan Harakat Qilish

Terazi

Believers will not be unaffected by any unfairness they witness, hear or receive indirect information about.

Mo’minlar guvohi bo‘lgan, eshitgan va hatto ko‘chada mutlaqo notanish odamlar orasida yuz bergan biror adolatsiz hodisaga ham jimgina, loqayd qarab tura olmaydilar. Qur'on axloqiga amal qilish ularni har qanday haqsizlikning oldini olish, mazlum haqqini undirish, adolatsizlikning juda kichik ko‘rinishini ham bartaraf etishga undaydi. Mo’minlar adolat tantanasi uchun o‘zlarining butun imkoniyatlarini ishga soladilar. Ular oxiratda o‘zlari guvoh bo‘lgan adolatsizlikka barham berish uchun nima qilganliklari haqida so‘ralishini biladilar. Shu sababli ular doimo turli nohaqliklarni adolat tarozisida bartaraf etish mas'uliyati bilan yashaydilar. Ko‘pchilik kabi “ko‘rmadim”, “bilmadim” deb mas'uliyatdan, javobgarlikdan qochish mo’minlarga xos emas. Qur'on axloqi nafsning havoyi orzulariga zid kelishiga qaramay, o‘z yaqinlarining zarariga bo‘lsa ham, odamlarni ota-ona, tanish-notanish, boy-kambag‘alga ajratmay adolat qonunlariga rioya qilish shart. Chunki Alloh bizdan shuni talab qiladi.

Misol uchun, qaynona-kelin munosabatlaridagi haqsizlik ko‘p oilalarda yozilmagan qonun darajasiga ko‘tarilgan, ya'ni odatiy holga aylangan. E'tibor bersak, qizi bor qaynonalar qizlari zimmasidagi o‘z kirini o‘zi yuvish, dazmollash, xonasini tozalash kabi vazifalarni yoki ro‘zg‘orning kundalik boshqa yumushlarini ham to‘laligicha kelinlari zimmasiga yuklab qo‘yadilar. Yaxshi ovqatlanish, yangi kiyim kiyish, dam olish, davolanish masalalarida esa ko‘proq qizlariga e'tibor beradilar. Natijada juda katta haqsizlik va zulm yuzaga keladi. Bu kabi achinarli holatdan kelinning eri ham, qaynota ham, oilaning boshqa a'zolari ham xabardor. Lekin ularning birortasi adolat nuqtai nazaridan ish tutib, bu kabi masalalarga aralashishni lozim topmaydilar. Er onasining yuzidan o‘tib, xotiniga yon bosa olmasa, qaynotaga o‘z qizi sevimli ko‘rinadi. Holbuki, oiladagi adolat tarozisining muvozanatini saqlash ko‘proq erkaklar zimmasiga tushadi.

Oila miqyosida kelib chiqib, ko‘pchilikka odatiy holdek tuyulgan bu muammo jamiyatga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi. Qilinayotgan haqsizlikka osonlikcha ko‘z yumgan, uning oldini olish yo‘llarini qidirmagan odamlar orasida tug‘ilib, tarbiya topayotgan farzanddan adolat bobida nima kutish mumkin? Oilada boshlangan adolatsizlik davlat miqyosidagi muammo darajasiga ko‘tarilishi va jamiyat ma'naviy inqirozga yuz tutishi mumkin. Barcha muammolarning yechimini o‘zida aks ettirgan Qur'onda bu masalaning muolajasi quyidagicha belgilangan:

“Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir” («Niso», 135).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida Bani Mahzumdan bo‘lgan bir ayol o‘g‘irlik qildi. Jazosi tayinlanishi uchun uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga keltirishdi. Bu hol qurayshni xafa qildi va: “Rasulullohdan uning gunohini so‘rab beradigan kim bor?” deyishdi. Shunda Rasulullohning qalblariga mahbub bo‘lgan Usoma ibn Zayd roziyallohu anhuni esladilar. Undan Rasulullohning huzurlarida o‘sha ayolga shafe' bo‘lishini so‘rashdi. Usoma roziyallohu anhu u zotning huzurlariga kirib, ayolning gunohini o‘tishlarini so‘raganida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qattiq g‘azablandilar va unga: “Sen Allohning hadlaridan bo‘lgan hadga shafe' bo‘lasanmi?!” dedilar. So‘ngra turib odamlarga qarata shunday xitob qildilar: “Darhaqiqat, sizlardan oldin o‘tgan ummatlar agar o‘zlaridan bir obro‘li kishi o‘g‘irlik qilsa, kechirishar, ammo zaif va nochor odam o‘g‘irlik qilsa, unga hadni ijro etishar edi va ular shu sababdan halokatga uchrashdi. Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilganida ham, uning qo‘lini kesgan bo‘lardim”.

Rostgo‘ylik

Some people see nothing wrong in lying in order to hide a mistake they have made, gain some advantage, save themselves from a difficult situation or to get people to do what they want.

Dürüstlük

Oramizda shunday odamlar borki, xatolarini yashirish, manfaat ko‘rish, qiyin ahvoldan chiqish yoki boshqalarni o‘z istaklariga bo‘ysundirish maqsadida yolg‘on gapirishdan uyalmaydilar. Qilayotgan ishlari noto‘g‘ri ekanligi va har daqiqada yolg‘onlari fosh bo‘lib qolishi mumkinligini bilganlari holda, yolg‘onchilikni kasb qilib oladilar. Ular ulug‘ hisob kunida aytilgan har bir gap va qilingan har bir amal uchun so‘roq-javoblar borligini bilmaydilar yoki shaytonga bo‘ysungan aql-idroklari bu haqiqatni bilishga yo‘l qo‘ymaydi.

Qur'on ilmini chuqur bilgan mo’minlarga rostgo‘ylik doimiy hamroh bo‘lib, bu yuksak axloqiy fazilat ularning har bir amalini bezab turadi. Alloh taoloning “Ey iymon keltirganlar Allohga taqvo qiling va to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar” («Ahzob», 70) oyatiga amal qilish mas'uliyati ularni bir zum ham tark etmaydi. Hayotda shunday murakkab sharoitlar bo‘ladiki, yolg‘on gapirish najot bo‘lib ko‘rinadi. Bu yo‘l bilan qiyin ahvoldan chiqish mumkin, lekin haqiqiy najot unda emas. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

“Sadoqatli bo‘linglar, chunki sadoqat yaxshilik va jannatga boshlaydi. Agar kishi sadoqatni o‘ziga lozim tutsa, bardavom bo‘lsa, Allohning huzurida “Sadoqatli” banda deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan hazar qilinglar, chunki yolg‘onchilik yomon ishga boshlaydi, yomon ish esa do‘zaxga boshlaydi. Bir kishi yolg‘on gapiraversa, shu ishda bardavom bo‘lsa, Allohning huzurida “Yolg‘onchi” deb yoziladi”.

Mo’minlar o‘zlarining solih amallari bilan xotirjam hayot kechirishga zamin tayyorlaydilar. Yolg‘onim ochilib qolmasmikan degan tahlika ular uchun mutlaqo begona tuyg‘u. Rostgo‘ylikni hayotlariga shior qilib olgan baxtiyor bandalarga Alloh taoloning quyidagi xushxabari bor:

“Alloh: “Bu kun rostgo‘ylarga rostgo‘yliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy-boqiy bo‘lurlar. Alloh ulardan rozi bo‘ldi. Ular Allohdan rozi bo‘ldi. Bu esa, ulug‘ yutuqdir” — dedi («Moida», 119).

 

4 / total 5
You can read Harun Yahya's book Qur'on Axloqiga Ko‘ra Mo'minning 24 Soaтi online, share it on social networks such as Facebook and Twitter, download it to your computer, use it in your homework and theses, and publish, copy or reproduce it on your own web sites or blogs without paying any copyright fee, so long as you acknowledge this site as the reference.
About this site | Make your homepage | Add to favorites | RSS Feed
All materials can be copied, printed and distributed by referring to this site.
(c) All publication rights of the personal photos of Mr. Adnan Oktar that are present in our website and in all other Harun Yahya works belong to Global Publication Ltd. Co. They cannot be used or published without prior consent even if used partially.
© 1994 Harun Yahya. www.harunyahya.com - info@harunyahya.com
page_top